Nurafshon shahar hokimligi
2.01K subscribers
35.8K photos
3.32K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
⚡️⚡️⚡️

#Nurafshon_sayl
#Navro'z

🔰 Ma'rifat mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan sobiq Nur kafesida mahalla aholisi uchun Navro'z bayrami tashkillashtirildi.

🔰Mazkur tadbirda mahalla hoji onasi mahallaga yaqindan yodram berib kelayotgan faol fuqarolarni tashakkurnoma bilan taqdirladi.

🔰Shuningdek, tadbirda yosh qizlar raqs sahna ko'rinishlarini ko'rsatib hammaga quvonch ulashdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Nurafshon_shahar
#Navro'z

⚡️
Navro‘z bayrami arafasida Arzonlashtirilgan yarmarkalar el xizmatida

Aziz shahrimiz mehmonlari va hamshaharlar Navro‘z bayrami arafasida Nurafshon shahar hokimi tashabbusi bilan Markaziy bozorda arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi tashkil qilingan

Arzonlashtirilgan yarmarkada aholi ro‘zg‘orda zarur bo‘ladigan mahsulotlarni bozorlardan arzon narxlarda xarid qilish imkoniyatiga ega boʻlmoqdalar.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Obod_Nurafshon
#Obodonlashtirish
#Navro'z_MFY

Shahar hokimi boshchiligida Nurafshon shahar "Navro'z" mahalla fuqarolari yig'ini hududida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Obod_Nurafshon
#Obodonlashtirish
#Navro'z_MFY

Shahar hokimi, sektor rahbarlari boshchiligida Nurafshon shahar "Navro'z" mahalla fuqarolari yig'ini hududida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan Tibbiyot birlashmasi oldidagi sizot suvlari oqib o'tadigan ariqni tozalash, zamonaviy loyihalar asosida quriladigan piyodalar yo'lkasi qurish, yashil hududlar barpo qilish maqsadida buzish, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Nurafshon_shahri
#Mahalla_obod_yurt_obod!
#Hashar
#Navro'z_MFY

"Mahalla obod — yurt obod!"


Nurafshon shahrida "Mahalla obod — yurt obod!" shiori ostida barcha mahallalar hamda tashkilotlarda hashar bo'lib o'tmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshonda sumalak tadbiri tashkil etildi

Nurafshon shahar hokimligi va Mahalla uyushmasi shahar bo‘limi tashabbusi bilan Qumariq MFYda sumalak sayli bo‘lib o‘tdi. Tadbir shahardagi barcha mahalla raislari, Yoshlar ishlari bo‘limi mahalla yetakchilari hamda Oqila ayollar harakati vakillari hamkorligida tashkil etildi.

Sumalak tayyorlash jarayonida mahalla faollari, yoshlar va aholi faollik ko‘rsatib, qadimiy an’ana asosida ezgulik va birdamlik muhitini yaratishdi.

Tayyor bo‘lgan sumalaklar mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga tarqatilib, ushbu ezgu tashabbus saxovat va mehr-muruvvat ruhida o‘tkazildi.

#Nurafshon_shahri #Sumalak_sayli
#Mahalla_birdamligi #Xayriya_tadbiri
#Navro‘z_muborak

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Toshkent viloyatida Navro‘z bayramiga tayyorgarlik

Toshkent viloyatida Navro‘z bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida Nurafshon Business City hududida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Yangi gulzorlar barpo etilib, yoritish tizimlari yangilanmoqda. Bayram kuni esa turli madaniy tadbirlar tashkil etiladi.

#Navro‘z2025 #ToshkentViloyati #Nurafshon #BayramKayfiyati #Obodonlashtirish

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Navro‘z bayramiga tayyorgarlik jadal davom etmoqda

Toshkent viloyatida Navro‘z bayramiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bayram tadbirlari doirasida Nurafshon shahri uchun ajratilgan maxsus hududda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Hududda yangi gulzorlar barpo etilib, daraxtlar ekilmoqda, yo‘laklar tartibga keltirilmoqda. Shuningdek, yoritish tizimlari yangilanib, bayramga xos bezaklar o‘rnatilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar bayramni yanada ko‘tarinki ruhda o‘tkazish va shahar qiyofasini yanada obod qilishga qaratilgan.

#Navro‘z2025 #ToshkentViloyati #Nurafshon #Obodonlashtirish #BayramKayfiyati

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon Business City’da Navro‘z sayli bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston bo‘ylab Navro‘z bayrami katta tantanalar bilan nishonlanmoqda. Nurafshon shahrida ham ushbu bahoriy bayram keng ko‘lamda o‘tkazilib, asosiy tadbirlar Nurafshon Business City hududida bo‘lib o‘tmoqda.

Bayram dasturida milliy kuy-qo‘shiqlar, teatrlashtirilgan chiqishlar, baxshilar va estrada xonandalarining konsertlari namoyish etilmoqda. Shuningdek, mehmonlar uchun sumalak va boshqa milliy taomlar tayyorlanib, barchaga tarqatilmoqda.

Shaharliklar va mehmonlar milliy sport o‘yinlari, turli ko‘rgazmalar va qiziqarli tanlovlardan bahramand bo‘lishmoqda. Bolalar uchun maxsus o‘yin-kulgi maydonchalari tashkil etilgan.

Navro‘z shukuhi barchani o‘ziga rom etmoqda!

#Navro‘z2025 #Nurafshon #BayramShukuhi #BahorFasl #MilliyAn’ana #YangiKun

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt