Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Nurafshonda sumalak tadbiri tashkil etildi

Nurafshon shahar hokimligi va Mahalla uyushmasi shahar bo‘limi tashabbusi bilan Qumariq MFYda sumalak sayli bo‘lib o‘tdi. Tadbir shahardagi barcha mahalla raislari, Yoshlar ishlari bo‘limi mahalla yetakchilari hamda Oqila ayollar harakati vakillari hamkorligida tashkil etildi.

Sumalak tayyorlash jarayonida mahalla faollari, yoshlar va aholi faollik ko‘rsatib, qadimiy an’ana asosida ezgulik va birdamlik muhitini yaratishdi.

Tayyor bo‘lgan sumalaklar mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga tarqatilib, ushbu ezgu tashabbus saxovat va mehr-muruvvat ruhida o‘tkazildi.

#Nurafshon_shahri #Sumalak_sayli
#Mahalla_birdamligi #Xayriya_tadbiri
#Navro‘z_muborak

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍3
Nurafshon shahrida ko‘chat ekish seminari o‘tkazildi

Ekologik madaniyatni shakllantirish maqsadida ta’lim muassasalarida ko‘chat ekish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etdi.

Seminarda  Nurafshon shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i F.Sultonov, Nuroniylar Kengashi raisi J.Ahmedkulov boshchiligida o‘quvchi-yoshlarga tabiatga mehr-muhabbat uyg‘otish, atrof-muhitni asrash va ko‘chat parvarishlashning ahamiyati haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Ushbu tadbir yoshlarning tabiatga bo‘lgan mas’uliyatini oshirish, yashil muhitni kengaytirish hamda shahrimizni yanada ko‘rkam qilishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi. “Bir nihol – bir hayot!” tamoyili asosida o‘tkazilgan tadbir yoshlarda katta qiziqish uyg‘otib, ularni o‘ziga xos xayrli tashabbusga undadi.

Kelajak avlod uchun yashil muhit yaratish – bugungi kun vazifasi!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍5
Forwarded from Nurafshon yoshlari (Ixtiyorjon_Mahmudov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashilmakon2025
#Nurafshon_shahri

"Yashil makon" loyihasi doirasida

🌳Xalqimizda “Ko‘chat ek, bog‘ yarat” degan naql bor. Chunki, ekilgan ko‘chatlar unib-o‘sib chiroyli manzara hosil qilsa ham kishining dilini yayratib, ko‘zlarni quvontiradi, ham havoning sofligini ta’minlaydi.

🌿 Shu bois, Nurafshon shahri "Qumariq" mahallasi hududida  tashkil qilingan "Mahalla yoshlarining ma'naviyat bog'i"da minglab manzarali daraxt ko'chatlarning tagi yumshatilib, oqlandi.
Jarayonda Mahalla 7 ligi,
Yoshlar va barcha tashkilot, hodimlari faol ishtirok etdi.

http://t.me/yia_nurafshon_yoshlari
🔹 E’LON

Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i, general-mayor Tohir Aripov tomonidan viloyat aholisining murojaatlarini o‘rganish maqsadida shaxsiy qabuli o‘tkaziladi. Qabul joriy yilning 16-mart kuni soat 15:00 da Toshkent viloyati IIBB binosida (Nurafshon shahri, Yangiobod ko'chasi.) bo‘lib o‘tadi.
__

🔹 ЭЪЛОН


Тошкент вилояти ИИББ бошлиғи генерал-майор, Тоҳир Арипов томонидан вилоят аҳолисининг мурожаатларини ўрганиш мақсадида шахсий қабули ўтказилади. Қабул жорий йилнинг 16 март куни соат 15:00 да Тошкент вилояти ИИББ биносида (Нурафшон шаҳри, Янгиобод кўчаси.) бўлиб ўтади.


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
👍1
🌿 Nurafshon shahrida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda!

🌺 Shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan atirgul ko‘chatlarini ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Ushbu chiroyli gullar shaharga yanada fayz va go‘zallik bag‘ishlab, ko‘rkam muhit yaratishga xizmat qiladi.

🌱 Yashil makonni kengaytirish, tabiatga mehr berish – barchamizning burchimiz!

#Toshkent_viloyati #Nurafshon_shahar
#Yashil_makon #Obodonlashtirish #Gulzorlar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Oʻrol Tansiqboyev: ijod saylanmasiga nazar”

2025-yil 19-martdan 1-iyungacha Almati shahridagi Abilxon Qasteyev nomidagi Davlat san’at muzeyida O‘rol Tansiqboyevning soʻnggi 40 yil davomidagi ilk keng ko‘lamli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ekspozitsiyada O‘zbekiston va Qozog‘iston muzeylari sara toʻplamlariga mansub, mohir usta ijod yoʻlining barcha bosqichlarini qamrab olgan 78 ta asar taqdim etiladi.

Ko‘rgazma nafaqat buyuk rassom xotirasiga yuksak hurmat ifodasi, balki ikki qardosh mamlakatlar badiiy merosini birlashtiruvchi muhim madaniy voqeaga aylanadi.




«Урал Тансыкбаев: ретроспектива творчества»

С 19 марта по 1 июня 2025 года в Государственном музее искусств имени Абылхана Кастеева в Алматы пройдёт первая за 40 лет масштабная выставка картин Урала Тансыкбаева. Экспозиция представит 78 работ из музеев Узбекистана и Казахстана, охватывая все этапы творчества мастера.

Выставка станет не только данью памяти великому мастеру, но и важным культурным событием, объединяющим художественное наследие двух братских стран.
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣


Savollarga javoblar: ovoz berish jarayoni qanday o‘tkazilmoqda?

Agar “Tashabbusli budjet” jarayonida ovoz bergan bo‘lsangiz va ekraningizda:

“Hurmatli fuqaro, sizning ovoz berish yuzasidan so‘rovingiz qabul qilindi. Bir soat ichida SMS xabar orqali ovozingiz qabul qilingani yoki rad etilgani yuzasidan ma’lumot olishingiz mumkin”;

”Hurmatli fuqaro, ushbu raqam orqali ovoz berish yuzasidan yuborilgan so‘rov o‘rganish jarayonida, natijasi yuzasidan SMS orqali xabar beriladi”
kabi yozuvlar chiqsa, bu nimani anglatadi?

Batafsil video orqali javob olishingiz mumkin.

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Nurafshon shahrida amalga oshirilgan qurilish ishlari


2025- yilning yanvar oyida Nurafshon shahrida jami 43,2 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi, shu jumladan:

▫️ Kichik va mikrofirmalar – 41,3 mlrd so‘m

▫️ Norasmiy sektor – 1,9 mlrd so‘m

Nurafshon shahridaqurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni 110 tani tashkil etdi.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
👍1
#Bildirish
#Diqqat

Nurafshonda qatnov harakati vaqtincha cheklanadi

⛔️ Nurafshon shahrida “Navro‘z” bayramini yuqori saviyada o‘tkazish, shaharda jamoat tartibini saqlash, aholi xavfsizligini ta’minlash, turli favqulodda holatlarning oldini olish hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 16-mart kuni soat 19:00 dan 22-mart kuni soat 21:00 gacha ayrim koʻchalarda qatnov harakati cheklanadi.

📍Jumladan, “Nurafshon Business City” hududidagi Yangiobod ko‘chasi 4 R2 avtomobil yo‘lining 35-kmda G 62 avtomobil yo‘li bilan kesishgan chorrahasida hamda 4 R20 avtomobil yo‘lining 6-kmda G 62 avtomobil yo‘lining kesishgan harakatlanish qismida avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt