Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.8K photos
4.04K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
#dolzarb

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari qizg'in davom etmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahridagi mavjud 16 ta mahalla fuqarolar yig'inlarida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Bugun "Tong" madaniyat saroyida O'zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasi boshqarma boshlig'i Zoyir Yo'ldoshev, shahar hokimining birinchi o'rinbosari A. Eshbayev rahbarligida aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbirlarini tashkil qilishga doir ishlar va "yettilik" faoliyatida sifat va samaradorlikni oshirish masalasi muhokama qilindi.

Tadbirda aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari, yashash darajasi va farovonligi, qishloq xo‘jaligi holatini baholash tizimini yaratish uchun zarur ma’lumotlar bazasini shakllantirish
masalalari muhokama qilindi.


Yigʻilishda tegishli soha vakillari, “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirok etishdi.
👍3
⛔️ EHTIYOT BOʼLING – FIRIBGАRLАR

🔴 Diqqat! Hududlarda ayrim nopok shaxslar tomonidan “Pensiyangiz miqdorini oshirib beramiz” degan yolgʼon vaʼdalar bilan fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlarini olib, ulardan pul talab qilish holatlari kuzatilmoqda.

❗️ Eslatib oʼtamiz!

Pensiya miqdorini oshirish faqat Pensiya jamgʼarmasi tuman (shahar) boʼlimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Agar fuqarolarimizda qo'shimcha savol va tushunmovchiliklar paydo bo'lsa yoki pensiyani qayta hisoblash uchun tegishli asoslarga ega bo'lsa Pensiya jamgʼarmasining tuman (shahar) boʼlimlariga murojaat qilishlari mumkin.

Pensiya jamgʼarmasining hech bir xodimi fuqarolarga koʼchada pensiya miqdorini oshirib berishni taklif qilmaydi.

Begona shaxslarga pasport, plastik karta yoki JShShIR (PINFL) raqami kabi shaxsiy maʼlumotlaringizni hech qachon taqdim qilmang.

Аgar shu kabi shubhali holatlarga duch kelsangiz quyidagi raqamlarga xabar bering:

☎️ 1271 —Pensiya jamgʼarmasining ishonch telefoni
☎️ 102 — Ichki ishlar organlari.


⚠️ Oʼzingizni va yaqinlaringizni firibgarlarga aldanishdan ehtiyot qiling!

☎️ 12-71

Pensiya jamg'armasi Nurafshon shahar bo'limi ma'muriyati
1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ehtiyot_shart

Hurmatli fuqarolar
❗️

FVV OGOHLANTIRADI ❗️ IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI❗️


☄️ Isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lishi hamda insonlar is gazidan zaharlanishi mumkin.

💢Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha fuqarolardan isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilishni so‘rab qoladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
#jarayon

Avval xabar berganimizdek, republikamiz bo'ylab davom etayotgan aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik ko'rish va uni yuqori saviyada o'tkazish, mazkur yo'nalishdagi qilinishi lozim bo'lgan vazifalarni aniq belgilashga doir ishlar "mahalla yettiligi" va qator hamkor tashkilotlarning doimiy e'tibor markazida bo'lib turibdi.

Darhaqiqat, ro'yxatga olish jarayonlarida tizim samaradorligini yanada oshirish, muammolarni mahallaning o‘zida hal etish, aholi ehtiyojlarini o‘rganish barobarida ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadi ko'zda tutilgan.


Joylarda tadbirlar davom etmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍31👏1
#obodonchilik

Mahalla obodligi - yurt obodligi

Nurafshon shahridagi Birlik mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi Sharq yulduzi koʻchasida joylashgan transformator punktida profilaktik ta'mirlash ishlari bajarilmoqda. Aholini kuz-qish mavsumidan betalofat olib chiqish, elektr energiyasi tizimida uzilishlarni oldini olish hamda nosozliklarni joyida hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar soha mutaxassislari tomonidan reja asosida amalga oshirilmoqda.


Ayni paytda esa Nurafshon shahar elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari qizg'in mehnat jarayonidalar.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
🟦🟦🟦🟦🟦

Hurmatli fuqarolar, avtotransport vositalari haydovchilari!

Shu yilning 8-9 noyabr — shanba va yakshanba kunlari Toshkent viloyati bo‘ylab  “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida katta hashar tashkil etilmoqda.

Hashar kunlari hududlardagi avtomobil yo‘llari yoqalarida, xususan, M-39, A-373 kabi xalqaro ahamiyatdagi yirik avtomagistrallar bo‘ylarida keng ko‘lamda ko‘chat ekish hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 

Hashar kunlarida yo‘llarda hasharchilar harakati faollashishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan, yo‘l chetlarida avtotransport vositalarining to‘xtab turishi ta’qiqlanadi.  Harakatlanish vaqtida yo‘l harakati qoidalari, xussusan,  tezlik me’yorlariga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz.

Har birimiz fuqarolik burchimizni chuqur his qilgan holda, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yurtimiz tabiatini asrash, hududlarimizni  yanada yashil va obod qilishga hissa qo‘shaylik!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan muzokara o‘tkazdi.

В Белом доме состоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Соединенных Штатов Америки Дональдом Трампом.

#Mirziyoyev #tashrif #AQSH #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X