Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.6K photos
4.02K videos
60 files
12.4K links
Download Telegram
#Bunyodkorlik

Nurafshon shahrida Hadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Toshkent viloyati bo‘limi qurilishi boshlandi
Ma’lumki,  Hadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi sud ekspertizasini tashkil etish, ekspert xulosalarini tayyorlash va surishtiruvchi organlar, boshqa idoralar uchun ilmiy-metodik xizmat ko‘rsatish, shuningdek,
sud-xatshunoslik, sud-texnikaviy, kriminalistik, biologik (odam DNKsi), materiallar, ashyolar va buyumlar ekspertizasi laboratoriyalarini tashkil qilish va ularda tadqiqot olib borish sanaladi.

Markaz bo‘limi ishga tushgach endilikda bu turdagi vazifalarning aksarini shu yerda amalga oshirish imkoni yaraladi.
0,16 gektar maydonda barpo etilayotgan ushbu maskan qurilishi boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev, soha mutaxassislari hamda nuroniylar ishtirok etdi.

An’anaga ko‘ra, ish boshida jonliq so‘yilib, oqsoqollarning duolari olindi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangilik

🇺🇿Davlat xizmatchilari uchun muhim yangilik: “MyDX: Davlat xizmatchisi” mobil ilovasi ishga tushdi

Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi tashabbusi bilan yangi innovatsion platforma — “MyDX: Davlat xizmatchisi” mobil ilovasi yaratildi. 

Mobil ilova orqali davlat xizmatchilari:
-
Shaxsiy ma’lumotlarini boshqarishi;
- Tashkiloti uchun eng zo‘r tashabbuslarni taklif qilishi;
- Shaxsiy rivojlanish rejasini tuzishi;
- Bo‘sh ish o‘rinlariga onlayn ariza berishi va karyerasida yangi cho‘qqilarni zabt etishi;
- Eng sara onlayn kurslarda o‘qib, sertifikat olishi va elektron kitoblarni mutolaa qilishi mumkin.

Ilovani yuklab olish va foydalanish mutlaqo bepul!

▫️Google Play
▫️AppStore

“MyDX: Davlat xizmatchisi” — raqamli boshqaruvning yangi qadami!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#️⃣ DIQQAT!
📢 E'LON — FUQAROLAR QABULI

Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!

Aholi bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish hamda ularni tezkorlik bilan hal etish maqsadida:

🔹 2025-yil 3-oktabr kuni, soat 10:00 da
🔹 Nurafshon shahri, Birlik mahallasi binosida
🔹 Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov boshchiligida, shahar tashkilotlari rahbarlari ishtirokida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tadi.

Agar Sizda murojaat, muammo yoki takliflar bo‘lsa — ushbu qabulda ishtirok eting.

Sizni eshitamiz — birgalikda yechim topamiz!

https://t.me/Nurafshonpressa
1
#aholi_murojaati

Birlik mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi


2025-yilning 3-oktabr kuni Nurafshon shahri Birlik mahallasida aholi murojaatlari bilan ishlash maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

Nurafshon shahri hokimligi tomonidan an’anaviy ravishda har juma kuni o‘tkazib kelinayotgan ushbu sayyor qabulda mahalla aholisining turli muammo va takliflari diqqat bilan eshitildi.

Mas’ul shaxslar har bir murojaatni chuqur o‘rganib, tegishli qonunchilik asosida aniq tushuntirishlar hamda huquqiy maslahatlar berdi. Vaqt talab qiluvchi va murakkab masalalar bo‘yicha murojaatlar esa tegishli mutasaddi idoralarga yo‘naltirildi. Mazkur murojaatlarning to‘liq va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi qat’iy nazoratga olingani ma’lum qilindi.

Ushbu sayyor qabul aholi bilan muloqotni mustahkamlash, ularning muammolarini bartaraf etishda tizimli yondashuvni ta’minlashga qaratilgan muhim tadbir bo‘ldi.

https://t.me/Nurafshonpressa
👍1
#kitob_taqdimoti
#Millat_fidoyilari

📚 Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nurafshon shahri bo‘linmasi tashabbusi bilan shahar Nuroniylar va Maʼnaviyat maskanida, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Millat fidoyilari” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda kitob-albomdan parchalar o‘qildi, unda jamlangan ruhiy-maʼnaviy xulosalar haqida fikrlar bildirildi. Ushbu asar – oddiy xotira emas, balki yoshlar qalbida vatanparvarlik, sadoqat va matonat tuyg‘ularini mustahkamlaydigan ibratli manbadir.

🇺🇿 Kitob sahifalaridagi har bir satr, har bir surat – yurt tinchligi uchun jonini fido qilgan mard o‘g‘lonlarimizning jasoratidan dalolatdir.


https://t.me/Nurafshonpressa
1
RASMIY MUNOSABAT

O’rta Chirchiq tumani va Nurafshon shahri hokimliklari muassisligidagi “Mash’al” ijtimoiy-siyosiy gazetasining 2025-yil 12-sentyabrdagi 37-sonida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi Otabek Isroilovning “Shifokorlar” ko’chasi qachon davolanadi?” sarlavhali maqolasi chop etilgan edi.

Unda Nurafshon shahri Navro‘z mahallasidagi “Shifokorlar” ko‘chasida zovur ko‘mib tashlangani, asfalt qoplamasi buzilgani, ikki tup daraxt qurib qolgani va transport vositalari harakati uchun noqulayliklar vujudga kelayotgani bayon qilingan.

Ushbu holat yuzasidan Nurafshon shahri hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi:
mazkur ko‘chada ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligining maxsus platformasida 2025-yil 16-sentyabr kuni qiymati 2 607 460 278 so’m bo’lgan tender savdolari e’lon qilingan.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, tender jarayonlari yakunlangach, g‘olib pudratchi tashkilot tomonidan ko‘zda tutilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi hamda mavjud muammolar bartaraf etiladi.

Shuningdek, amalga oshiriladigan ishlar doirasida ko‘chani ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash choralari ham nazarda tutilgan.

Hozirda mazkur masala belgilangan tartibda hokimlik tomonidan nazoratga olingan.

https://t.me/Nurafshonpressa

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
3👍3
⚡️ Keksalar haftaligi boshlandi

Nurofshon shahridagi “Nuroniylar maskani”da “Keksalar haftaligi” doirasidagi tadbirlar boshlandi.

Maʼlumki, yurtimizda 2–8 oktabr kunlari “Keksalar haftaligi” o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan Nurafshon shahrida ham nuroniylar uchun bayramona tadbir tashkil etildi.

Uchrashuvda Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov, sektor rahbarlari, nuroniylar, “Buvijonlar maktabi” faollari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Dastlab “Nuroniylar maskani”da yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirilib, jamoatchilik nazoratini taʼminlashda faxriylarning o‘rni alohida taʼkidlandi.

Shundan so‘ng mazkur maskan bunyodkorligida faol ishtirok etgan mehnat faxriysiga to‘n kiydirildi.

Tadbir yakunida dasturxonga osh tortilib, yurt ravnaqi va xalq farovonligi uchun duolar qilindi.

https://t.me/Nurafshonpressa
👍6