14 nafar bolaga xatna to‘yi tashkil etildi
Nurafshon shahrida ezgu an’analarimizdan biri bo‘lgan xatna to‘yi tadbiri o‘tkazildi. Ushbu xayrli ish doirasida shaharda istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarning 14 nafar farzandi uchun tantanali marosim tashkil etildi.
Bolajonlar zarchopon va do‘ppilar kiyib, quvonch ila “O‘zbegim” tantanagohiga olib borildi. Marosimda Nurafshon shahri hokimi o‘rinbosarlari Sh. Inomxonov, N. Djumanova hamda shahardagi Ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari Q. Shodmonovlar so‘zga chiqib, ota-onalar va farzandlarni ushbu quvonchli sana bilan tabrikladilar.
Shodiyona davomida 13 nafar bolajonga velosiped, imkoniyati cheklangan 1 nafar bolajonga esa planshet sovg‘a qilindi. To‘kin dasturxon atrofida yig‘ilgan mehmonlarga shahar Madaniyat bo‘limi xonandalari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar bayramona ruh bag‘ishladi.
Tadbir oilalarni qo‘llab-quvvatlash va qadriyatlarni asrashga xizmat qildi.

👍4❤2👏2
14 nafar bolaga xatna to‘yi
Nurafshon shahrida Mustaqillik bayrami arafasida kam ta’minlangan oilalarning 14 nafar farzandi uchun xatna to‘yi o‘tkazildi.
13 nafar bolajonga velosiped, imkoniyati cheklangan 1 nafar bolajonga esa planshet sovg‘a qilindi. Tadbir davomida kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, bolajonlarga unutilmas shodiyona ulashildi.
#Nurafshon #Mustaqillik34 #XatnaTo‘yi #EzguAmal #BolajonlarQuvonchi #YangiO‘zbekiston
Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt

👍9❤6👌2
“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”
🇺🇿Nurafshon shahri hokimligi Sizlarni O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligining 34 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!
🔹Sizlarga va oilalaringizga sihat-salomatlik, tinchlik-osoyishtalik, baxt va baraka tilaymiz.
🔸Go‘zal yurtimizda tinchlik va osoyishtalik bardavom bo‘lsin!
🔹Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch, el-yurtimiz omon bo‘lsin!

❤1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз тўрт йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи
—
Выступление Президента Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 34-й годовщине государственной независимости Республики Узбекистан
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Qutlov #Сongratulations #Праздничное_поздравление
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligiga bagʻishlab, Nurafshonda oʻtkazilgan tantanali marosimdagi nutqi
_
The speech of Zoyir Mirzaev, the Governor of Tashkent Region, at the ceremonial event held in Nurafshon, dedicated to the 34rd anniversary of the independence of the Republic of Uzbekistan
__
Речь хокима Ташкентской области Зойира Мирзаева на торжественной церемонии, посвящённой 34-годовщине государственной независимости Республики Узбекистан
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter

Nurafshon shahri hokimining Mustaqillik bayrami tabrigi
Muhtaram yurtdoshlar, aziz nurafshonliklar!
Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman! Mustaqillik bizga milliy qadriyatlarimizni tiklash, farovon hayotimizni qurish, yurtimizni dunyoga tanitish imkoniyatini berdi.
Muhtaram Prezidentimizning odilona siyosatlari, keng ko‘lamli islohotlari tufayli mamlakatimiz barcha sohalarda yuksalib bormoqda. Bugun “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasi hayotimizning barcha jabhasida o‘z ifodasini topmoqda.
Nurafshon shahri ham yurtimiz taraqqiyotidan munosib o‘rin egallab, yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda. Viloyat markazi maqomini olgandan buyon shahrimizda baland binolar qad ko‘tardi, yangi korxonalar va tashkilotlar ishga tushdi, zamonaviy infratuzilmalar rivojlanmoqda.
Mustaqillik bayrami arafasida shahrimizda qator xayrli ishlarga qo‘l urildi. Jumladan, “Ma’rifat”, “Oybek”, “To‘ytepa”, “Nurafshon” va “Taraqqiyot” mahalla fuqarolar yig‘ini binolari hashar yo‘li bilan qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi. Shuningdek, “Nuroniylar maskani”, ko‘p qavatli maishiy va savdo xizmati obyektlari ham aholiga taqdim etildi.
Shahrimiz hayotida tarixiy voqea sifatida ilk bor zamonaviy jamoat transporti yo‘lga qo‘yildi. Prezidentimizning 2024-yil 5-noyabrdagi qarori ijrosi doirasida “Nurofshon jamoat transporti” MCHJ tashkil etilib, Xitoyda ishlab chiqarilgan 8 dona “YUTONG” avtobuslari yo‘nalishlarga chiqarildi.
Bundan tashqari, Nurafshon Business City hududida Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va Respublika Tez tibbiy yordam markazining Toshkent viloyati filiali yangi binolari foydalanishga topshirildi. “Yangi O‘zbekiston” massivida esa 3 ta zamonaviy ko‘p qavatli uy qurilib, 219 ta xonadon egalari o‘z uyiga ega bo‘ldi. 19-sonli umumta’lim maktabida 270 o‘rinli qo‘shimcha bino barpo etilib, inkluziv ta’lim uchun sharoit yaratildi.
Hurmatli yurtdoshlar!
Barcha bunyodkorlik ishlari va amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli loyihalar siz, aziz xalqimiz uchun, sizning farovon hayotingiz uchun xizmat qiladi. Bu yutuqlar bizni yangi marralarga chorlaydi, kelajakka ishonchimizni mustahkamlaydi.
Yana bir bor sizlarni Mustaqilligimizning 34 yilligi bilan muborakbod etaman. Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlaringizda ulkan zafarlar tilayman.
Bayramingiz muborak, aziz yurtdoshlar!
Hurmat bilan,
Nurafshon shahri hokimi
Klichxanov Ilhom Mahmudjonovich

❤2
#Bildirish
#Diqqat
Nurafshonda qatnov harakati vaqtincha cheklanadi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan 2025-yil 1-sentabr kuni soat 18:00 da Nurafshon shahridagi “Business city” hududida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida Otlar paradi bo‘lib o‘tadi.
⛔️ Mazkur tadbir munosabati bilan 2025-yil 1-sentabr kuni soat 18:00 dan 20:00 gacha Nurafshon shahri “Business city” hududidagi Yangiobod ko‘chasi G 62 avtomobil yo‘lida avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.
Fuqarolardan mazkur yo‘nalishda oldindan harakatlanish yo‘llarini rejalashtirishlari hamda tartibga rioya etishlari so‘raladi.