Nurafshon shahar hokimligi
1.89K subscribers
34.5K photos
3.26K videos
45 files
10.3K links
Download Telegram
Nurafshon shahrida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi

Nurafshon shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda mahalla raislari o‘z mahallasida amalga oshirgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari haqida taqdimotlar o‘tkazib, savollarga javob berishdi.

Mahalla uyushmasi shahar bo‘limi tomonidan eng yaxshi mahalla raislari taqdirlandi. Tanlov mahallalararo tajriba almashish va faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

#Nurafshon #ObodXonadon #ObodKocha #ObodMahalla #SoglomTurmush #Ko‘rikTanlov #Obodonlashtirish

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Yoshlar o'rtasida sportning shaxmat turidan “DSI rahbari kubogi” musobaqasi o‘tkazildi

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va jismoniy tarbiya, sportga qiziqishni oshirish maqsadida 2025-yil 28-fevral kuni “Shaxmat” turi boʻyicha mahallalardagi yoshlar oʻrtasida “Nurafshon shahar DSI rahbari” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa Yoshlar markazida o‘tkazildi.

Musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, do‘stona muhitni mustahkamlashga hissa qo‘shishga xizmat qilmoqda. Tadbir shahar DSI rahbari J.Sayfiyev tashabbusi bilan Yoshlari ishlari agentligi va shahar sport maktabi hamkorligida tashkil etildi. Nurafshon shahri DSI rahbari ishtirokida musobaqada g‘olib bo‘lgan yoshlar taqdirlandi.

#Nurafshon #Shaxmat #Sport #Yoshlar #SoglomTurmush #ShaharDSI #Taqdirlash #Do‘stonaMuhit #JismoniyTarbiya #MahallaYoshlar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt