Nurafshon shahri hokimligi
4.68K subscribers
41.6K photos
3.73K videos
52 files
12.1K links
Download Telegram
#tuhfa
#sport

Street workout
sport maydonchasi foydalanishga topshirildi.

🏋️‍♂️Sport yoshlarni jismonan sog‘lom, yetuk va barkamol farzand bo‘lib kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababdan ham yurtimizning barcha hududlari bo‘ylab yoshlarni sportga jalb qilish borasida ko‘plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

⚽️Jumladan, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va sport bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida Nurafshon shahrining "Oppoq" MFY hududida joylashgan 10-sonli umumta’lim maktabida street workout sport maydonchasi qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
#sport
#akademik_eshkak_eshish

Nurafshonlik yosh akademik eshkak eshuvchilar.


🇺🇿Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Nurafshon shahrida ham sport va jismoniy tarbiyani rivojlantirish va ommalashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

🚣Xususan, shahrimizda yoshlar orasida sportning akademik eshkak eshish turining tobora rivojlanishi bejizga emas. Nurafshon shahar sport maktabi murabbiyi, madr o'g'lon davlat mukofoti sovrindori Alisher Turdiyev ushbu sport turini yoshlar orasida ommalashtirishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Bugungi kunda Alisher Turdiyev ustozligida 20 dan oshiq o‘g‘il-qizlar ushbu sport turining sir-sinoatlarini o‘rganishmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sport

Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi Sport maktabining sportchi-o‘quvchilarga ham Sport vazirligi tomonidan yuborilgan maxsus sport formalari topshirildi.

👉Manba

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#sport

Osiyo va jahon chempionlaridan master-klass


Nurafshon shahar hokimligi, shahar prokuraturasi,shahar IIB, shahar DSI sport maktabi bilan hamkorlikda yoshlarni sportga qiziqtirish, ommalashtirish va yanada rivojlantirish yo‘lida turli tadbirlarni tashkil etib kelmoqda.

Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi shahardagi 4-sonli umum o‘rta talim muassasada o‘tkazilgan tadbirda sportning Yunon-rum kurashi turi bo‘yicha Osiyo chempionati va xalqaro musobaqalar sovrindorlari ishtirok etishdi.

Jumladan, Jahon va Osiyo chempionlari Jasur Ortiqboyev, Alisher G‘aniyev, jahon chempionati sovrindorlari, Osiyo chempionlari Xurshid Normuhammedov hamda Sardor Xolmirzayevlar o‘z mahoratlarini namoyish etish bilan birgalikda, sportchilarning qiziqtirgan savollariga javob berishdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1👍1
#sport
#musobaqa
#Hokimkubogi

Nurafshon shahridagi «Nurafshon arena» markaziy stadionida shahardagi korxona-tashkilotlar o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha "Hokim kubogi" musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Birinchi davra o‘yinlarida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi Yoshlari ishlari agentligi jamoalari bahs olib borishib, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yirik hisobda g‘alabaga erishdi.

Milliy gvardiya hamda prokuratura xodimlari o‘rtasidagi bahslarda Milliy gvardiya xodimlarining g‘alabasi bilan yakunlandi.

Futbol bahslari davom etmoqda...

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
#sport
#tibbiyot

“Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” aksiyasi o‘tkazildi


Nurafshon sharida tibbiyot xodimlari ishtirokida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida ommaviy yurish marafoni hamda badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
#sport

Nurafshonda 5000 ming qadam sport tadbirlari tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-dekabrdagi "Yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida"gi PQ-443-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tibbiyot xodimlari va sport maktabi murabbiylari ishtirokida "Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam" yurish marafoni hamda badantarbiya mashqlari o‘tkazildi.

Manba

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#tabrik
#sport

Nurafshon o'g'loni Osiyo chempioni bo'ldi.


O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi futbol bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi


Bangladesh poytaxti Dakka shahrida o‘tkazilayotgan amputantlar futboli bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi chempion bo‘ldi. Ular finalda Indoneziya terma jamoasi ustidan 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Quvonarlisi terma jamoa safida Nurafshon o'g'loni Tursunboyev Xaydarali ham to'p suradi.

Tursunboyev Xaydarali va uning oila a'zolarini Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov hamda shahar hokimligi jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍7
#sport
#musobaqa

Nurafshon shahar Sport maktabida Olimpiya va paralimpiya sport haftaligi doirasidan sporting stol tennisi hamda para stol tennisi musobaqalari tashkil etildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
#sport

"Sport -sog‘lom hayot garovi" shiori ostida sportning voleybol turi bo‘yicha "Hokim kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-421 qarori ijrosi yuzasidan joriy yilning 20-fevral kuni soat 09-00 da Toshkent tumani Universal sport majmuasida “Sport-sog‘lom hayot garovi" shiori ostida voleybol bo‘yicha "Hokim kubogi" musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqalarda viloyatdagi 22 ta tuman shahardan kelgan xotin-qizlar faollari o‘zaro belashishadi. Ushbu musobaqalarda shahar hokimi o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Djumanova boshchiligida shahar jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2🔥1
#jarayon
#sport

Mini futbol bo‘yicha "Hokim kubogi" musobaqasi o‘tkazilmoqda.

Nurafshon shahrida mahallardagi 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha “Hokim kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa shahar hokimi tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi, Nurafshon shahar sport maktabi bilan hamkorlikda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida tashkil etilib, unda 22 ta mahallalardan futbol jamoalari ishtirok etishmoqda.

