Nurafshon shahri hokimligi
2.26K subscribers
37.8K photos
3.44K videos
49 files
11.1K links
Download Telegram
#hamkorlik
#Yuksalishharakati
#UNICEF
#UNDP

Avval xabar berganimizdek
, Nurafshon shahri BMTning qo‘shma dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda bolalar va yoshlar uchun qulay mahalliy boshqaruvni inklyuziv transformatsiyalash” loyihasida ishtirok etmoqda.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 20-iyun kuni Nurafshon shahrida mazkur dastur doirasida maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shahar hokimi Ilxom Klichxanov, “Yuksalish” umummilliy harakati Toshkent viloyati bo‘linmasi vakillari, BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi mutasaddilari, shuningdek, shahar hokimi o‘rinbosarlari, xalq deputatlari hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

👉Batafsil o'qish

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshonda nuroniylar uchun yangi maskan qurilmoqda

Nurafshon shahrida yoshi ulug‘ avlod vakillariga munosib sharoit yaratish maqsadida yangi loyiha amalga oshirilmoqda. PҚ–167-sonli qaror asosida, Toshkent viloyati hokimligi tashabbusi va shahar hokimligi ko‘magida “Nuroniylar maskani” qurilishi boshlangan.

Ushbu zamonaviy uch qavatli bino “Toshkent yo‘li” ko‘chasida qad rostlamoqda. Qurilishda zamonaviy texnologiyalar va me’morchilik yechimlaridan keng foydalanilmoqda. Bu maskan faxriylarimizning tinch va farovon hayoti uchun xizmat qiladi.

Shahar nuroniylari, jumladan, hojilar tashabbusi bilan quruvchilarga minnatdorchilik ifodasi sifatida dasturxon yozilib, osh tortildi. Tadbir iliq va samimiy muhitda o‘tdi.

Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov ham mazkur tadbirda ishtirok etib, bu kabi loyihalar faxriylarimizga bo‘lgan hurmat va g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasi ekanini ta’kidladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt