Nurafshon shahar hokimligi
2K subscribers
35.7K photos
3.31K videos
47 files
10.5K links
Download Telegram
Nurafshonda yangi maktabgacha ta’lim muassasasi ochildi 🎉

📍 Bugun Nurafshon shahrida 120 o‘rinli yangi 23-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tantanali ravishda ochildi.

🔹 Ochilish marosimida Toshkent viloyati Maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari M. Tojiboyev, Nuroniy jamg‘armasi shahar bo‘limi rahbari J. Axmedqulov, shahar mas’ullari, nuroniylar hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

🏫 Qumariq MFY hududida joylashgan ushbu muassasa avval ancha eski bo‘lib, foydalanish uchun yaroqsiz holatga kelib qolgan edi. 2024-yil Investitsiya dasturining PQ-404-sonli qarori asosida 4,680 mlrd so‘m mablag‘ evaziga 120 o‘rinli yangi bino qurilib, foydalanishga topshirildi. Qurilish ishlari "Universal Biznes Invest 777" MCHJ tomonidan amalga oshirildi.

👧👦 Yangi muassasa zamonaviy va keng shinam xonalarga ega bo‘lib, bolajonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

#Nurafshon #MaktabgachaTa’lim #YangiBog‘cha #FarzandlarKelajagi

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kambag‘allikdan farovonlik sari

Muqaddas Ramazon oyi va Hayit bayrami arafasida ezgulik, mehr-oqibat va saxovat yanada ulug‘lanadi. Shu munosabat bilan Nurafshon shahar hokimining o‘rinbosari F. Shomurodov o‘ziga biriktirilgan Obod Turmush mahallasidagi ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi.

Tashrif davomida oilalarning turmush sharoiti o‘rganilib, ularga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi. Ushbu xayrli ish Ramazon oyining insonparvarlik va mehr-muruvvat ruhini yana bir bor namoyon etdi.

Yaxshilik ulashilgan sari ko‘payadi, mehr esa qalblarga nur bag‘ishlaydi!

#MehrVaE’tibor
#EzguAmallar
#YaxshilikUlashaylik
#NurafshonShaharHokimligi
#ObodTurmush
#RamazonHayitiBarakasi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
🤝 Do‘stlik va hamjihatlik ramzi – qardosh xalqlar uchrashuvi 🤝

O‘zbekiston va Tojikiston chegaradosh hududida joylashgan Piskent tumanining "Ko‘lota" mahallasida Nurafshon shahri madaniy-ma’rifiy jamoasi "Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt" shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi.

🌟 Tadbir davomida qardosh xalqlar o‘z milliy kiyimlari, an’analari va madaniyatini namoyish etib, do‘stona muloqotlar olib borildi. Shuningdek, madaniy-ma’rifiy dasturlar taqdim etilib, Qur’on tilovati o‘qildi hamda jonliq so‘yildi.

⚜️ Uchrashuv o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilib, milliy qadriyatlar va ma’naviy merosimizni keng targ‘ib etishga qaratildi.

#Do‘stlik #Hamjihatlik #QardoshXalqlar #MilliyMadaniyat #Nurafshon #O‘zbekiston #Tojikiston

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt