Nurafshon shahar hokimligi
1.95K subscribers
35.3K photos
3.29K videos
46 files
10.5K links
Download Telegram
"Yashil makon" loyihasi doirasida keng ko‘lamli ishlar davom etmoqda

Nurafshon shahrida ekologik muhitni yaxshilash va yashil hududlarni kengaytirish maqsadida "Yashil makon" loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari jadal olib borilmoqda. Bugun erta tongdan "Nurafshon Business City" hududida shahardagi korxona va tashkilotlar, mahalla raislari hamda yoshlar faol ishtirok etib, qarag‘ay va dub daraxtlari ko‘chatlarini ekishdi.

Shahar hokimi I. Klichxanov ushbu jarayon bilan tanishib, shaharda yashil hududlarni kengaytirish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

"Yashil makon vijdonimiz bo‘lishi kerak", – deb ta’kidlagan edi davlatimiz rahbari. Ushbu ezgu tashabbusga qo‘shilgan har bir fuqaro shahar obodonligiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

#YashilMakon #Nurafshon #Ko‘chatEkilmoqda #TabiatniAsraylik #Ekotashabbus

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahrida "Ramazon hayit" namozi tadbirlari uchun tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Nurafshon shahrida "Ramazon hayit" namozining yuqori saviyada o‘tishini ta’minlash maqsadida keng qamrovli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan shahar hokimi I. Klichxanov va shahar IIB boshlig‘i M. Sottiyev jome masjidlarini ko‘zdan kechirdi.

Tadbir davomida jamoat tartibini saqlash, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l-transport harakatini tartibga solish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Namozxonlarga qulay sharoit yaratish maqsadida masjidlarga tutash ko‘chalar vaqtincha yopilib, qo‘shimcha joylar ajratilishi belgilandi. Ichki ishlar, sog‘liqni saqlash va boshqa mutasaddi idoralar tomonidan navbatchilik tashkil etilishi bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Mazkur chora-tadbirlar shahar aholisi va mehmonlari uchun "Ramazon hayit" namozini osoyishta va tartibli ravishda ado etish imkonini yaratadi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube