Nurafshon shahri hokimligi
2.26K subscribers
37.6K photos
3.44K videos
49 files
11K links
Download Telegram
Xavfsiz mahalla – farovon hayot kafolati

Mamlakatimizda mahallalarda xavfsizlikni ta'minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Bu borada 2025-yil 3-yanvarda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli qarori – “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hujjat muhim asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov hamda shahar Ichki ishlar bo‘limi mas’ullari “Yoshlik”, “Taraqqiyot” va “Obod turmush” mahallalarida bo‘lib, mahallalarda xavfsizlikni ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik tadbirlarning natijadorligini oshirish borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
📢 E'LON
HOKIM QABULIGA MARHAMAT!


Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni tezkorlik bilan hal etish maqsadida:

🔹 2025-yil 13-iyun kuni, soat 10:00 da
🔹 Nurafshon shahri Navro'z MFY binosida
🔹 Respublika ishchi guruhi hamda Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov boshchiligida, shuningdek shahar tashkilotlari rahbarlari ishtirokida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tadi.

Muammolaringiz, taklif va murojaatlaringiz bo‘lsa, ushbu qabulga tashrif buyuring!

Sizni eshitamiz va yechim topamiz!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Bugun tug‘ilgan kun

📆Bugun 13-iyun Kadastr agentligi Toshkent viloyati Nurafshon shahar bo‘limi boshlig‘i - Ibrohimov Ilhom Ziyodullo o'g'lining tavallud topgan kuni.

💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Ibrohimov Ilhom Ziyodullo o'g'lini Nurafshon shahar hokimligi jamoasi nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.

💐Nurafshon shahrining ravnaqi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ijobiy yutuqlarni qo'lga kiritishi yo'lidagi xizmatlaringizda omad va ulkan zafarlar yor bo'lsin!

💐Ishlaringizga omad, muvaffaqiyat  va baraka berishini, yurtimiz ravnaqi yo‘lida tolmasdan ishlashingizni tilaymiz.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#diqqat
#bildirish

Nurafshon shahar elektr ta'minoti sizga shuni ma’lum qiladi.

f.Qorasuv 6kV 489 transformatorini mukammal ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Nurafshon shahrining
Obod turmush mahallasi 79,81,83,85 - ko'p qavatli uylarida hamda Ziyolilar ko'chasi aholi va ulgurji iste’molchilarida 2025-yil 13-iyun kuni soat 08:00 dan 17:00 gacha elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

Murojaat uchun telefon
☎️ Tel.:  (95) 195-14-60
☎️ Tel.:  (95) 195-14-67 (dispetcher)

Nurafshon shahar elektr ta'minoti yuzaga kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Nurafshon shahrida 1000 ta qush uyasi o‘rnatilmoqda!

5-iyun — Butunjahon atrof-muhitni himoya qilish kuni munosabati bilan shahar bo‘ylab ekologik aksiya boshlandi. Volontyorlar va ekofaollar ishtirokida qushlar uchun uyalar o‘rnatilmoqda.

Nurafshon shahrini qushlar uchun qulay maskanga aylantiramiz.🐦💚

#Nurafshon #Ekologiya #AtrofMuhit #QushlarUchunUyalar #EkoAksiya #YashilKelajak #TabiatgaMehr #5iyun #BirdhouseAction #Ekofaollar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Ko'chma savdo joylarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 257 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 51 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 7 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 21 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 3 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 7 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 24 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 12 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 19 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 39 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 69 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 15 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlik mahallasida tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

Nurafshon shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokorlari tomonidan Yoshlik mahallasi aholisi uchun navbatdagi sayyor tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tadbirda aholi salomatligini tekshirish, kasalliklarni erta aniqlash va profilaktik choralarni kuchaytirish maqsad qilingan. Ko‘rik davomida fuqarolar terapevt, kardiolog, nevropatolog, pediatr, stomatolog kabi bir qator mutaxassislar tomonidan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, qon bosimi, yurak urishi, qand va gemoglobin miqdori kabi asosiy ko‘rsatkichlar o‘lchandi.

Tadbir doirasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilib, fuqarolarga kasalliklarning oldini olish, to‘g‘ri ovqatlanish va muntazam jismoniy faollik haqida tavsiyalar berildi.

Mazkur tadbir mahalla aholisining salomatligini mustahkamlash va tibbiy xizmatlardan kengroq foydalanish imkonini yaratishga xizmat qildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram You tube Web sayt