Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.6K photos
4.02K videos
60 files
12.4K links
Download Telegram
Yangi yil oldidan markaziy dehqon bozorida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi

Yarmarkada dehqonu bog‘bonlar tomonidan yetishtirilgan sifatli sarxil mevalar, sabzavot va poliz, shuningdek, oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xaridorlarga taqdim etilmoqda.

🔹Xususan, Nurafshon shahar markaziy dehqon bozoridagi yarmarkada ham oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining arzon narxlarda sotilishi yo‘lga qo‘yilgan.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
4👍1👎1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muhim

FVV ogohlantiradi: Is gazi hayot uchun xavfli!


Ushbu videoda Sizni va yaqinlaringizni is gazidan zaharlanishni oldini olishga yordam beradigan asosiy tavsiyalar bayon etilgan.

👉Nurafshon shahar FVB ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
#savol_javob

Ikkita korxonada ishlansa, pensiya tayinlashda qaysi korxonadan olingan ish haqlari hisobga olinadi?

Qonunchilikka muvofiq, fuqaro ikki yoki undan ortiq bo‘lgan korxona, tashkilotlarda ishlasa hamda ish joylaridan rasmiy shaklda ish haqi olsa, barcha ishlagan korxona, tashkilotlardagi ish haqlari pensiya tayinlashda inobatga olinadi. Bu borada cheklovlar yo‘q.

🗄 Ish stajlari asosiy ish joyi bo‘yicha inobatga olinadi.


Qo'shimcha savollar uchun:  📞 12-71

Nurafshon shahar Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik

Hurmatli fuqarolar
❗️

Is gazidan zaharlanish, yong‘inlar va gaz-havo aralashmasining chaqnashidan ogoh bo‘ling!

O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang.
1
"Barkamol avlod" bolalar maktabida Yangi yil bayrami ko‘tarinki ruhda nishonlandi

Nurafshon shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabida Yangi yil munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘quvchilar, ustozlar va mehmonlar ishtirok etdi.


🔹Barkamol avlod” bolalar maktabi qoshida tashkil etilgan "Boychechak” raqs jamoasi ko'pdan beri faoliyat yuritmoqda. Jamoa rahbari — tajribali ustoz Gulbahor Bektashevaning o'quvchilari bu gal ham tadbirga bayram shukuhini olib kirdi. Ular ijrosidagi sahna ko‘rinishlari, she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va raqslar barchaga quvonch ulashdi. Qorbobo va Qorqizning ishtiroki bolalarning kayfiyatini yanada ko‘tardi. Faol qatnashgan o'g'il-qizlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

🎄Bayram tadbiri unda ishtirok etganlarda iliq taassurot qoldirdi. Bir so'z bilan aytganda, barchaga yaxshi kayfiyat va kuch-g‘ayrat bag‘ishladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#no_comment

🔹NURAFSHON SHAHRI

🌲YANGI YIL SHUKUHI
👍2
#Bildirish

🛑Nurafshonda qatnov harakati vaqtincha cheklanadi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-dekabrdagi "Yangi yil bayrami munosabati bilan "Prezident archasi" tadbirini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish to'g'risida"gi 238-sonli yig'ilish bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash, aholi xavfsizligini muhofaza qilish, yo'l transport harakatini tartibga solish va turli favqulotda holatlarning oldini olish maqsadida

2025-yilning 17-dekabridan 2026-yilning 12-yanvarigacha:

🔹Nurafshon shahri markaziy chorrahasi, "Toshkent yo'li" ko'chasining "Bobur" ko'chasiga burilishdan (4R 22) "Obod turmush" mahallasi burilishigacha bo'lgan yo'lning qo'shimcha harakatlanish qismida;

🔹Nurafshon “Business city hududidagi "Yangiobod" ko'chasi, G62 avtomobil yo'lining bir tomonlama qismida avtotransport vositalari harakati vaqticha cheklanadi.

Ushbu vaqt davomida harakat ishtirokchilaridan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni so‘raymiz.

✍️Nurafshon shahar hokimligi
1
Yangi yil bayrami arafasida Nurafshon shahrida arzonlashtirilgan yarmarkalar davom etmoqda

📅 2025-yil 23-dekabr holatiga


Yangi yil bayrami arafasida Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov tomonidan tasdiqlangan reja asosida mahallalarda arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda. Ana shunday navbatdagi yarmarka “Dehqonobod” mahallasida bo‘lib o‘tdi.

Yarmarkada aholining kundalik ehtiyoji uchun muhim bo‘lgan sifatli hamda arzon mahsulotlar keng assortimentda savdoga chiqarildi. Mahalla aholisining mahsulotlarga yuqori talab bildirgani, ularning bunday yarmarkalarga ehtiyoji katta ekanini ko‘rsatadi.


Ta’kidlash lozimki, aholini qo‘llab-quvvatlash va ularni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida shunday arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari shahar bo‘ylab barcha mahallalarda muntazam o‘tkazilmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1👎1
"Navro'z" mahallasida yangi yil bayrami konserti tashkil etildi

📅 2025-yil 23-dekabr holatiga

🔹Yangi - 2026-yil kirib kelishi munosabati bilan butun Respublikamiz bo‘ylab ko‘tarinki ruhda bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.

🔹Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida 2025-yil 20-dekabrdan 30-dekabrgacha 16 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida keng ko‘lamli bayram tadbirlari va konsert dasturlari bo‘lib o‘tmoqda.

Jumladan, 23-dekabr kuni "Navro'z" mahallasida aholi uchun quvonchli va ko‘ngilochar bayram dasturi tashkil etildi. Tadbirlar jarayonida shahar Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Ishtirokchilar tomonidan namoyish qilingan sahna ko‘rinishlari va maftunkor raqslar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.


🔹Yangi yil shodiyonalari tashrif buyurganlarga unutilmas lahzalar, iliq taassurotlar bag'ishladi.
👍31