Nurafshon shahar hokimligi
2.03K subscribers
36K photos
3.32K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
"Миллий либослар" челенжи – қадриятларимиз ифтихори!

Нурафшон шаҳар мактабгача ва мактаб таълими бўлими тасарруфидаги барча таълим муассасаларида миллий қадриятларимизни асраб-авайлаш, ёш авлодни ватанпарварлик руҳида тарбиялаш мақсадида "Миллий либослар" челенжи қизғин тарзда ўтказилмоқда!

Ўзбек миллий либослари – бу бизнинг маданиятимиз, тарихимиз ва зебо анъаналаримизнинг ёрқин ифодасидир.
Ҳар бир либос ортида бобокалонларимизнинг дунёқараши, ҳаёт тарзи ва қалб гўзаллиги мужассам!

Челленж доирасида мактаб ва боғчаларда ўқувчи ҳамда тарбияланувчилар миллий кийимларда чиқиш қилиб, турли фото ва видеолар орқали ўз муҳаббатларини ифода этмоқдалар.

Биз фахрланамиз – миллий либосларимиз бизнинг ўзлигимизни намоён этади!

Телеграм | Instagram  | Youtube | Tik tok | Facebook
#Yarmarka #Fair #Yarmarka

Nurafshonda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda

Ikki kun davom etadigan yarmarkada 10 dan ortiq tarmoq va vazirlik, shuningdek, respublikaning barcha hududlaridan kelgan korxonalar o‘z mahsulotlari bilan faol ishtirok etmoqda. Toshkent viloyatidan esa 300 dan ziyod sanoat korxonasi 2,5 mingdan ortiq mahsulot turlari bilan qatnashmoqda.

Yarmarka doirasida Nurafshon shahri hokim yordamchilari tomonidan yirik ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining muayyan qismlarini kichik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan hamda mikroloyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlarga kooperatsiya asosida taqdim etish takliflari bildirildi.

Mazkur tashabbus orqali hududlarda sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish, mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va kichik biznes subyektlarini rivojlantirish maqsad qilingan.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹 “Nurafshonshahargaz” GBT tomonidan targ‘ibot ishlari davom etmoqda

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan oqilona foydalanish, ularni noqonuniy yo‘qotishlarning oldini olish hamda samaradorligini oshirish maqsadida “Nurafshonshahargaz” xodimlari tomonidan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, avtomat tejamkor yondirgichlardan foydalanish bo‘yicha aholiga tushuntirishlar berilib, zamonaviy va energiyani tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish targ‘ib qilinmoqda.

Maqsad — yoqilg‘i-energiya resurslarini tejash va ularning samarali ishlatilishini ta'minlash.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
“Sog‘lom oila uchun birlashaylik!” shiori ostida sport tadbiri o‘tkazildi

Nurafshon shahar sport maktabida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Sog‘lom oila uchun birlashaylik!” shiori ostida ommaviy badantarbiya mashg‘ulotlari hamda “5000 qadam” yurish sport tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir Nurafshon shahri Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilib, unda shahardagi mahallalarda yashovchi uyushmagan aholi vakillari faol ishtirok etdilar. Ishtirokchilar sog‘lom hayot sari bir qadam yaqinlashish, jismoniy faollikni oshirish va ijtimoiy birlashuv ruhini mustahkamlash maqsadida birgalikda yurish marafonini bosib o‘tdilar.

Tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, sog‘lom va baxtli oila sari intilishda muhim qadam bo‘ldi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Hamkorlik #Cooperation #Cотрудничество

Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorliklar yo‘lga qo‘yilmoqda
________

Cooperation with international organizations is being established
________

Налаживается процесс сотрудничества с международными организациями

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat
#Bildirish

"Nurafshonshahargaz" GTB Sizga shuni ma’lum qiladi

Navro'z mahallasi Toshkent yo'li ko'chasida shahar markaziy oqava quvurlari o'tkazilayotganligi sababli o'rta bosim gaz quvurlarini ko'chirish ishlari olib borilishi munosabati bilan

📌Navro'z mahallasining Yoshlik, Saylgoh, Toshkent yo'li ko'chalari
aholi va ulgurji  iste’molchilarida 2025-yil 15-aprel kuni soat 8:00 dan 18:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

Aholi istemolchilari soni 220 ta
Ulgurji iste'molchilari soni 3 tani tashkil qiladi.

Murojaat uchun telefon:
☎️ (99)004-81-04.

"Nurafshon shahar gaz" gaz ta’minoti yuzaga kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#diqqat
#bildirish

Nurafshon shahar elektr ta'minoti sizga shuni ma’lum qiladi.

f.Evalak-6kV tarmog'i
brigadani xavfsizligini ta'minlash maqsadida Evalak mahallasi hamda Oybek mahallasining M.Ulug'bek ko'chasi aholi va ulgurji iste’molchilarida 2025-yil 15-aprel kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

shuningdek,f.Qorasuv-6 kVda ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Nurafshon shahrining

📌Oybek;
📌Obod turmush;
📌Muqimiy;
📌Evalak;
📌Navro'z;
📌Qumariq;
📌Dehqonobod;
📌To'y tepa mahallalari aholi va ulgurji iste’molchilarida
2025-yil 16-aprel kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

Murojaat uchun telefon
☎️ Tel.:  (95) 195-14-60
☎️ Tel.:  (95) 195-14-67 (dispetcher)

Nurafshon shahar elektr ta'minoti yuzaga kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Toshkent yo‘li ko‘chasi bo‘ylab o‘rganish ishlari olib borildi

Nurafshon shahrida hududlarni obodonlashtirish, yashil maydonlarni parvarishlash, arxitektura qiyofasini zamonaviylashtirish hamda qurilish ishlari sifatini nazoratga olish borasida tizimli ishlar davom etmoqda.

Shu maqsadda shahar hokimi I.Klichxanov boshchiligida sektor rahbarlari, shahar prokurori T.Karimov, shahar IIB boshlig‘i M.Sottiyev, shahar DSI boshlig‘i J.Sayfiyev va tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida Toshkent yo‘li ko‘chasi bo‘ylab o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida qurilish va obodonlashtirish ishlari, yo‘l va piyodalar harakati xavfsizligi, infratuzilma holati, mavjud kamchilik va muammolar atroflicha tahlil qilindi. Aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq vazifalar yuklatilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

#Nurafshon #Obodonlashtirish
#ToshkentYoʻli #YashilHududlar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt