Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
43.1K photos
3.91K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

15-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda bitiruvchi yoshlar bilan tizimli ishlash, ularni kasb va hayotga yo‘naltirish masalalari belgilandi.

Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida Nurafshon shahridagi 1-sonli maktabda bitiruvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov, prokuror o‘rinbosari A. Olimov, IIB boshlig‘i, shahardagi maktablar direktorlari va ularning o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berilib, ulardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar va takliflar bilan murojaat qilishdi. Ularning fikrlari inobatga olinib, muammolarni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi va hokim nazoratiga olindi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook Instagram You tube
👍2
#Bildirish

Viloyatda eng ko‘p murojaat tushayotgan mahallalarda sayyor qabullar boshlandi

Respublika, viloyat, tuman-shahar tashkilotlari rahbarlari, mas’ullari ishtirokida joriy yilning 20 - 26-may kunlari aholi murojaatlari o‘rganiladi.

Jumaladan, ertaga, 21- may kuni soat 10:00da sayyor qabul o‘tkaziladigan hududlar:

📍Angren shahar - "Taraqqiyot" MFY binosi;

📍Bekobod tumani - "Ilg‘or" MFY binosi;

📍Bekobod shahar - "Do‘stlik" MFY binosi;

📍Bo‘ka tumani - "Chavlisoy" MFY, madaniyat saroyi binosi;

📍Bo‘stonliq tumani - "Yoshlik" MFY, 12-maktab binosi;

📍Zangiota tumani - Ahmad Yassaviy MFY binosi;

📍Qibray tumani - "Ko‘prik boshi" MFY, "Ko‘prik boshi" to‘yxonasi;

📍Quyi Chirchiq tumani- "Beshkent" MFY, 50-maktab binosi;

📍Nurafshon shahar - "Dehqonobod" MFY binosi;

📍Oqqo‘rg‘on tumani- "Mustaqillik" MFY, musiqa maktabi binosi;

📍Olmaliq shahar - Furqat MFY binosi;

📍Ohangaron tumani - "Sartamg‘ali" MFY, 42-maktab binosi;

📍Ohangaron shahar -"Birlik" MFY binosi;

📍Parkent tumani - "Yangi Navbahor" MFY, 38-maktab binosi;

📍Toshkent tumani- "Sirg‘ali" MFY binosi;

📍Chinoz tumani -"Ahillik" MFY, 27-maktab binosi;

📍Chirchiq shahar - "Chinor" MFY binosi;

📍Yangiyo‘l tumani- "Ahil" MFY, 5-sonli musiqa maktabi;

📍Yangiyo‘l shahar - "Navro‘z" MFY binosi.

⌚️Qabullar soat 10:00dan boshlanadi.

Izoh:Vaziyatdan kelib chiqib, qabullar vaqti va joyi o‘zgarishi mumkin.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Channel name was changed to «Nurafshon shahri hokimligi»
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish #mahalla_raisi_saylovi_2025

“Bobur” mahallasida rais saylovi — sizning ishtirokingiz muhim!

Diqqat, Nurafshon shahri fuqarolari! “Bobur” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi saylovi bo‘lib o‘tadi.

📆 Bugun— 21-may, 2025-yil:

🕚 Soat 16:00 — “Bobur” mahallasi raisi saylovi
📍 Manzil: Nurafshon shahri, 26-sonli maktab binosi.

👉 Ushbu saylov — mahalla hayotidam faol ishtirok etish va hududingiz taraqqiyoti uchun masʼul rahbarni tanlash imkonidir.

Mahalla raisi — aholi farovonligi va mahalla rivojiga xizmat qiluvchi yetakchi shaxs. Shuning uchun “Bobur” mahallasi aholisini saylovda faol qatnashishga chaqiramiz!

👍 Faollik va masʼuliyat bilan ovoz bering — bu sizning fuqarolik burchingiz!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul #Nurafshon

⭕️JONLI

Ayni vaqtda Nurafshon shahri "Dehqonobod" MFY hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasining ishchi guruhi tomonidan mahalla fuqarolari bilan muloqot o‘rnatish, ularning muammolarini hal etish, hududlar infratuzilmasini yaxshilash va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda.

Sayyor qabulda Respublika Ishchi guruh aʼzolari, Nurafshon shahri  hokimi Ilxom Klichxanov, shahar rahbarlari, Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo'yicha boshqarmasi aholi muammolarini yaqindan o‘rganib, murojaatlar shu joyning o‘zida qonuniy yechimini topmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan ko'chmas mulklarni sotib oling!

🔹Angren shaharida 8 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 12 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 31 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 11 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 5 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 13 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 7 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 13 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 15 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 14 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 19 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari kapitan Turapov Zafarjonning "Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Dolzarb 30 kun" tadbiriga bag‘ishlangan brifingi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
#SayyorQabul #Nurafshon

Nurafshon shahrining “Dehqonobod” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruh a’zolari, Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov, tegishli shahar sektor rahbarlari hamda Milliy gvardiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.

Sayyor qabul doirasida fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘rnatilib, ularning turli sohalardagi muammolari atroflicha o‘rganildi. Har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, joyning o‘zida huquqiy va amaliy yechimlar taklif qilindi.

Shuningdek, infratuzilma, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va mahallani yanada obod etish borasida muhim taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Mahalliy aholining dolzarb masalalariga e’tibor qaratilgan bunday sayyor qabullar — islohotlar samarasini joylarda yanada yaqinroq his qilishga xizmat qilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍5
“Obod turmush” mahallasiga rais saylandi

Nurafshon shahridagi 4-sonli umumta’lim maktabda “Obod turmush” mahalla fuqarolar yig‘ini raisini saylash bo‘yicha saylov bo‘lib o‘tdi.

Saylov yakunlariga ko‘ra, Raxmatov Shuxrat Tulaboevich eng ko‘p ovoz to‘plab, yana bir bor “Obod turmush” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi etib saylandi.

Shuxrat Tulaboevich ilgari ham Toshkent viloyati Nurafshon shahri “Obod turmush” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍9