Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Fuqarolar murojaatlari tinglandi

📍 Nurafshon shahridagi "Tong" madaniyat saroyida jamoatchilik bilan ochiq va bevosita muloqot qilish, fuqarolarning muammolari va takliflarini eshitish maqsadida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Tadbirda shahar hokimi I.Klichxanov, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari N.Normirzayeva, O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruh a’zolari, shahar IIB boshlig‘i A.Yuldashev, shahar prokurori o‘rinbosari hamda boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

👥 Qabul jarayonida shahar hokimining o‘rinbosarlari, shahar korxona va tashkilotlari rahbarlari, mahalla yettiligi vakillari ham fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishda faol ishtirok etdilar.

📌 Qabul davomida fuqarolarning muammolari birma-bir tinglanib, ularni joyida hal etish, huquqiy tushuntirish berish, zarur hollarda esa tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish choralari ko‘rildi.

🔹 Ochiq qabullar muammolarni hal qilish va fuqarolarning ishonchini oshirishga xizmat qilmoqda.
👍32
“Dolzarb 90 kun” doirasida bolalar uchun mazmunli yozgi ta’til tashkil etilmoqda

📍 Nurafshon shahrida o‘quvchilarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida shahardagi barcha umumta’lim maktablarida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida qator madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil etilmoqda.

🔹 Ushbu tashabbus orqali yosh avlodning bo‘sh vaqtini foydali o‘tkazish, iqtidor va qiziqishlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📚 Jumladan, “Barkamol avlod” bolalar maktabida ham bolajonlar uchun turli yo‘nalishlarda to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, rassomchilik, xorijiy tillar, axborot texnologiyalari, robototexnika, mental arifmetika, raqs, tikuvchilik, uy hamshiraligi hamda pazandalik yo‘nalishlarida mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

👦👧 To‘garaklarda qatnashayotgan o‘quvchilar yangi bilim va ko‘nikmalarni egallamoqda, do‘stlari bilan birga vaqtni mazmunli o‘tkazmoqda.

🔸 Tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini foydali o‘tkazish va tarbiyasiga xizmat qilmoqda.
👍1
🇬🇧 Islom merosining bebaho xazinasi namunalari O‘zbekistonga tarixiy qaytishi arafasida Londonda namoyish etildi

Londonda muhim madaniy voqea bo‘lib o‘tdi: Buyuk Britaniyada ilk bor O‘zbekiston tarixi bilan bog‘liq, Islom sivilizatsiyasining oltin davrlariga oid noyob Qur’on qo‘lyozmalari va tarixiy artefaktlardan iborat kolleksiya namoyish etildi. Ushbu muqaddas yodgorliklar yillar davomida xususiy kolleksiyalar va muzeylarda saqlangan, endilikda ular o‘z diyori – O‘zbekistonga qaytmoqda.

Ushbu ko‘rgazmalar nafaqat muhim madaniy voqea, balki tarixiy adolatning tiklanishi ifodasi bo‘ldi. Namoyish etilgan eksponatlar O‘zbekistonning islom olami intellektual markazi sifatidagi o‘rni va bugungi Yangi O‘zbekistonning madaniy-tarixiy merosni asrash, o‘rganish va targ‘ib qilish yo‘lidagi navbatdagi yutuqlarini amalda isbot etdi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ “Haj” va “Umra” tadbirlarini noqonuniy tarzda tashkil etayotganlarga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rilmoqda

📼 Batafsil videorolikda

🌙 Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati:
https://t.me/DinQumita/6472

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1👍1
Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan “Dolzarb 90 kun” doirasida yoshlar uchun harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tadbir o‘tkazildi

📍 “Dolzarb 90 kun” doirasida Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Nurafshon shahridagi 57-sonli maktab o‘quvchilari uchun keng qamrovli ko‘rgazmali tadbir tashkil etildi.

🔹 Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlarga kamondan otish, harbiy qurol-aslaha va tog‘ tayyorgarligi jihozlari, shuningdek, futbol, turnikda tortilish kabi faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

🐎 Bundan tashqari, Milliy gvardiya Toshkent viloyati chavandozlar maktabi tomonidan ot sportiga qiziqishi yuqori bo‘lgan yoshlar uchun otlarda sayr tashkil etildi.

🎯 Mazkur tadbir yoshlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, harbiy-vatanparvarlik ruhini shakllantirish va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram You tube Web sayt
👍21