Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.2K photos
4.73K videos
63 files
13.9K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish #mahalla_raisi_saylovi_2025

“Evalak” va “Oybek” mahallalarida rais saylovi — sizning ishtirokingiz muhim!

Diqqat, Nurafshon shahri fuqarolari! “Evalak” va “Oybek” mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari saylovi bo‘lib o‘tadi.

📆 Bugun — 27-may, 2025-yil:

🕚 Soat 11:00 — “Evalak” mahallasi raisi saylovi
📍 Manzil: Nurafshon shahri, 25-sonli maktab

🕓 Soat 15:00 —“Oybek” mahallasi raisi saylovi
📍 Manzil: Nurafshon shahri, 12-sonli musiqa maktab (Oybek MFY, Mustaqillik ko‘chasi 85)

👉 Ushbu saylov — mahalla hayotida faol ishtirok etish va hududingiz taraqqiyoti uchun masʼul rahbarni tanlash imkonidir.

Mahalla raisi — aholi farovonligi va mahalla rivojiga xizmat qiluvchi yetakchi shaxs. Shuning uchun “Evalak” va “Oybek” mahallalari aholisini saylovda faol qatnashishga chaqiramiz!

👍 Faollik va masʼuliyat bilan ovoz bering — bu sizning fuqarolik burchingiz!

#Nurafshon #MahallaRaisi

Telegram Facebook Instagram You tube Web sayt
Bugun tug‘ilgan kun

📆Bugun 27-may Nurafshon shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo'limi boshlig'i - Isoilov Javohir Fahridinovichning tavallud topgan kuni.

💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Isoilov Javohir Fahridinovichni Nurafshon shahar hokimligi jamoasi nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.

💐Nurafshon shahrining ravnaqi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ijobiy yutuqlarni qo'lga kiritishi yo'lidagi xizmatlaringizda omad va ulkan zafarlar yor bo'lsin!

💐Ishlaringizga omad, muvaffaqiyat va baraka berishini, yurtimiz ravnaqi yo‘lida tolmasdan ishlashingizni tilaymiz.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👏7👍2🔥1
Shahar hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirga shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev raislik qildi.

Yig‘ilishda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi vakillari, mahallalardagi hokim yordamchilari, shuningdek, tijorat banklari rahbarlari ishtirok etdi.

📊 Kun tartibidan 2025-yilning aprel-may oylarida yaratilgan ish o‘rinlari, chorak yakunlari bo‘yicha erishilgan natijalar va “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturining amalga oshirilishi holati o‘rin oldi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularning yechimlariga doir takliflar muhokama qilinib, kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍3
“Evalak” mahallasiga yangi rais saylandi

Nurafshon shahri “Evalak” mahalla fuqarolar yig‘ini raisligiga saylov bo‘lib o‘tdi. Saylov jarayonida fuqarolar faollik bilan ishtirok etishdi.

Natijalarga ko‘ra, eng ko‘p ovoz to‘plagan Xatamov Abduvoxid XalbayevichEvalak” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi etib saylandi.

Mazkur saylov mahalla boshqaruvida fuqarolarning ishtirokini ta’minlash, ochiqlik va shaffoflik asosida o‘tkazildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍9
“Oybek” mahallasiga yangi rais saylandi

📍 Nurafshon shahri — “Oybek” mahalla fuqarolar yig‘inida yangi rais saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov jarayoni ochiqlik, shaffoflik va fuqarolarning faolligi ruhida o‘tkazildi.

Mahalla aholisi o‘z nomzodlarini faol qo‘llab-quvvatlab, fuqarolik pozitsiyasini namoyon etdi. Saylov natijalariga ko‘ra, eng ko‘p ovoz to‘plagan Xaydarov Maxamadjon Begaliyevich “Oybek” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga saylandi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍6