Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.5K photos
4.01K videos
58 files
12.4K links
Download Telegram
❗️Hurmatli fuqarolar!

🟢Nurafshon shahrida kuz-qish mavsumida
aholining mavjud muammolarini oʻrganish hamda ularni oʻz vaqtida bartaraf etishga qaratilgan SHTAB faoliyati yoʻlga qoʻyilganini bildiramiz!

🔻 Agarda xonadoningiz yoki mahallangizda kommunal sohalarda muammolar yoki favqulodda avariya holatlari yuzaga kelsa, zudlik bilan shtab a’zolariga xabar berishingizni so’raymiz.

📌 Shtabning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.

📞 Murojaat uchun tezkor shtab tarkibi va telefon raqamlari:

🔹 Shtab rahbari – Nurafshon shahar hokimining qurilish, to'siqlarsiz muhit yaratish kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko’kalamzorlashtirish masalalari bo’yicha o’rinbosari
Farhod Shomurodov;
☎️ Tel.: (55) 903-21-58
📱 Tel.: (90) 022-01-03

🔸 Shtab rahbari o’rinbosari – Nurafshon shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Shoxrux Inomxonov;
📱 Tel.: (99) 849-15-14

🔹 Shtab kotibi – Nurafshon shahar hokimligi bosh mutaxasissi
Ergashev Doston
📱 Tel.: (97) 460-62-51
☎️ Tel.: (55) 903-21-58

🔥 “Nurafshonshahargaz” gaz ta’minoti bo’limi boshlig’i Laziz Karimov;
📱 Tel.: (90) 336-71-12
☎️ Tel.: (99) 004-81-04 (dispetcher)

⚡️ Nurafshon shahar Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig’i Anvar Urazaliyev;
📱 Tel.: (93) 446-10-40.
☎️ Tel.: (95) 195-14-67
(95) 195-14-60 (dispetcher)

🚰 Nurafshon shahar Suv ta’minot bo’limi boshlig’i Mirvohid Xoliqov;
📱 Tel.: (90) 112-40-60.
☎️ Tel.: (71) 76-26-371 (dispetcher)

🚒 Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi boshlig’i Xalilov Mahsud;
📱 Tel.: (90) 916-34-40.
☎️ Tel.: (70) -202-20-21:
(70) 76-26-101:
101: 1050 (dispetcher)

♻️ Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig’i Azizxodjayev Saidburxon;
📱 Tel.: (93) 444-83-81.
☎️ Tel.: (70) 76-25-359 (dispetcher)

📐 Davlat kadastr palatasi Nurafshon shahar filiali boshlig’i Shuxrat Shukurxonov;
📱 Tel.: (90) 906-91-81.

☎️ Shahar Telekommunikasiya bog’lanmasi;
📱 Tel.: (99) 007-14-94
☎️ Tel.: (70) 76-27-008:
(70) 76-27-006 (dispetcher)

🏗 Nurafshon shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo’limi Sirojiddin Yusupov;
📱 Tel.: (98) 999-95-51, (94) 424-58-51.

🛣 O'rta Chirchiq tumani Yo’llardan foydalanish unitar korxonasi rahbari Rasul To'xtasinov;
📱 Tel.: (98) 000-11-77, (90) 128-64-41.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
5
#muallim_sharafi

📚 O‘qituvchi va murabbiylar kuni tantanasi Nurafshon shahrida

Nurafshon shahrida O‘qituvchi va murabbiylar kuni tantanali ravishda nishonlandi.

Shaharning “O‘zbegim” tantanalar uyida o‘tkazilgan bayram dasturiga Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov ham tashrif buyurib, yig‘ilganlarni va ular timsolida barcha nurafshonlik ustozlarni samimiy tabrikladi.

Shahar hokimi ta’kidlaganidek, Nurafshonda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, pedagoglar mehnatini qadrlash va ularga munosib sharoit yaratish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

📌 Xususan, hokimlik tashabbusi bilan har yili an’anaviy ravishda “Ta’lim iftixori” mukofoti taqdim etilib, sohada samarali mehnat qilib kelayotgan pedagoglar rag‘batlantirilmoqda.

Tadbirda bir guruh o‘qituvchi va murabbiylarga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

https://t.me/Nurafshonpressa
👍74
#Eʼtibor
🇺🇿
Chempionga Prezident sovg‘asi — Aytjan Xolmaxanovga Nurafshon shahridan 3 xonali kvartira berildi

Avval xabar qilganimizdek, Xorvatiyaning Zagreb shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida yunon-rum kurashi bo‘yicha Toshkent viloyati farzandi, O‘rta chirchiqlik Aytjan Xalmaxanov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bunday yutuq bilan u 24 yillik tanaffusdan so‘ng bu yo‘nalishda jahon chempioni bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchi sifatida tarixga muhrlandi.
Bugun chempionga davlatimiz rahbari tomonidan “Nurafshon Sity” hududida joylashgan ko‘p qavatli uylardan 3 xonali kvartira “Prezident sovg‘asi” topshirildi.


Marosimda viloyat va Nurafshon shahri, O‘rta Chirchiq tumani faollari, nuroniylar va yoshlar, sportchining oila a’zolari va yaqinlari ishtirok etdi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev chempionga xonadon kalitlarini topshirar ekan, yosh sportchimiz o‘zining bemisl azmu shijoati bilan xalqaro maydonlarda yurtimiz sha’nini yuksak darajada himoya qilayotgani, yuksak marralar sari intilib, yoshlarimiz uchun katta ibrat va o‘rnak namunalarini ko‘rsatayotgani, o‘z navbatida, bunday muvaffaqiyatlarga erishayotgan farzandlarimiz davlatimiz tomonidan munosib rag‘batlantirilayotganini ta’kidladi.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍3👏1
#Maxsus_dayjest

1-oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbirlari keng nishonlanmoqda

Viloyatimizning tuman va shaharlarida ham bu muhim sana munosabati bilan o‘qituvchilarga bo‘lgan hurmat-ehtirom, ularning mehnatiga berilayotgan yuksak baho yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Angren shahridagi "Osiyo" to‘yxonasida “Ustozga ta’zim” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ustoz va murabbiylarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Badiiy chiqishlar va kuy-qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Zangiota tumani Madaniyat bog‘idagi Amfiteatrda o‘tkazilgan tantanali tadbirda ham fidoyi pedagoglar sharaflandi. Mazkur tadbirda ta’lim-tarbiya sohasiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh ustoz va murabbiylarga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Quyi Chirchiq tumanida “Yangi O‘zbekiston tayanchi – siz, aziz ustozlar!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbir katta tantanaga aylandi. Unda ko‘p yillik mehnati, yoshlarga bo‘lgan mehr-muhabbati bilan ajralib turgan tajribali va faol pedagoglar Faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Tadbir davomida ustozlarga bag‘ishlab she’rlar, qo‘shiqlar yangradi.

Chinoz tumanida esa bayram tadbiri o‘zgacha shukuh bilan o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimi Sherzod Salixov so‘zga chiqib, barcha ustozlarni samimiy tabrikladi, ularning zahmatli mehnatini e’tirof etdi hamda ta’lim sohasida erishilgan yutuqlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Nurafshon shahrida o‘tkazilgan tadbirda hududda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘qituvchilarning nufuzini mustahkamlash, ularga munosib ish va yashash sharoitlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan izchil ishlar haqida ma’lumotlar berildi. O‘z kasbiga sadoqat bilan yondashayotgan ilg‘or pedagoglar alohida rag‘batlantirildi.

O‘rta Chirchiq tumanidagi “Azim ota” tantanalar uyida tashkil etilgan tadbirda tumani hokimligi tashabbusi bilan har chorakda ikki yuz nafar o‘qituvchining Toshkentga sayohati va teatrga tashrifi tashkil etilayotgani qayd etildi. Tantanali tadbirda bir guruh soha xodimlariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi

Ushbu bayram tadbirlari barcha ustozlarimizga hurmat va ehtiromning yorqin ifodasi bo‘lib xizmat qilmoqda. Zero, ta’lim-tarbiya fidoyilari bo‘lgan o‘qituvchilar kelajak avlod tarbiyasida beqiyos o‘rin tutadi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3
#ehtirom

Yangi O‘zbekistonda eng muhim soha – ta’lim, eng hurmatli insonlar – o‘qituvchi va murabbiylardir

Ustozlik – jamiyatning ma’naviy poydevorini barpo etadigan oliy maqom. Millatning ertasi maktablardan, dunyoqarashi keng, bilimli, mehrli ustozlarning tarbiyasidan boshlanadi.

Millatning kelajagi, yurtimiz taraqqiyoti, yosh avlodning dunyoqarashi va ma’naviy qiyofasi avvalo, fidoyi muallimlarning zahmatkorona mehnatlariga bog‘liqdir.

Hurmatli Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Ta’lim sifatini oshirish, ustoz va murabbiylarning mehnat hamda turmush sharoitini yaxshilash – islohotlarimizning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi. Zero, Yangi O‘zbekistonda eng muhim soha – ta’lim, eng hurmatli insonlar – o‘qituvchi va murabbiylardir.”

Bu fikrlar ta’lim sohasiga berilayotgan yuksak e’tiborning, ustoz va murabbiylarga ko‘rsatilayotgan cheksiz hurmat va ishonchning yorqin ifodasidir.

👈👈👈👈➡️➡️➡️➡️

(Toshkent viloyati hokimi,  senator Zoyir Mirzayevning "Toshkent haqiqati"  gazetasining 2025 yil,  1 oktyabrdagi 74-sonida chop etilgan Ustozlik maqomi, shogirdlik ehtiromi hamda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor va uning hayotbaxsh samaralari xususidagi mulohazalari)

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM