Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.86K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Navro‘z bayramiga tayyorgarlik jadal davom etmoqda

Toshkent viloyatida Navro‘z bayramiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bayram tadbirlari doirasida Nurafshon shahri uchun ajratilgan maxsus hududda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Hududda yangi gulzorlar barpo etilib, daraxtlar ekilmoqda, yo‘laklar tartibga keltirilmoqda. Shuningdek, yoritish tizimlari yangilanib, bayramga xos bezaklar o‘rnatilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar bayramni yanada ko‘tarinki ruhda o‘tkazish va shahar qiyofasini yanada obod qilishga qaratilgan.

#Navro‘z2025 #ToshkentViloyati #Nurafshon #Obodonlashtirish #BayramKayfiyati

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Bu yil kichik va o‘rta biznesga 120 trillion so‘m resurs beriladi

Prezident soha uchun yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

▫️Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish bo‘yicha xorijiy ekspertlar bilan katta dastur ishlab chiqildi. Bunga 2025-yilda barcha manbalar hisobidan 10 milliard dollar ajratiladi.

▫️"Bu yil kichik va o‘rta biznesga 120 trillion so‘m resurs beriladi. Buncha katta mablag‘ ilgari hech qachon bo‘lmagan", — dedi davlatimiz rahbari.

▫️Aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun 22 trillion so‘mlik imtiyozli resurs ajratiladi. Shundan 2,5 trillion so‘m yoshlarga, yana shunchasi ayollar tadbirkorligi loyihalari uchun yo‘naltiriladi.

▫️Ayol tadbirkorlarga kredit stavkasi boshqalarga nisbatan 2 foiz arzon bo‘ladi.

▫️Bu yildan kichik biznesga 300 million so‘mgacha kredit berish boshlandi. Endilikda bir yilda yiriklashib, kichik yoki o‘rta korxonaga aylangan tadbirkorlarga shuni 150 million so‘mi garovsiz beriladi. Xuddi shunday, oilaviy tadbirkorlik bo‘yicha ham 50 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi.

▫️Mutasaddilarga oldingi kreditidan kechikkan qarzi bo‘lmagan tadbirkorlarga yangi imtiyozli kredit olish imkonini yaratish topshirildi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshonda ko‘chat ekish tadbiri

Birlik mahallasida “Yashil makon” loyihasi doirasida elektr ta’minoti xodimlari tomonidan ko‘chat ekildi. Hudud yanada obod bo‘lmoqda!

#YashilMakon #TabiatniAsraylik #Nurafshon #Ko‘kalamzorlashtirish

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Nurafshon_shahar
#Tadbirkorlikni_rivojlantirish

📢 Tadbirkorlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahar hokimligida tadbirkorlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

💼 Yig‘ilishda O'zbekekspertiza AJ, Savdo-sanoat palatasi, Nurafshon shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi, shuningdek, shahrimizdagi faol tadbirkorlar qatnashib, 712-son qarorning mazmun mohiyati tushuntirib o'tildi.

📊 Tadbir davomida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, biznesni rivojlantirishga oid masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli tavsiyalar berildi.

🔹 Bunday uchrashuvlar kelgusida tadbirkorlikni rivojlantirish, muammolarni joyida hal etish hamda ishbilarmonlar uchun yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
❗️15 ta tuman va shaharda barcha davlat idoralari tumanlar markazidagi bitta ko‘p qavatli binoga ko‘chiriladi. Yangi binolarning 1-2-qavatlari tadbirkorlarga sotiladi.

Ushbu tumanlarda davlat idoralaridan bo‘shaydigan 150 ta bino auksionda tadbirkorlarga taklif qilinadi.

Bu yil kichik va o‘rta biznes loyihalari infratuzilmasiga ajratilishi belgilangan 1 trillion so‘mga qo‘shimcha 500 milliard so‘m ajratiladi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi

15-martdan 15-aprelgacha Respublikamizda "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" doirasida turli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirlarning asosiy maqsadi – aholining favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirish va xavfsizlik choralari haqida tushuncha berishdir.

Nurafshon shahridagi Prezident maktabida shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun maxsus targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Bunday tadbirlar aholining xavfsizligini ta’minlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
#FavquloddaVaziyatlar #FuqaroMuhofazasi #Xavfsizlik #FavquloddaOylik #Nurafshon #PrezidentMaktabi #FVB #FavquloddaTarg‘ibot #XavfsizHayot

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍2