Nurafshon shahri hokimligi
4.68K subscribers
41.6K photos
3.73K videos
52 files
12.1K links
Download Telegram
Nurafshonda DXX Kubogiga start berildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Mahalla uyushmasi hamkorligida an’anaviy tarzda tashkil etilayotgan DXX Kubogining Nurafshon shahri bosqichi tantanali tarzda boshlandi.

Musobaqaning ochilish marosimida futbol va mini-futbol bo‘yicha ishtirokchilar o‘rtasida qur’a tashlash jarayoni o‘tkazildi. Unda jamoalar musobaqa tartib-qoidalari bilan tanishtirildi va rasmiy guruhlar shakllantirildi.

Mazkur musobaqa sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshlar orasida futbolni ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

Bellashuvlarda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigitlar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazadilar.

Musobaqa bahslari shahar sport maydonlarida davom etadi.

#DXXKubogi #Nurafshon
#MiniFutbol #Futbol

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram