Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.7K photos
4.03K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
#QulayMuhit

Nurafshon shahri markazida qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda

Nurafshon shahri markaziy shifoxonasi atrofida yo‘l va infratuzilma obyektlarini ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Shahar hokimi I.Klichxanov bunyodkorlik ishlari olib borilayotgan hududda bo‘lib, jarayon bilan yaqindan tanishdi. U mutasaddilar bilan ishlarning borishini ko‘zdan kechirib, yo‘l sifati va aholiga qulaylik yaratish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.

“Aholi uchun qulay va xavfsiz yo‘l sharoitlarini yaratish — bizning ustuvor vazifamizdir. Har bir ishga mas’uliyat bilan yondashish zarur,” — deya ta’kidladi shahar
hokimi.


Qurilish va obodonlashtirish ishlari natijasida markaziy shifoxona atrofi tobora yangilanib, zamonaviy qiyofa kasb etmoqda. Ushbu o‘zgarishlar aholiga yanada qulay, xavfsiz va shinam muhit yaratishga xizmat qiladi.

https://t.me/Nurafshonpressa
👍31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#No_comment

Shahar markaziy shifoxonasi atrofida qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda

https://t.me/Nurafshonpressa
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Nurafshon shahrining Navro‘z mahallasi hududida qurilish va obodonlashtirish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Ishlar aholiga yanada qulay sharoit yaratish va hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan.

https://t.me/Nurafshonpressa
👍2
#TozalikMadaniyati

🌿 Ozoda muhit — sog‘lom hayot garovi!

Bugun ham shahrimiz ko‘chalarida obodonlashtirish va tozalik ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Mehnatkash obodonlashtirish bo'limi xodimlari erta tongdan shahrimizning har bir go‘shasini ozoda saqlash uchun sidqidildan mehnat qilmoqdalar.

🧹 To‘kilgan barglar yig‘ilib, ko‘chalarimiz tozalanmoqda.
🚛 Yig‘ilgan chiqindilar maxsus texnika yordamida olib chiqilmoqda.
🌳 Atrof-muhit tozaligini saqlash — nafaqat xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning, balki har birimizning insoniy burchimizdir!

Shahrimizning har bir ko‘chasi, har bir go‘shasi toza va go‘zal bo‘lishi uchun barchamiz birgalikda harakat qilaylik!
Ozoda muhit — madaniyatimizning yorqin ko‘zgusidir!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#FarovonHayot

💡 Ko‘chalarimiz yanada yorug‘ bo‘ladi!

Shahar obodonchiligi va elektr tarmoqlari xizmati xodimlari tomonidan ko‘chalardagi tungi yoritgichlar ta’mirlanmoqda va yangilariga almashtirilmoqda.

Mazkur ishlar aholi uchun qulay, xavfsiz va yorug‘ kechalarni ta’minlash maqsadida muntazam davom ettirilmoqda. 🌙

⚙️ Mutaxassislarimiz tomonidan elektr tarmoqlari sinchiklab tekshirib chiqilib, mavjud nosozliklar bartaraf etilmoqda.

Yorug‘ va xavfsiz ko‘chalar — tinch va farovon hayotimiz garovidir!

https://t.me/Nurafshonpressa
1