Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#jamiyat
“Kasaba uyushmalari haqidagi eng yaxshi mavzu” tanlovi g‘oliblari aniqlandi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyat kengashi, O‘zbekiston Jurnalistlar va Yozuvchilar uyushmalari viloyat bo‘limlari va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida e’lon qilingan “Kasaba uyushmalari haqidagi eng yaxshi mavzu” tanlovi yakunlandi.
Tanlovning asosiy maqsadi — kasaba uyushmalari faoliyatini keng jamoatchilikka yetkazish, xodimlar manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi ishlar samaradorligini yoritish, shuningdek, yosh va istiqbolli jurnalistlar, shoirlar hamda ijtimoiy tarmoq faollarini qo‘llab-quvvatlash va ularning ijodiy salohiyatini rag‘batlantirishdan iborat edi.
Tanlov O‘zbekiston kasaba uyushmalari tashkil topganining 120 yilligi munosabati bilan viloyatdagi ommaviy axborot vositalari va nashriyotlarda faoliyat yuritayotgan jurnalistlar, shuningdek mustaqil ijtimoiy tarmoq faollari o‘rtasida o‘tkazildi.
Kuni kecha tanlovga kelib tushgan ijodiy ishlar maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqildi va g‘oliblar aniqlandi.
Gʻoliblarni taqdirlash marosimi 11 noyabr — “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” arafasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul
🟢 Sayyor qabul — fuqarolar muammosi e’tibor markazida
Bugun Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Tadbirda "Chig‘iriq" mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan quyidagi masalalar bo‘yicha murojaatlar bildirildi:
ijtimoiy muammolar va yordam masalalari,
kredit ajratish va dehqonchilikni rivojlantirish,
bandlik hamda kommunal xizmatlar,
tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va boshqa dolzarb yo‘nalishlar.
🔹
- dedi Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov.
Qabul davomida murojaatlar diqqat bilan tinglanib, tegishli mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.
Ayrim masalalar joyida hal etildi, qolganlari esa nazoratga olindi.
✅ Fuqarolarning ijtimoiy himoyasi, hayot sifatini yaxshilash va ularning muammolarini hal etish — shahar hokimligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
https://t.me/Nurafshonpressa

“Har bir fuqaroning murojaati biz uchun muhim. Muammolarni imkon qadar tez va adolatli hal qilishga harakat qilamiz. Shahrimiz taraqqiyoti va aholi farovonligi yo‘lida birgalikda ishlaymiz”
- dedi Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov.
Qabul davomida murojaatlar diqqat bilan tinglanib, tegishli mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.
Ayrim masalalar joyida hal etildi, qolganlari esa nazoratga olindi.
✅ Fuqarolarning ijtimoiy himoyasi, hayot sifatini yaxshilash va ularning muammolarini hal etish — shahar hokimligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
https://t.me/Nurafshonpressa
👍2
#Oila_muqaddas
Nuroniyalar maskanida ajrim yoqasiga kelib qolgan yosh oilalar bilan uchrashuv o'tkazildi.
Tadbirda Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov oilaning jamiyatdagi o‘rni, uni asrash va mustahkamlash masalalariga to‘xtalib, yoshlar uchun zarur ko‘mak va maslahatlar doimiy yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi.
Uchrashuvda shahar hokimi o‘rinbosari N. Djumanova hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan oilaviy muammolarni hal qilish, farzand tarbiyasi va ajrimning oldini olish bo‘yicha tushuntirish va maslahatlar berildi.
📌 15 ta oila ishtirok etdi
🤝 8 ta oila yarashtirildi
👶 17 nafar farzand yetimlikdan asrab qolindi.
Tadbirning asosiy maqsadi — oilalarning mustahkamligini ta’minlash va ajrimlarning oldini olishdir.

❤5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#oila_muqaddas
Har bir yarashgan oila — jamiyatning yutug‘i.
Farzand baxti — eng ustuvor vazifa. 👨👩👧👦
https://t.me/Nurafshonpressa
Har bir yarashgan oila — jamiyatning yutug‘i.
Farzand baxti — eng ustuvor vazifa. 👨👩👧👦
https://t.me/Nurafshonpressa
👍4❤3
#Jamiyat_masalasi
Majburiy ijro byurosi Nurafshon shahri bo‘limining murojaati ijrosi yuzasidan shahar hokimi o‘rinbosari N.Djumanova MIB shahar bo‘limi boshlig‘i, 1-darajali yurist D.Miniyorov bilan birgalikda shahar hududidagi har bir mahallaga borib, o‘rganish ishlari olib bordi.
Tashrif davomida aliment to‘lovidan bo‘yin tovlayotgan fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlar o‘tkazildi. Ota-onalik — bu huquq emas, avvalo burch ekani ta’kidlanib, farzandlar manfaatini himoya qilish va oilaviy nizolarni bartaraf etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Jarayon yakunida aliment to‘lovidan qochayotgan shaxslarni ogohlantirish, oilalarni yarashtirish va farzandlar kelajagini himoya qilish yuzasidan aniq topshiriqlar belgilandi.
📌 “Bola dunyoga kelishni tanlamaydi — unga baxtli bolalikni taqdim etish esa bizning burchimiz.”