Nurafshon shahar hokimligi
2.07K subscribers
36.1K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
#Kambag'alikdan_farovonlik_sari
#Nurafshon_shahri

"
Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturida mahallalardagi nuroniylarni o'rni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-405-sonli qarori ijrosi yuzasidan "Nuroniy" jamg‘armasi Nurafshon shahar bo‘limi raisi J.Axmedqulov, shahardagi kambag‘al oilalarga biriktiriladigan faol nuroniylar bilan uchrashib, suhbat o‘tkazdi. 

Suhbat jarayonida mahallalarda katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan obro‘-e’tiborli 3 nafar faol nuroniylarga PQ-405-sonli Qarorning mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilib, faol nuroniylarning Qarorda belgilangan vazifalari tushuntirib o‘tildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
🌱 Tomorqa yerlari sug‘orilishini yaxshilash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda

📍 Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida mahallalarda tomorqa yerlarini sug‘orish tizimini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

🔹 Jumladan, Dehqonobod va Degantepa mahallalarida aholi tomorqalarini sug‘orish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida beton ariq tortish ishlari olib borilmoqda.

Shahar hokimi jarayonni joyida ko‘zdan kechirib, ishlarning sifatli va belgilangan muddatda bajarilishi bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

#Nurafshon_shahar #Kambag‘allikdan_farovonlik_sari #Tomorqa

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Muqaddas Ramazon oyida ezgu tashabbus

🔹 "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida Nurafshon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshboev Taraqqiyot mahallasidagi ehtiyojmand oilaga tashrif buyurib, ko‘ngil so‘radi.

Ramazon oyi – mehr-oqibat va saxovat fasli. Shu munosabat bilan oilaga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilib, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak berildi.

📢 Ezgu tashabbuslar davom etmoqda.

#Ramazon #Xayriya #MehrUlashamiz #Kambag‘allikdanFarovonlikSari #Nurafshon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahrida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari muhokama qilindi

📍 Nurafshon shahri hokimligida shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi xodimlari, mahallalardagi hokim yordamchilari hamda shahardagi tijorat banklari rahbarlari ishtirok etdi.

📊 Yig‘ilishda 2025-yil yanvar-fevral oylarida yaratilgan ish o‘rinlari, chorak yakuni bo‘yicha bajarilgan ishlar hamda "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi ijrosi tahlil qilindi. Muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha muhokamalar o‘tkazilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilandi.

#Kambag‘allikniQisqartirish #IshO‘rinlari #FarovonHayot #Nurafshon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt