Nurafshon shahar hokimligi
1.95K subscribers
35.3K photos
3.29K videos
46 files
10.5K links
Download Telegram
🤝 Do‘stlik va hamjihatlik ramzi – qardosh xalqlar uchrashuvi 🤝

O‘zbekiston va Tojikiston chegaradosh hududida joylashgan Piskent tumanining "Ko‘lota" mahallasida Nurafshon shahri madaniy-ma’rifiy jamoasi "Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt" shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi.

🌟 Tadbir davomida qardosh xalqlar o‘z milliy kiyimlari, an’analari va madaniyatini namoyish etib, do‘stona muloqotlar olib borildi. Shuningdek, madaniy-ma’rifiy dasturlar taqdim etilib, Qur’on tilovati o‘qildi hamda jonliq so‘yildi.

⚜️ Uchrashuv o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilib, milliy qadriyatlar va ma’naviy merosimizni keng targ‘ib etishga qaratildi.

#Do‘stlik #Hamjihatlik #QardoshXalqlar #MilliyMadaniyat #Nurafshon #O‘zbekiston #Tojikiston

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt