Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.1K photos
4.7K videos
63 files
13.8K links
Download Telegram
14 nafar bolaga xatna to‘yi

Nurafshon shahrida Mustaqillik bayrami arafasida kam ta’minlangan oilalarning 14 nafar farzandi uchun xatna to‘yi o‘tkazildi.

13 nafar bolajonga velosiped, imkoniyati cheklangan 1 nafar bolajonga esa planshet sovg‘a qilindi. Tadbir davomida kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, bolajonlarga unutilmas shodiyona ulashildi.

#Nurafshon #Mustaqillik34 #XatnaTo‘yi #EzguAmal #BolajonlarQuvonchi #YangiO‘zbekiston

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍96👌2
#Nurafshon_manzarasi

Nurafshon city — farovonlik va qulaylik manzili

Toshkent viloyatining ma’muriy markazi bo‘lgan Nurafshon shahri bugungi kunda jadal rivojlanish bosqichini boshdan kechirmoqda. Geografik jihatdan qulay joylashuvi, zamonaviy infratuzilmasi va investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar tufayli shahar urbanizatsiya jarayonlarining ilg‘or markaziga aylanib bormoqda.

Qisqa vaqt ichida Nurafshonda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Zamonaviy ko‘p qavatli turar-joylar, ravon yo‘llar, mahalla markazlari, ijtimoiy infratuzilma obyektlari hamda turli xizmat ko‘rsatish maskanlari barpo etildi.

Yangi uy-joylar yuzlab oilalarga qulay maskan yaratib, aholiga yanada zamonaviy va farovon hayot tarzini taklif etmoqda.

Nurafshon shahrida olib borilayotgan mazkur islohotlar kelgusida hududning iqtisodiy salohiyatini yanada oshirishga, zamonaviy shaharsozlik standartlarini amalga tatbiq etishga xizmat qiladi.

https://t.me/Nurafshonpressa