Nurafshon shahar hokimligi
1.95K subscribers
35.3K photos
3.29K videos
46 files
10.5K links
Download Telegram
Nurafshon Business City’da Navro‘z sayli bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston bo‘ylab Navro‘z bayrami katta tantanalar bilan nishonlanmoqda. Nurafshon shahrida ham ushbu bahoriy bayram keng ko‘lamda o‘tkazilib, asosiy tadbirlar Nurafshon Business City hududida bo‘lib o‘tmoqda.

Bayram dasturida milliy kuy-qo‘shiqlar, teatrlashtirilgan chiqishlar, baxshilar va estrada xonandalarining konsertlari namoyish etilmoqda. Shuningdek, mehmonlar uchun sumalak va boshqa milliy taomlar tayyorlanib, barchaga tarqatilmoqda.

Shaharliklar va mehmonlar milliy sport o‘yinlari, turli ko‘rgazmalar va qiziqarli tanlovlardan bahramand bo‘lishmoqda. Bolalar uchun maxsus o‘yin-kulgi maydonchalari tashkil etilgan.

Navro‘z shukuhi barchani o‘ziga rom etmoqda!

#Navro‘z2025 #Nurafshon #BayramShukuhi #BahorFasl #MilliyAn’ana #YangiKun

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt