Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
43K photos
3.9K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Nurafshonda navbatdagi sayyor qabul: fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot

Aholi muammolarini joyida hal etish, fuqarolar bilan ochiq muloqot olib borish maqsadida tashkil etilayotgan sayyor qabullar Nurafshon shahrida izchil davom etmoqda.

Bugun navbatdagi sayyor qabul Respublika ishchi guruhi va Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov boshchiligida “Oppoq” mahallasida bo‘lib o‘tdi. Qabul Viloyat Barkamol avlod bolalar maktabi binosida tashkil etilib, unda mahalla aholisi o‘zlarini qiynayotgan masalalar bilan mutasaddilarga bevosita murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Mazkur ochiq muloqotda Prezident Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruh a’zolari, shuningdek IIB boshlig‘i A.Yuldashev, shahar prokurori o‘rinbosari A.Olimov, kadastr, sog‘liqni saqlash, bandlik, tadbirkorlik, yo‘l infratuzilmasi va boshqa sohalar rahbarlari ishtirok etdilar.

Sayyor qabul davomida fuqarolarning quyidagi yo‘nalishlardagi dolzarb muammolari ko‘rib chiqildi:
🔹 elektr energiyasi ta’minoti,
🔹 yer hujjatlarini rasmiylashtirish,
🔹 tibbiy xizmatlardan foydalanish,
🔹 ishsizlik va bandlik,
🔹 tadbirkorlikni boshlash,
🔹 subsidiya ajratilishi,
🔹 ichki yo‘llarni ta’mirlash,
🔹 mahalladagi xavfsizlikni ta’minlash.

Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi va ayrim murojaatlar joyida hal etildi.

Sayyor qabullar orqali fuqarolar muammolarini hal etish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish hamda aholi ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1👍1
Nurafshon shahri hokimligi
#Sorovnoma NURAFSHON SHAHRIDAGI ENG FAOL YOSHLAR YETAKCHISIGA OVOZ BERING! “Deputat tashabbusi” loyihasi doirasida xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashi hamda Nurafshon shahri hokimligi axborot xizmati hamkorligida o‘tkazilayotgan eng faol yoshlar yetakchisiga…
So‘rovnoma yakunlandi! 🎉

“Deputat tashabbusi” loyihasi doirasida Nurafshon shahri Kengashi va Nurafshon shahri hokimligi axborot xizmati hamkorligida o‘tkazilgan "Eng faol yoshlar yetakchisi" so‘rovnomasi 2025-yil 26-iyul kuni yakuniga yetdi.

🏆 G‘olib — Oybek MFY yoshlar yetakchisi Ixtiyor Maxmudov!

Ushbu so‘rovnomada Ixtiyor Maxmudov 247 ta ovoz bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi!

Faollik, tashabbuskorlik va yoshlarga mehr bilan yondashgan yetakchimizni chin qalbdan tabriklaymiz! 🎊

Barcha ishtirokchilarga va ovoz bergan fuqarolarimizga chuqur minnatdorchilik bildiramiz!
👍114👏4🔥3
Bugun tug‘ilgan kun

📆Bugun 26-iyul Nurafshon shahri Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarshi inspeksyasi boshlig'i - Kushbayev Elyor Baxtiyorovichning tavallud topgan kuni.

💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Kushbayev Elyor Baxtiyorovichni Nurafshon shahri hokimligi jamoasi nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.

💐Nurafshon shahrining ravnaqi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ijobiy yutuqlarni qo'lga kiritishi yo'lidagi xizmatlaringizda omad va ulkan zafarlar yor bo'lsin!

💐Ishlaringizga omad, muvaffaqiyat  va baraka berishini, yurtimiz ravnaqi yo‘lida tolmasdan ishlashingizni tilaymiz.

Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍4👏2👎1
#diqqat
#bildirish

Nurafshon shahar elektr ta’minoti sizga shuni ma’lum qiladi:

2025 yil 27 iyul kuni soat 07:00 dan 12:00 gacha f.Qorasuv XL-6 kV elektr tarmog‘ida rejali ta'mirlash va profilaktika ishlari olib boriladi.

Ushbu ishlar doirasida:

🔧 Yaroqsiz holga kelgan simlar yangisiga almashtiriladi
❄️ Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi

Shu munosabat bilan elektr ta'minoti quyidagi hududlarda vaqtincha bo‘lmaydi:

📍 Nurafshon shahri:

Oybek MFY
Obod turmush MFY
Muqimiy MFY
Navruz MFY
Toy tepa MFY
Dehqonobod MFY
Qumariq MFY
Evalak MFY

📍 O‘rtachirchiq tumani:

Qorasuv MFY (Temirchi va Ulug‘vor ko‘chalari)
G‘alabotir MFY
Tinchlik MFY


📞 Murojaat uchun telefonlar:
☎️ (95) 195-14-60
☎️ (95) 195-14-67 (dispetcher)

Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Elektr ta'minoti barqarorligi va xavfsizligi uchun ushbu ishlar zarur hisoblanadi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
3
Nurafshon shahri hokimligi
#diqqat #bildirish Nurafshon shahar elektr ta’minoti sizga shuni ma’lum qiladi: 2025 yil 27 iyul kuni soat 07:00 dan 12:00 gacha f.Qorasuv XL-6 kV elektr tarmog‘ida rejali ta'mirlash va profilaktika ishlari olib boriladi. Ushbu ishlar doirasida: 🔧 Yaroqsiz…
Hurmatli fuqarolar!

"Nurafshon Shahar Elektr Ta'minoti" korxonasi avval e'lon qilingan 2025 yil 27 iyul kuni soat 07:00 dan 12:00 gacha elektr ta'minoti vaqtincha to‘xtatilishi haqidagi xabarni bekor qiladi.

Texnik sabablarga ko‘ra, rejali ta’mirlash va profilaktika ishlari boshqa muddatga ko‘chirildi.

🔌 Shu sababli belgilangan vaqtda elektr energiyasi o‘chirilmaydi, barcha hududlarda ta'minot doimiy davom ettiriladi.

Keltirilgan noqulayliklar va tushunmovchiliklar uchun uzr so‘raymiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍 Nurafshonda navbatdagi sayyor qabul

Fuqarolar bilan ochiq va yuzma-yuz muloqot davom etmoqda.

🔸 Oppoq mahallasida o‘tkazilgan qabulda elektr ta’minoti, yer hujjatlari, sog‘liqni saqlash, ishsizlik, yo‘l infratuzilmasi kabi muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Ko‘plab muammolar joyida hal etildi, tegishli rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.

👥 Sayyor qabullar — xalq dardini tinglash va amaliy yordam ko‘rsatish yo‘lidagi muhim qadam!

#Nurafshon #SayyorQabul #XalqBilanMuloqot #OppoqMahallasi #HokimQabuli

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍4
#Hokimlik_hujjatlari

Toshkent viloyati hokimi mablag' va yer ajratish bilan bog'liq bir nechta qaror va farmoyishlarni imzoladi.


Jumladan,

Bekobod shahar hududidan street-workout hamda universal sport maydonchasi qurilishi uchun 489,15 kv metr yer maydoni ajratildi;

“Nurafshon biznes city” hududida test sinovlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan namunaviy tipdagi pavilion binosining shamollatish (ventilyatsiya, chiller) tizimini o‘rnatish xarajatlari uchun 2 milliard 800 million so'm miqdorda mablag' ajratildi;

Chirchiq shahridagi 3-sonli va Parkent tumanidagi 34-sonli bolalar musiqa va san’at maktablarini moddiy texnik bazasini mustahkamlash va musiqa anjomlari bilan ta’minlash xarajatlari uchun 776 million so'mdan ziyod mablag' ajratildi;

Ohangaron tumani “Telov” MFY hududidan universal sport maydonchalari qurilishi uchun doimiy foydalanish huquqi asosida 0,05 gektar yer maydoni ajratilishi belgilandi;

Parkent tumani, “Kumushkon” MFY hududida joylashgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan davlat zaxirasidagi 0,12 gektar yer maydoni yong‘in qutqaruv qismi ma’muriy bino-inshootlari qurilishi uchun viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi;

Toshkent shahrida o‘tkazilgan (“CAEx Uzbekistan”) “INNOPROM. Markaziy Osiyo” 5-xalqaro sanoat koʻrgazmasi doirasida Toshkent viloyatiga biriktirilgan Moskva viloyati hamda Boshqirdiston Respublikasi delegatsiya a’zolarini munosib kutib olish, tushlik va kechki ovqat xarajatlari uchun 125 million so‘m mablag‘ ajratildi;

Bo‘stonliq tumanidagi 21-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotini joriy ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatda yakunlab, foydalanishga topshirish xarajatlari uchun 1 milliard 161 million 800 ming so‘m miqdorda mablag‘ ajratildi;

Bo‘stonliq tumani, “Xo‘jakent” MFY hududidan 0,28 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan davlat zaxirasidagi yer maydoni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasiga ichimlik suvi inshooti qurilishi uchun doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1