Nurafshon shahar hokimligi
1.93K subscribers
34.8K photos
3.27K videos
46 files
10.3K links
Download Telegram
Nurafshonda sumalak tadbiri tashkil etildi

Nurafshon shahar hokimligi va Mahalla uyushmasi shahar bo‘limi tashabbusi bilan Qumariq MFYda sumalak sayli bo‘lib o‘tdi. Tadbir shahardagi barcha mahalla raislari, Yoshlar ishlari bo‘limi mahalla yetakchilari hamda Oqila ayollar harakati vakillari hamkorligida tashkil etildi.

Sumalak tayyorlash jarayonida mahalla faollari, yoshlar va aholi faollik ko‘rsatib, qadimiy an’ana asosida ezgulik va birdamlik muhitini yaratishdi.

Tayyor bo‘lgan sumalaklar mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga tarqatilib, ushbu ezgu tashabbus saxovat va mehr-muruvvat ruhida o‘tkazildi.

#Nurafshon_shahri #Sumalak_sayli
#Mahalla_birdamligi #Xayriya_tadbiri
#Navro‘z_muborak

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt