Nurafshon shahar hokimligi
2.04K subscribers
36K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
Navro‘z mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Nurafshon shahri Navro‘z mahallasida, shahar Tibbiyot birlashmasi atrofini obodonlashtirish va ekologik muhitni yaxshilash maqsadida homiylik mablag‘lari hisobidan ishlar olib borilmoqda.

Xususan, avval boshlangan, ammo ob-havo sharoiti sababli to‘xtab qolgan sizot suvlari oquvchi ariqlarni obodonlashtirish, hududni tozalash va ko‘kalamzorlashtirish ishlari qayta tiklandi.

Obodonlashtirish ishlari aholi va tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratish hamda hududdagi ekologik holatni yaxshilashga xizmat qiladi.

Shahar hokimi I.Klichxanov ushbu hududda bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi va mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yashil makon doirasida atirgul ko‘chatlari ekilmoqda

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent yo‘li ko‘chasi bo‘ylab atirgul ko‘chatlari ekilmoqda.

Shaharimiz yanada obod va ko‘rkam bo‘lishi yo‘lida ishlar davom etmoqda.

#YashilMakon #Obodonlashtirish #Atirgul #Ekologiya #YashilHudud #ToshkentYo‘li #Gul

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Парламентлараро иттифоқнинг 150-юбилей Ассамблеяси Ўзбекистонда ўтказилаётгани – юртимизда олиб борилаётган кенг кўламли демократик ислоҳотлар, парламентаризм ва вакиллик ҳокимиятини ривожлантириш борасида эришилаётган катта натижаларнинг эътирофи.

Проведение 150-й юбилейной Ассамблеи Межпарламентского союза в Узбекистане – признание больших достижений в масштабных демократических преобразованиях, развитии парламентаризма и представительной власти в нашей стране.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Nurafshonda DXX Kubogiga start berildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Mahalla uyushmasi hamkorligida an’anaviy tarzda tashkil etilayotgan DXX Kubogining Nurafshon shahri bosqichi tantanali tarzda boshlandi.

Musobaqaning ochilish marosimida futbol va mini-futbol bo‘yicha ishtirokchilar o‘rtasida qur’a tashlash jarayoni o‘tkazildi. Unda jamoalar musobaqa tartib-qoidalari bilan tanishtirildi va rasmiy guruhlar shakllantirildi.

Mazkur musobaqa sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshlar orasida futbolni ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

Bellashuvlarda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigitlar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazadilar.

Musobaqa bahslari shahar sport maydonlarida davom etadi.

#DXXKubogi #Nurafshon
#MiniFutbol #Futbol

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram