Nurafshon shahar hokimligi
2K subscribers
35.7K photos
3.31K videos
47 files
10.5K links
Download Telegram
Yoshlarning bo‘sh vaqti – yetakchining ish vaqti 🏐🏓

Nurafshon shahri “Yangiobod” mahallasi hududida joylashgan 48-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining sport zalida yoshlarni ommaviy sportga jalb qilish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Ma’rifat” mahallasi yoshlari o‘rtasida voleybol hamda stol tennisi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Mazkur sport tadbiri yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

#Yoshlar #Sport #Sog‘lomTurmushTarzi #Nurafshon #Voleybol #StolTennisi #Mahalla #FaolYoshlar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahrida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari muhokama qilindi

📍 Nurafshon shahri hokimligida shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi xodimlari, mahallalardagi hokim yordamchilari hamda shahardagi tijorat banklari rahbarlari ishtirok etdi.

📊 Yig‘ilishda 2025-yil yanvar-fevral oylarida yaratilgan ish o‘rinlari, chorak yakuni bo‘yicha bajarilgan ishlar hamda "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi ijrosi tahlil qilindi. Muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha muhokamalar o‘tkazilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilandi.

#Kambag‘allikniQisqartirish #IshO‘rinlari #FarovonHayot #Nurafshon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshonda yangi maktabgacha ta’lim muassasasi ochildi 🎉

📍 Bugun Nurafshon shahrida 120 o‘rinli yangi 23-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tantanali ravishda ochildi.

🔹 Ochilish marosimida Toshkent viloyati Maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari M. Tojiboyev, Nuroniy jamg‘armasi shahar bo‘limi rahbari J. Axmedqulov, shahar mas’ullari, nuroniylar hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

🏫 Qumariq MFY hududida joylashgan ushbu muassasa avval ancha eski bo‘lib, foydalanish uchun yaroqsiz holatga kelib qolgan edi. 2024-yil Investitsiya dasturining PQ-404-sonli qarori asosida 4,680 mlrd so‘m mablag‘ evaziga 120 o‘rinli yangi bino qurilib, foydalanishga topshirildi. Qurilish ishlari "Universal Biznes Invest 777" MCHJ tomonidan amalga oshirildi.

👧👦 Yangi muassasa zamonaviy va keng shinam xonalarga ega bo‘lib, bolajonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

#Nurafshon #MaktabgachaTa’lim #YangiBog‘cha #FarzandlarKelajagi

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt