Nurafshon shahar hokimligi
1.95K subscribers
35.3K photos
3.29K videos
46 files
10.4K links
Download Telegram
Qardoshlik – do‘stlik va hamjihatlik timsoli

Nurafshon shahri madaniy-ma’rifiy jamoasii "Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt" shiori ostida O‘zbekiston va Tojikiston chegaradosh hududi, Piskent tumanining "Mustaqillik" mahallasida tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdi.

Tadbir davomida shahar madaniyat xodimlari qardosh xalqlarning milliy urf-odatlari, qadriyatlari va san’atini namoyish etib, mehmonlar uchun konsert dasturi, sahna chiqishlari hamda samimiy muloqotlar tashkil etdilar. Shuningdek, katta doshqozonlarda sumalak, halim, osh va sho‘rva tayyorlanib, barchaga ulashildi.

Ushbu uchrashuv qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

#Qardoshlik #Do‘stlik #Hamjihatlik #Nurafshon #Madaniyat #O‘zbekistonTojikistonDo‘stligi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
"Doʻstlik va hamjihatlik ulugʻlangan yurt"

📍Piskent tumani "Mustaqillik" mahallasi

📸 Bayram tadbiridan fotolavhalar


#Qardoshlik #Do‘stlik #Hamjihatlik #Nurafshon #Madaniyat #O‘zbekistonTojikistonDo‘stligi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Nurafshon shahrida “Xavfsiz muhit” axborot tizimi bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Toshkent viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i X.Usmonov va shahar prokurori o‘rinbosari A.Olimov rahbarligida mahallalarda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida “Xavfsiz muhit” axborot tizimi bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Ushbu tizim edo.ijro.uz yagona axborot tizimi orqali ish olib boradi. Tizim 2025 yil 3 yanvardagi PQ-1 qarori ijrosi doirasida joriy etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi – mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish va fuqarolar uchun xavfsiz muhit yaratishdir.

Yangi tizim mahalla yettiligi, huquq-tartibot organlari va jamoatchilik hamkorligini kuchaytirish orqali samarali nazorat va tahlil imkonini beradi. Bu esa jinoyatchilikni kamaytirish va jamiyatda tinchlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

“Xavfsiz muhit” – barchamiz uchun osoyishta va xavfsiz hayot garovi!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt