Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
43.1K photos
3.91K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
Nurafshon shahri hokimi ishsiz yoshlar bilan uchrashdi

Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov shahar hokimligida ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda turli mahallalardan kelgan faol yoshlar ishtirok etdi.

Yoshlar ish topishdagi qiyinchiliklar, kasbga yo‘naltirish, ta’lim va ijtimoiy muammolar haqida ochiq fikr bildirishdi. Hokim ularning har bir murojaatini tinglab, masalalarni joyida hal qilishga harakat qildi.

I.Klichxanov yoshlarga imtiyozli kreditlar, kasb-hunar kurslari va startaplarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. U shuningdek, yoshlarni ishga joylashtirish, kasbga tayyorlash va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq rejalarni taqdim etdi.

"Har bir yosh – jamiyat boyligi. Ularni qo‘llab-quvvatlash – bizning burchimiz," – dedi hokim uchrashuv yakunida.

Bunday muloqotlar yoshlarning faolligini oshirib, ularni hayotga faol kirib kelishga undamoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube
👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣Hurmatli fuqarolar!

🔐Obyekt va xonadoningiz xavfsizligini bizga ishoning!

📞1131 raqamiga qoʻngʻiroq qiling va batafsil maʼlumotga ega boʻling.


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#E’lon!

Hurmatli tadbirkorlar, ishbilarmonlar va viloyatimiz fuqarolari!

Bugungi kunda O‘zbekistonda ko‘plab xalqaro moliya tashkilotlari va ularning vakolatxonalari faoliyat olib bormoqda.

Ular bilan mavjud loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashish, ishlash tizimini muvofiqlashtirish va mazkur yo‘nalishda tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarning fikrni olgan holda, viloyatda xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalar salmog‘ini ko‘tarish maqsadida Toshkent viloyati hokimi rahbarligida Bankirlar kengashi tashkil etildi.

Kengashning asosiy vazifasi:

▶️ Iqtisodiyotning barcha yo‘nalishlarida faoliyatini boshlagan tadbirkorlik subyektlariga xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari va grantlari jalb etishda ko‘maklashish;

▶️Xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari va grantlarini jalb etish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash;

▶️Loyihalarni to‘laqonli amalga oshgunga qadar qo‘llab- quvvatlashdan iborat.

Biz - Siz tadbirkor va ishbilarmonlarni hamkorlikka chaqiramiz va mazkur yo‘nalishda Sizga ko‘makchi bo‘lganimizdan mamnunmiz.

Murojaat  uchun telefon raqami:

+998990026459, 712328097

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Davlat aktivlarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 6 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 3 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 5 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 2 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
👍1
Hokimlik soati – muhim masalalar muhokamada

⚡️Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov raisligida shahardagi korxona va tashkilot rahbarlari, hokimlik apparati xodimlari ishtirokida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazilib, quyidagi asosiy masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi:

🔹 Toshkent viloyati hokimi tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash;

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosini ta'minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar;

🔹 Aholi va tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularni bartaraf etish;

🔹 “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar.

📌 Muhokama qilingan har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ul soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi hamda belgilangan vazifalarning sifatli va o‘z muddatida bajarilishi bo‘yicha nazorat kuchaytirildi

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlaynkuzatuv #онлайннаблюдение

❗️Endi noto‘g‘ri joyga musor tashlaganlar 2 250 000 so‘mgacha jarimaga tortiladi.

📸 360 gradus kameralar faqat mashinalarni emas, odamlarni ham kuzatmoqda!

🚯O‘z uyini ifloslantirgan huquqbuzarlarga chora ko‘rildi


Navoiy viloyatida belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash bilan bog‘liq yana bir qator huquqbuzarliklar aniqlandi. Holatlar Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan o‘rnatilgan onlayn kuzatuv kameralariga muhrlandi. 
https://gov.uz/oz/eco/news/view/54496

📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X | 📗 WhatsApp
👍4👏1
❗️#diqqat_tanlov

“Buvim aytgan ertaklar”


“Mash’al” gazetasi tahririyati O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi va O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Buvim aytgan ertaklar” tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda maktab o‘quvchilari bobo-buvilaridan eshitgan ertaklarini bayon qilgan holda tahririyatga yuborishlari talab etiladi.

Tanlovga yuborilgan eng yaxshi ertaklar “Mash’al” va “Adabiyot ziyosi” gazetalarida e’lon qilinadi.

Eng sara ijodiy ishlar tashkiliy qo‘mita tomonidan taqdirlanadi va g‘oliblar ro‘yxati matbuotda e’lon qilinadi.

Tanlov uchun yuboriladigan ijodiy ishlar 2025-yil 16-maydan 2025-yil 29-maygacha qabul qilinadi.

Bolalardan bobo-buvilari aytgan ertaklar bayonini kutib qolamiz.

Murojaat uchun telefonlar:
+998 99 850-30-27, +998 99 060-47-15.

Manzil: 111500, Nurafshon shahri Toshkent yo‘li ko‘chasi 123-uy.

Tashkiliy qo‘mita.


Kanalga ulaning👇
▫️
@mashal_gzt
🔥1
Hurmatli hamyurtlar❗️

Yurtimizda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha 20-may kunidan 20-iyun kuniga qadar "Yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" tadbiri o‘tkaziladi.

Ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_yordamchilari_faoliyatidan

IBRAT BO‘LSANG, ISHING YURISHADI


Nurafshon shahri Bobur mahallasida hokim yordamchisi bo‘lib ishlayotgan Husniddin Tillaxo‘jayev yoshlarni ilm bilan dehqonchilik qilishga undamoqda. U o‘z tajribasini boshqalarga namuna qilib, tomorqasi va issiqxonalari bilan tanishtiradi, mahsulot yetishtirishning xarajati va daromadigacha birma-bir tushuntiradi.

Natijada 5 ta xonadon 33 mln so‘mlik imtiyozli kredit asosida issiqxona qurib, barakali daromad topmoqda. 33 yillik tajribaga ega Husniddin aka hozirda o'z xonadonidagi 5 ta issiqxonasida pomidor yetishtirib, bozorlarga 20 tonnadan ortiq mahsulot yetkazib bermoqda.

Batafsil ma'lumotni “Mash’al” gazetasining 2025-yil 23-may sonidan o‘qishingiz mumkin.

#tomorqachilik #nurafshonda

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍5👏1
“Qumariq” mahallasiga yangi rais saylandi

Nurafshon shahridagi 32-sonli umumta’lim maktabda “Qumariq” mahalla fuqarolar yig‘ini raisligini saylash bo‘yicha ochiq va shaffof saylov bo‘lib o‘tdi.

Nomzodlar o‘z dasturlarini taqdim etib, aholiga rejalarini bayon qilishdi. Saylov natijalariga ko‘ra, Uralov Zafar Safarovich eng ko‘p ovoz to‘plab mahalla raisi etib saylandi.

Zafar Uralov 1977-yilda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy, 2002-yilda Toshkent avtomobil yo‘llari institutini tamomlagan.

Yangi raisga ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍6🔥2