Ayni damda maydonda Qumariq MFY hamda Oybek MFY yoshlari o‘zaro belashishmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍4🔥2👏1
#sport

“Prokuror kubogi” musobaqalari bo'lib o'tmoqda.


Nurafshon shahrida yoshlarni sportga jalb qilish, mahallalardagi uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va milliy kurashning ommaviyligini oshirish maqsadida Nurafshon shahar "Prokuror kubogi" musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Nurafshon shahridagi 4-sonli umumta'lim maktabi sport zalida mahallalardagi 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida sportning milliy kurash turi bo‘yicha "Prokuror kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa shahar prokurori tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi, Nurafshon shahar sport maktabi bilan hamkorlikda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida tashkil etilib, mahallalardan yoshlar ishtirok etishmoqda.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, g‘oliblar aniqlanib, ularni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. G‘oliblarga "Prokuror kubogi"ni Nurafshon shahar prokurori To‘lqin Karimov topshirdi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1
Yoshlar o'rtasida sportning shaxmat turidan “DSI rahbari kubogi” musobaqasi o‘tkazildi

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va jismoniy tarbiya, sportga qiziqishni oshirish maqsadida 2025-yil 28-fevral kuni “Shaxmat” turi boʻyicha mahallalardagi yoshlar oʻrtasida “Nurafshon shahar DSI rahbari” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa Yoshlar markazida o‘tkazildi.

Musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, do‘stona muhitni mustahkamlashga hissa qo‘shishga xizmat qilmoqda. Tadbir shahar DSI rahbari J.Sayfiyev tashabbusi bilan Yoshlari ishlari agentligi va shahar sport maktabi hamkorligida tashkil etildi. Nurafshon shahri DSI rahbari ishtirokida musobaqada g‘olib bo‘lgan yoshlar taqdirlandi.

#Nurafshon #Shaxmat #Sport #Yoshlar #SoglomTurmush #ShaharDSI #Taqdirlash #Do‘stonaMuhit #JismoniyTarbiya #MahallaYoshlar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
🔥1
Yoshlarning bo‘sh vaqti – yetakchining ish vaqti 🏐🏓

Nurafshon shahri “Yangiobod” mahallasi hududida joylashgan 48-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining sport zalida yoshlarni ommaviy sportga jalb qilish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Ma’rifat” mahallasi yoshlari o‘rtasida voleybol hamda stol tennisi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Mazkur sport tadbiri yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

#Yoshlar #Sport #Sog‘lomTurmushTarzi #Nurafshon #Voleybol #StolTennisi #Mahalla #FaolYoshlar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
🔥2👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 “DXX KUBOGI – 2025” shahar bosqichi final bahslari

🏟 Nurafshon Arena maydonida yuqori saviyadagi o‘yinlar, kuchli raqobat va haqiqiy sport ruhi namoyon bo‘ldi.
🥇 Obod o‘g‘il bolalar jamoasi, Qumariq qizlar va Qumariq o‘g‘il bolalar jamoasi faxrli o‘rinlarni egallab, kubok hamda viloyat bosqichiga yo‘llanma bilan taqdirlandilar!

#DXXKubogi2025 #Sport #FinalBahslar #Nurafshon #YoshlarSportda

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
5👍2
#sport

Yosh sportchimiz Respublika finalida faxrli natijaga erishdi


2025-yil 25–26-iyun kunlari Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu nufuzli sport musobaqasida Nurafshon shahri “Muqumiy” mahalla fuqarolar yig‘ini vakili, shaharimiz faxri — Sultonova Nursulu Tog‘ay qizi sportning para-shashka turi bo‘yicha munosib ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Mazkur g‘alaba nafaqat Nurafshon shahri balki butun Toshkent viloyati sport faxriylar qatoriga yana bir muvaffaqiyatli nomni qo‘shdi.

Nurafshonlik yosh sportchilarning yutuqlari ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar, e’tibor va rag‘bat samarasidir.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍4
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрида қуриб битказилган Олимпия шаҳарчасига ташриф буюрди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев посетил Олимпийский городок, возведенный в городе Ташкенте.

#Mirziyoyev #tanishuv #sport #Olimpiyashaharchasi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1
#sport

Nurafshon shahrida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqalarda yuzlab o‘quvchilar ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, mahorati va iroda kuchini namoyon etdilar. Bellashuvlar yengil atletika hamda quvnoq startlar yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etildi.

Tadbirning ochilish marosimida ta’kidlanganidek, musobaqaning asosiy maqsadi yosh avlodni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni
sport orqali do‘stlik va hamjihatlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

Musobaqa davomida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘quvchilar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bunday tadbirlar kelajakda yosh sportchilarni yirik musobaqalarga tayyorlash, iqtidorli o‘g‘il-qizlarni aniqlash hamda ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.


https://t.me/Nurafshonpressa
4
#Sport

Nurafshon shahrida Ichki ishlar kubogi uchun voleybol musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi. Qizg‘in va kuchli raqobat ruhida o‘tgan bellashuvlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar tantanali tarzda taqdirlandi.

Mukofotlarni Nurafshon shahar IIB boshlig‘i А.Yuldashov topshirib, sportchilarga muvaffaqiyatlar tiladi hamda bunday musobaqalar yoshlarni intizom, iroda va jamoaviylikka chorlayotganini alohida ta’kidladi.

Nurafshonda sportga e’tibor — yoshlar kelajagiga e’tibor.

https://t.me/Nurafshonpressa