Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.6K photos
4.02K videos
60 files
12.4K links
Download Telegram
#biznes_forum

Oʻzbekiston-Polsha hamkorligi Toshkent viloyati va Mazoviya voevodaligi oʻrtasidagi biznes aloqalar orqali yanada mustahkamlanadi


Shu kunlarda Polsha Respublikasining Mazoviya voevodaligi rasmiy delegasiyasi amaliy tashrif bilan mamlakatmizda boʻlib turibdi.
Bugun “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga yondosh mehmonxonalar majmuasi hududidagi “Kongress hall”da Toshkent viloyati va Polsha Respublikasining Mazoviya voevodaligi oʻrtasida “Biznes Forum” boʻlib oʻtdi.

Forum doirasida dastlab Toshkent viloyati rahbariyati hamda Mazoviya voevodaligi rasmiy delegasiyasining tor doiradagi uchrashuvi o‘tkazildi.
Biznes forumda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaev, Polsha Respublikasining Mazoviya voevodaligi marshali Adam Struzik boshchiligida 20 nafardan ortiq xorijiy mehmonlar, shuningdek, viloyatimiz biznes doirasi vakillari, mas'ul mutasaddilar ishtirok etishdi.
Ta'kidlanganidek, keyingi yillarda Oʻzbekiston va Polsha Respublikasining koʻp qirrali hamkorlik aloqalari yaqin strategik sherikchilik asosida rivojlanib bormoqda.
Bizning asosiy maqsadimiz — Oʻzbekistonni xorijiy investorlar uchun ishonchli va uzoq muddatli hamkorga aylantirishdir. Har bir tashabbus, har bir loyihangiz boʻyicha viloyatimiz tegishli mutasaddilari sizlarga yelkadosh boʻlib, yoningizda turib, ularni toʻliq amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Kiritilgan har bir taklif, aytilgan har bir loyiha boʻyicha alohida “yoʻl xaritasi” qabul qilishga va ularni shaxsan oʻzim qat'iy nazoratimga olishga tayyorman, deb qayd etdi Forum avvalida viloyat hokimi Zoyir Mirzaev.

Ta'kidlash joizki, Oʻzbek-Polsha biznes-forumi va sermahsul muzokaralar ikki mamlakat oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqadi.
Forumda ikki hudud oʻrtasida Doʻstlik bitimi imzolanib, B2B va B2G formatida muzokaralar oʻtkazildi.

Forum doirasida mehmonlar viloyatning sanoat salohiyati va biznes imkoniyatlari bilan bevosita joylarga chiqib tanishish imknoniga ham ega boʻlmoqdalar.


👈👈👈👈➡️➡️➡️➡️

#бизнес_форум

Узбекистан и Польша укрепляют сотрудничество через деловые связи Ташкентской области и Мазовецкого воеводства

В конгресс-холле гостиничного комплекса рядом с парком «Новый Узбекистан» прошёл бизнес-форум с участием делегаций Ташкентской области и Мазовецкого воеводства Республики Польша.

В мероприятии приняли участие хоким Ташкентской области Зойир Мирзаев и маршал Мазовецкого воеводства Адам Струзик, возглавивший польскую делегацию.

В ходе форума стороны подписали Соглашение о дружбе между регионами, а также провели переговоры в форматах B2B (бизнес с бизнесом) и B2G (бизнес с государством), направленные на расширение делового сотрудничества.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE

Xabar berib borayotganimizdek, kun davomida "Toshkent viloyati — biznes uchun cheksiz imkoniyatlar hududi" forumining ikkinchi amaliy bosqichi davom etmoqda.

Unda Toshkent shahrining barcha tumanlaridan kelgan ishbilarmon doira vakillari uchun Biznes-tur tashkil etilib, hududlarning salohiyat va imkoniyatlari bilan bevosita joyiga chiqib tanishilmoqda.


Bu haqda "O‘zbekiston 24" telekanali muxbirlarining navbatdagi jonli efiri Bo‘stonliq tumanidan uzatildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

😄Toshkent viloyati va Polsha Respublikasining Mazoviya voyevodaligi oʻrtasida Biznes Forum / no komment

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Biznes_tur

Nurafshonda biznes-tur tashkil etildi

Toshkent viloyati tuman va shaharlarini Toshkent shahri tumanlari bilan hamkorlikda rivojlantirish, ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohasidagi imkoniyatlarni mustahkamlash maqsadida Nurafshon shahrida biznes-tur tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Toshkent shahrining Olmazor tumani hokimligi hamda tumandagi ishbilarmon doira vakillari ishtirok etib, Nurafshon shahrida yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Dastlab, mehmonlar “Nurafshon Business City” hududida shahar hokimi I. Klichxanov boshchiligida kutib olindi. Uchrashuv davomida hokim Nurafshonda tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish uchun mavjud imkoniyatlar, zahiralar hamda shahar infratuzilmasida olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng ishbilarmonlar shaharda faoliyat boshlagan xitoylik investorlar tomonidan tashkil etilgan “Dashun Group” korxonasi faoliyati bilan tanishtirildi. Korxona hududida tadbirkorlar uchun ishlab chiqarish sexlari, shou-rum xonalari hamda turli yo‘nalishdagi maydonlarni ijaraga berish imkoniyatlari yaratilgani ta’kidlandi.

Biznes-tur doirasidagi uchrashuv va muloqotlar tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish va hudud iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
6👍6👏2
#diqqat
#bildirish

⚡️ Elektr energiyasida vaqtinchalik uzilish

Nurafshon ShET va O’rta Chirchiq TET shuni ma’lum qiladi:

F. Qorasuv 6 kV tarmog‘ida simlarni tortish va daraxt shoxlarini kesish ishlari olib borilishi sababli:
📍 Nurafshon shahri:
• Navro’z mahallasi
• Obod turmush mahallasi
• Dehqonobod mahallasi
• Evalak mahallasi
• Qumariq mahallasi
• Muqumiy mahallasi
• Oybek mahallasi (M. Ulug‘bek ko‘chasi)
📍 O’rta Chirchiq tumani:
• Temirchi mahallasi
• Qorasuv mahallasi
• G‘alabotir mahallasi
hududlarida 2025-yil 27-sentabr kuni soat 14:00 dan 17:00 gacha elektr energiyasida uzilish bo‘ladi.

⚠️ Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

https://t.me/Nurafshonpressa
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
⚠️ Rasmiy xabar

2025-yil 24-sentabr kuni Toshkent viloyatidagi ayrim maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida zaharlanish holati qayd etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur muassasalar oziq-ovqat mahsulotlari bilan "GOVERNESS BUSINESS", “KINDER GARDEN GROUP” MCHJlari, shuningdek, sut mahsulotlari bilan “SHARK MILK PRODUCT” MCHJsi tomonidan ta’minlab kelingan.

Ushbu tashkilotlar Toshkent, O‘rta Chirchiq, Qibray, Yangiyo‘l, Bo‘stonliq, Zangiota tumanlari hamda Chirchiq, Nurafshon va Yangiyo‘l shaharlaridagi maktabgacha ta’lim muassasalariga autsorsing xizmatini ko‘rsatib kelayotgani aniqlandi.

2025-yil 25-sentabr kuni Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan 5 ta MCHJ mas’ul shaxslariga nisbatan sanitariya qoidalarini buzish holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 257¹-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga kirishildi.

Shuningdek, mazkur korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yuzasidan hujjatli taftish tayinlandi.
Jinoyat ishi doirasida:
"GOVERNESS BUSINESS" MCHJ rahbari;
“KINDER GARDEN GROUP” MCHJ direktori;
“Innovation Outsourcing Service” MCHJ rahbari va ta’sischisi;
“Nishon invest” MCHJ direktori;
“SHARK MILK PRODUCT” MCHJ direktori, ta’sischisi va sotuv bo‘limi menejerlari – jami 7 nafar shaxslar protsessual tartibda ushlanadi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.


https://t.me/Nurafshonpressa
5