Nurafshon shahar hokimligi
2.13K subscribers
36.3K photos
3.35K videos
47 files
10.7K links
Download Telegram
Nurafshonda DXX Kubogiga start berildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Mahalla uyushmasi hamkorligida an’anaviy tarzda tashkil etilayotgan DXX Kubogining Nurafshon shahri bosqichi tantanali tarzda boshlandi.

Musobaqaning ochilish marosimida futbol va mini-futbol bo‘yicha ishtirokchilar o‘rtasida qur’a tashlash jarayoni o‘tkazildi. Unda jamoalar musobaqa tartib-qoidalari bilan tanishtirildi va rasmiy guruhlar shakllantirildi.

Mazkur musobaqa sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshlar orasida futbolni ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

Bellashuvlarda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigitlar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazadilar.

Musobaqa bahslari shahar sport maydonlarida davom etadi.

#DXXKubogi #Nurafshon
#MiniFutbol #Futbol

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram
NURAFSHON SHAHRIDA “DXX KUBOGI” SARALASH MUSOBAQALARI DAVOM ETMOQDA

Nurafshon shahridagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi maydonida mahalla yoshlari o‘rtasida 5 tashabbus olimpiadasi doirasida futbol bo‘yicha “Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi” uchun saralash bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

⚽️ Bellashuvlar murosasiz va emotsiyalarga boy tarzda o‘tmoqda. Yoshlar o‘z jamoalari sharafini himoya qilishda katta g‘ayrat ko‘rsatmoqda.

📊 Bugungi natijalar:
Muqimiy – 0 : 4 – Navro‘z
🏃‍♂️ Ayni damda Qumariq va To‘ytepa mahallalari jamoalari o‘rtasida bahs davom etmoqda.

📣 G‘olib jamoa musobaqaning shahar bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

#Nurafshon #DXXkubogi #5tashabbus #SportOlimpiadasi #MahallaYoshlari #ShaharBosqichi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt