Nurafshon shahar hokimligi
2.11K subscribers
36.2K photos
3.34K videos
47 files
10.7K links
Download Telegram
Nurafshonda tadbirkorlik obyektlari muammolari o‘rganildi

Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov boshchiligida ishchi guruh ishtirokida shaharda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni uzoq yillar davomida qiynab kelayotgan muammolarni hal etish, ayniqsa qurilishi to‘xtab qolgan tadbirkorlik obyektlari bilan bog‘liq masalalarni bartaraf etish bo‘yicha joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.

Tashrif davomida shahar bosh rejasiga o‘zgartirish (karektura) kiritish, tadbirkorlar va aholi uchun qulay infratuzilmaviy sharoitlar yaratish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Mazkur o‘rganishlar natijasida mavjud muammolarni yechish yo‘llari belgilab olindi, ayrim holatlar bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Ushbu tashabbuslar shaharda tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi, investitsion muhitning yaxshilanishi va aholi turmush farovonligining oshishiga xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Markaziy ko‘chalarda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan markaziy ko‘cha bo‘ylab atirgul ko‘chatlari ekilmoqda. Ushbu ishlar shaharning ekologiyasini yaxshilash va go‘zalligini oshirishga xizmat qiladi.

⚠️ Ogohlantirish: Afsuski, ayrim fuqarolar tomonidan ilgari ekilgan ko‘chatlarning shikastlanishi yoki olib ketilishi holatlari kuzatilmoqda. Bunday harakatlar videokuzatuv orqali aniqlanmoqda va qonuniy choralar ko‘riladi.

📢 Hurmatli aholi va mehmonlar! Nurafshon – barchamizniki. Uning go‘zalligini saqlash har birimizning burchimiz! 🌿

#Nurafshon #Obodonlashtirish #YashilMakonda #TabiatniAsraylik #JamiyatMas’uliyati

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt