Nurafshon shahri hokimligi
3.19K subscribers
44K photos
4.06K videos
61 files
12.5K links
Download Telegram
#jamiyat

“Kasaba uyushmalari haqidagi eng yaxshi mavzu” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyat kengashi, O‘zbekiston Jurnalistlar va Yozuvchilar uyushmalari viloyat bo‘limlari va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida e’lon qilingan  “Kasaba uyushmalari haqidagi eng yaxshi mavzu” tanlovi yakunlandi.

Tanlovning asosiy maqsadi — kasaba uyushmalari faoliyatini keng jamoatchilikka yetkazish, xodimlar manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi ishlar samaradorligini yoritish, shuningdek, yosh va istiqbolli jurnalistlar, shoirlar hamda ijtimoiy tarmoq faollarini qo‘llab-quvvatlash va ularning ijodiy salohiyatini rag‘batlantirishdan iborat edi.

Tanlov O‘zbekiston kasaba uyushmalari tashkil topganining 120 yilligi munosabati bilan viloyatdagi ommaviy axborot vositalari va nashriyotlarda faoliyat yuritayotgan jurnalistlar, shuningdek mustaqil ijtimoiy tarmoq faollari o‘rtasida o‘tkazildi.

Kuni kecha  tanlovga kelib tushgan ijodiy ishlar maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqildi va g‘oliblar aniqlandi.

Gʻoliblarni taqdirlash marosimi 11 noyabr — “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” arafasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jamiyat_masalasi

Majburiy ijro byurosi Nurafshon shahri bo‘limining murojaati ijrosi yuzasidan shahar hokimi o‘rinbosari N.Djumanova MIB shahar bo‘limi boshlig‘i, 1-darajali yurist D.Miniyorov bilan birgalikda shahar hududidagi har bir mahallaga borib, o‘rganish ishlari olib bordi.

Tashrif davomida aliment to‘lovidan bo‘yin tovlayotgan fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlar o‘tkazildi. Ota-onalik — bu huquq emas, avvalo burch ekani ta’kidlanib, farzandlar manfaatini himoya qilish va oilaviy nizolarni bartaraf etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Jarayon yakunida aliment to‘lovidan qochayotgan shaxslarni ogohlantirish, oilalarni yarashtirish va farzandlar kelajagini himoya qilish yuzasidan aniq topshiriqlar belgilandi.

📌 “Bola dunyoga kelishni tanlamaydi — unga baxtli bolalikni taqdim etish esa bizning burchimiz.”

https://t.me/Nurafshonpressa
👍2