Nurafshon shahri hokimligi
4.68K subscribers
41.6K photos
3.72K videos
52 files
12.1K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Nurafshon shahrida umumxalq xayriya hashari!
Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida uyushqoqlik va hamjihatlikda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. 🤝
#jarayon #hashar #Nurafshon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1
🍇 Toshkent viloyati Parkent tumanining Zarkent qishlog‘ida an’anaviy “Uzum sayli” festivali bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu bayramona tadbirda Nurafshon shahri ham o‘z pavilioni bilan faol ishtirok etmoqda.

#jarayon #UzumSayli #Nurafshon #Parkent #Festival

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
🔥1
#Nurafshon

Nurga to‘lgan Nurafshon

Nurafshon shahrining markaziy ko‘chalari Mustaqilligimizning 34 yilligini munosib nishonlash maqsadida yorqin bayram chiroqlari va rang-barang girlyandalar bilan bezatildi. Ko‘chalarda yaratilgan bayramona muhit shahar aholisiga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, yurtimiz mustaqilligining qadrini yanada chuqur his etishga xizmat qilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
8👍6🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurga to‘lgan Nurafshon!

Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan shahrimiz ko‘chalari bayram chiroqlari bilan yanada nurga burkandi.

Nurafshon kechalari esa alohida bir ruhiyat bag‘ishlab, xalqimizning quvonch va iftixorini yorqin aks ettirmoqda. 🇺🇿

#Nurafshon #Mustaqillik34

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍62🔥1
Taraqqiyot mahallasida Mustaqillik bayrami ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

Sport musobaqalari, kuy-qo‘shiqlar, samimiy suhbatlar va doshqozon osh mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashdi. 🇺🇿🎉

#Mustaqillik34 #Nurafshon #TaraqqiyotMahallasi #VatanUchun #BayramKayfiyati #YoshlarFaolligi #MahallaHayoti

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1👍1👎1
14 nafar bolaga xatna to‘yi

Nurafshon shahrida Mustaqillik bayrami arafasida kam ta’minlangan oilalarning 14 nafar farzandi uchun xatna to‘yi o‘tkazildi.

13 nafar bolajonga velosiped, imkoniyati cheklangan 1 nafar bolajonga esa planshet sovg‘a qilindi. Tadbir davomida kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, bolajonlarga unutilmas shodiyona ulashildi.

#Nurafshon #Mustaqillik34 #XatnaTo‘yi #EzguAmal #BolajonlarQuvonchi #YangiO‘zbekiston

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍96👌2
#Nurafshon_manzarasi

Nurafshon city — farovonlik va qulaylik manzili

Toshkent viloyatining ma’muriy markazi bo‘lgan Nurafshon shahri bugungi kunda jadal rivojlanish bosqichini boshdan kechirmoqda. Geografik jihatdan qulay joylashuvi, zamonaviy infratuzilmasi va investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar tufayli shahar urbanizatsiya jarayonlarining ilg‘or markaziga aylanib bormoqda.

Qisqa vaqt ichida Nurafshonda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Zamonaviy ko‘p qavatli turar-joylar, ravon yo‘llar, mahalla markazlari, ijtimoiy infratuzilma obyektlari hamda turli xizmat ko‘rsatish maskanlari barpo etildi.

Yangi uy-joylar yuzlab oilalarga qulay maskan yaratib, aholiga yanada zamonaviy va farovon hayot tarzini taklif etmoqda.

Nurafshon shahrida olib borilayotgan mazkur islohotlar kelgusida hududning iqtisodiy salohiyatini yanada oshirishga, zamonaviy shaharsozlik standartlarini amalga tatbiq etishga xizmat qiladi.

https://t.me/Nurafshonpressa
#YoshlarYetakchilari
#Nurafshon

🌿 Nurafshonda ezgu an’anaga aylangan hashar

Ro‘zmatilla Ibragimov Nurafshon shahridagi To‘ytepa mahallasiga yoshlar yetakchisi etib tayinlanganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsa-da, qisqa muddatda mahallada tub o‘zgarishlarga zamin yaratmoqda. Uning yangi tashabbuslari va faoliyati keng jamoatchilik e’tiborini qozonmoqda.

Bugun Yoshlar ishlari bo‘limi tashabbusi bilan “Adham sahoba” ziyoratgohi hududida hashar o‘tkazildi. 🌳🧹

Tadbirda Nodirbek singari fidoyi yoshlar ham faol qatnashib, birlik va hamjihatlik namunalarini ko‘rsatishdi 🤝
🗣 B. Abduqodirov, Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i:
“Hashar – bu nafaqat jismoniy mehnat, balki xalqimizning birligi, ahilligi va mehr-oqibatining yorqin ifodasi. Har birimiz mahallamiz uchun mas’ulmiz. Kelajak avlod uchun toza va obod Vatan qoldirish — barchamizning burchimizdir” deb taʻkidladi.


Hashar davomida hudud tozalandi, atrof obodonlashtirildi, muhit yanada chiroyli ko‘rinishga keltirildi.

https://t.me/Nurafshonpressa
4👍4