Nurafshon shahar hokimligi
2.06K subscribers
36K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
"Nurafshon shahrida energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va gazdan xavfsiz foydalanish bo'yicha targ'ibot ishlari davom etmoqda"

"Nurafshonshahargaz" GTB xodimlari 2025-yil 27-fevraldagi O'z.Res.PQ-77 sonli qaroriga asosan, energotajamkor texnologiyalarni joriy etish va gazdan xavfsiz foydalanishni ta'minlash maqsadida keng targ'ibot ishlari olib bormoqda. Tadbirlar orqali aholiga gazdan xavfsiz foydalanish va energiya tejash bo'yicha muhim maslahatlar berilmoqda, bu esa shahar iqtisodiyotini rivojlantirish va atrof-muhitni himoya qilishga xizmat qiladi.

#EnergiyaTejamkorlik #GazXavfsizligi #EnergiyaniTejash #BarqarorTaraqqiyot #Nurafshon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Bildirish
#Diqqat

Nurafshonda qatnov harakati vaqtincha cheklanadi


🚧Hurmatli fuqarolar!

🚫Joriy yilning 5-aprel kuni
Nurafshon shahrida "Yangi rekordlar sari" shiori ostida havaskorlar o‘rtasida ommaviy yugurish marafoni o'tkazilishi munosabati bilan, soat 07:00 dan 12:00 gacha Nurafshon "Business City" hududidagi Yangi O‘zbekiston bog‘i ko‘chasida avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

Noqulayliklar uchun uzr so'raymiz va tushunganingiz uchun rahmat!

#Nurafshon #Yo‘lHarakatiCheklovi #Marafon 🏃‍♂️🏃‍♀️

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
📸 Marafondan fotolavhalar

🏃‍♀️ "Yangi rekordlar sari" shiori ostida o'tkazilgan ommaviy yugurish marafonidan yorqin lahzalar!

#Nurafshon #OmmaviyMarafon
#YangiRekordlarSari #SoglomHayot
#SportHayotTarzi #NurafshonBusinessCity

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Bobur mahallasida xavfsizlik tizimi kuchaytirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yilda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent viloyati Nurafshon shahrining Bobur mahallasida xavfsizlik tizimi tubdan takomillashtirildi.

Mazkur mahallaning Olmazor, Bobur, Ozodlik, P.G‘oziyev va X.Yo‘lshoshev ko‘chalarida umumiy hisobda 30 dona zamonaviy videokuzatuv kameralari o‘rnatildi. Ushbu qurilmalar 360 gradusli ko‘rish imkoniyati, avtomobil raqamlarini aniqlash, yuzni tanish va jinoyatchi shaxslar aniqlanganda profilaktika inspektoriga xavf signali yuborish kabi funksiyalarga ega.

Yangi tizim mahalla hududini to‘liq kameralashtirish bilan birga, aholining tinch va osoyishta hayotini ta'minlash, jinoyatchilikning oldini olishda muhim vosita bo‘lmoqda.

#Nurafshon #BoburMahallasi #XavfsizMahalla #Videokuzatuv

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshonda DXX Kubogiga start berildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Mahalla uyushmasi hamkorligida an’anaviy tarzda tashkil etilayotgan DXX Kubogining Nurafshon shahri bosqichi tantanali tarzda boshlandi.

Musobaqaning ochilish marosimida futbol va mini-futbol bo‘yicha ishtirokchilar o‘rtasida qur’a tashlash jarayoni o‘tkazildi. Unda jamoalar musobaqa tartib-qoidalari bilan tanishtirildi va rasmiy guruhlar shakllantirildi.

Mazkur musobaqa sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshlar orasida futbolni ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

Bellashuvlarda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigitlar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazadilar.

Musobaqa bahslari shahar sport maydonlarida davom etadi.

#DXXKubogi #Nurafshon
#MiniFutbol #Futbol

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram
#Gandbol
#Nurafshon_shahar

⚡️Gandbol musobaqalari qizg‘in pallada!

⛹️ “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilayotgan gandbol sport turi bo‘yicha “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi” musobaqalari davom etmoqda.

Bugun Nurafshonda shahar bosqichi bo'lib o'tdi. Sektor bosqichida g‘olib chiqqan yoshlar markaziy o‘yingohda to‘planib, g‘alaba uchun kurashga kirishdi.

Sport, harakat, g‘alaba – barchasi shu yerda!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahri hokimligi hamkorlik doirasida yangi bosqichga qadam qo‘ydi

📍 Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan tadbir davomida Nurafshon shahri hokimligi va BMT Bolalar jamg‘armasi, BMT Taraqqiyot dasturi hamda “Yuksalish” harakati o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

👉Batafsil o'qish

#Nurafshon #BMT #Yuksalish #YoshlarRivoji #InklyuzivBoshqaruv #2030Strategiyasi #Hamkorlik #BolaHuquqlari #BarqarorRivojlanish

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
🇺🇿 Milliy liboslar chellenji Nurafshonda!

“Milliy liboslar kuni” doirasida Nurafshon shahrida ham “Milliy liboslar chellenji” keng targ‘ib qilinmoqda.

Jumladan, “Hwashin Korea International School” nodavlat maktabida Navro‘z tantanalari bilan birga milliy liboslar chellenji o‘tkazildi. O‘quvchilar va o‘qituvchilar milliy liboslarda ishtirok etib, qadriyatlarimizni namoyon etdilar.

Shuningdek, shahar tibbiyot birlashmasida ham tibbiyot xodimlari milliy liboslarda xizmat olib borib, chellenjga faol qo‘shildilar.

#MilliyLiboslarKuni #Nurafshon
#MilliyQadriyatlar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt