Nurafshon shahar hokimligi
2.12K subscribers
36.2K photos
3.34K videos
47 files
10.7K links
Download Telegram
Nurafshonda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov boshchiligida shahar prokurori T.Karimov, shahar soliq inspeksiyasi rahbari J.Sayfiyev hamda boshqa mas’ullar ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Mazkur muloqotdan asosiy maqsad — tadbirkorlik faoliyatida duch kelinayotgan muammo va to‘siqlarni o‘rganish, ularni joyida bartaraf etishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida yer ajratish, kommunal xizmatlar, kredit mablag‘laridan foydalanish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Tadbirkorlar o‘z taklif va tashabbuslarini bayon qilishdi.

Shahar hokimi har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ayrim muammolarga joyida yechim topdi. Qolgan masalalar bo‘yicha esa tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi va ularning ijrosi nazoratga olindi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Besh_tashabbus

Nurafshon shahrining Markaziy oʻyingohida joylashgan street workaut maydonchasida sportning workaut turi bo‘yicha "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida musobaqalarning shahar bosqichi bo'lib o'tdi.

Sektor bosqichidan saralanib kelgan sportga qiziquvchi yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan mazkur musobaqa qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lib o‘tkazildi.

Musobaqada g‘olib va sovrindorlar diplom bilan taqdirlanib, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Shahar hokimi obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi

Shahar hokimi obodonlashtirish jarayonlari bilan tanishdi. Jumladan, Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan markaziy ko‘cha bo‘ylab gul ko‘chatlari ekish ishlari olib borilmoqda. Ushbu ishlar shahar ko‘rkini oshirish va fuqarolar uchun yanada qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.

#Obodonlashtirish #YashilMakondaHayot #ShaharKo‘rki #Gulzorlar #TozaShahar #Ko‘rkamHayot

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Туркман халқининг миллий етакчиси, Туркманистон Халқ Маслаҳати Раиси Гурбангули Бердимуҳамедов 23-24 апрель кунлари ташриф билан Самарқанд шаҳрида бўлади.

По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Национальный лидер туркменского народа, Председатель Халк Маслахаты Туркменистана Гурбангулы Бердымухамедов 23-24 апреля совершит визит в город Самарканд.

#Mirziyoyev #tashrif #Turkmaniston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM