Nurafshon shahri hokimligi
3.19K subscribers
43.9K photos
4.06K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
Nurafshon shahrida raqamli xizmatlardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan o‘quv seminar tashkil etildi


Kecha Nurafshon shahrida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishni targ‘ib qilish va davlat xizmatlarining ochiqligini ta’minlash maqsadida o‘quv seminar o‘tkazildi. Tadbirda shahar Prezident maktabi vakillari ishtirok etdi.

🔹Seminarda Nurafshon shahar hokimligi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish loyihalari menejeri G. Eruvbayeva hamda Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi vakili A. Ergashov tomonidan elektron xizmatlardan samarali foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Ishtirokchilarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali imkoniyatlari, ommabop onlayn xizmatlardan foydalanish tartibi hamda OneID tizimi orqali portalga kirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.


🔹Tadbir yakunida qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar olishdi.
1🔥1👏1🤝1
#bu_muhim

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida pensiyalarni naqd shakliga o‘tkazish xizmati joriy etildi.



Havola.


Qo'shimcha savollar uchun:  📞 12-71

Nurafshon shahar Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🤝1
Nurafshon shahridagi "Hurriyat" mahallasida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi

Nurafshon shahar "Hurriyat" mahallasi raisi M.Yuldasheva va IIB XQMB katta inspektori L.Baxtiyorova hamkorligida “Spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish va giyohvandlik moddalarini iste’mol qilishga olib kelayotgan omillar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida zararli odatlarning oldini olish dolzarb masala ekani ta’kidlandi.

Spirtli ichimlik va giyohvandlikka ruju qo‘yishning asosiy sabablari — nazoratsizlik, ishsizlik, ma’naviy bo‘shliq, noto‘g‘ri muhit hamda axborot vositalarining salbiy ta’siri ekani qayd etildi.

Shuningdek, bunday illatlarning huquqbuzarlik va jinoyatchilikka sabab boʻlayotgan omillari tahlil etildi.

Targ‘ibot-profilaktika ishlari kelgusida ham belgilangan reja asosida davom ettirilishi belgilandi.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍3👏21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ORZULARINGNI YO‘Q QILMA!

📌 Giyohvandlikning ta’siri faqat sog‘liq bilan cheklanib qolmaydi. U oilalarni parokanda qiladi, farzandlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va jamiyatda axloqiy inqirozni yuzaga keltiradi. Ko‘plab jinoyatlar, zo‘ravonlik holatlari va halokatli voqealarning asosida aynan giyohvandlik yotadi.

⚪️ Eng achinarlisi shundaki, ayrim yoshlar bu illatni “zamonaviylik” yoki “erkinlik” belgisi sifatida qabul qilmoqda. Aslida esa giyohvandlik erkinlik emas, balki qaramlikdir. U insonning orzu-maqsadlarini yo‘q qiladi, kelajagini zulmatga aylantiradi.
🤝1
#sayyor_qabul

🗓22.01.2026.

🟢Xalq qabulxonasi binosida Nurafshon shahar hokimining sayyor qabuli o‘tkazildi

Aholining murojaatlarini o‘rganish va hal etish maqsadida shahar hokimi Ilxom Klichxanov tomonidan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.


Ushbu ochiq muloqotda shahar hokimi o'rinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Nurafshon shahridagi Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi A. Abdijamilov,  korxona va tashkilotlar rahbarlari  ishtirok etdi.

Qabulda ishtirok etgan fuqarolar tomonidan ishga joylashish, uy-joy, moddiy yordam olish, gaz,  qurilish hamda bandlik  kabi   masalalar boʻyicha murojaatlar bildirildi. Ayrim masalalar  joyida hal etildi. Qolganlari esa nazoratga olinib,  tegishliligi bo'yicha mas'ullarga yo'naltirildi.

Qabul davomida shahar hokimi tomonidan murojaatlar diqqat bilan tinglandi. Har bir masala  yuzasidan aniq choralar belgilandi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥1👏1🤝1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Onlayn kredit olishda firibgarlikka uchragan fuqarolardan kreditni undirish to‘xatiladi


Adliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda Kredit va to‘lov tashkilotlari, to‘lov tizimi operatorlari tomonidan jismoniy shaxslarga masofadan moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash hamda frod holatlarining oldini olish bo‘yicha minimal talablar to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3759, 21.01.2026 y.).

Unga ko‘ra, kredit tashkiloti frod holati natijasida nomiga onlayn kredit rasmiylashtirilgan fuqaroga, surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga asosan jabrlanuvchi deb e’tirof etilganda, mazkur onlayn kredit va u bilan bog‘liq foizlarni hisoblashni hamda undan undirishni to‘xtatadi.

⏭️ Kredit tashkiloti onlayn kredit ajratishda frod holatini sodir etgan shaxsdan yetkazilgan moddiy zararni regress tartibida undirishi mumkin.

📝 Kredit tashkiloti frod holatiga shubha qilganda qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.

🗒 Surishtiruv, dastlabki tergov natijalari yoki sudning qaroriga asosan frod holati yuz bermaganligi aniqlanganda kredit tashkiloti onlayn kredit va u bilan bog‘liq foizlarni hisoblashni hamda undirishni davom ettiradi.

Nizomga ko‘ra, mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi akkauntiga faqat ushbu shaxs yoki yaqin qarindoshlariga tegishli bo‘lgan bank hisobvarag‘i, bank kartasi va elektron hamyonlarni biriktirishi hamda ushbu akkaunt orqali P2P o‘tkazmalarini amalga oshirishi mumkin.

Foydalanuvchining telefon raqami va JSHSHIRi mos kelishi tekshiriladi hamda moslik aniqlanmaganda mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tkazish va bank kartasini biriktirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

🖼 Kredit va to‘lov tashkilotlari foydalanuvchilarni biometrik identifikatsiyadan o‘tkazishda hayotiylik faktorlarini aniqlashi shart, ya’ni rasm orqali identifikatsiya qilish mumkin bo‘lmaydi.

⌛️ Telefonga yuborilgan 1 martalik SMS xabar 3 marotaba noto‘g‘ri kiritilganda, foydalanuvchining mobil ilovadagi harakatlari 15 daqiqa davomida vaqtincha cheklanadi.

▶️ Mobil ilovadagi akkauntga boshqa qurilmadan kirish yoki uning parolini qayta tiklashda ushbu akkauntga bog‘langan barcha bank kartalari mobil ilovadan avtomatik tarzda chiqarib yuboriladi.

🗒 Shuningdek, ushbu qurilmada bank kartalari bo‘yicha moliyaviy operatsiyalar tarixi o‘chirib yuboriladi.

☑️ Bunda, bank kartalarini biriktirish biometrik identifikatsiyadan o‘tkazilgan holda amalga oshiriladi.
👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aholi tomonidan eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar:


— Men savolnomada oila a’zolarimni ham kiritib, onlayn ro‘yxatdan o‘tdim. Faqat menga sertifikat chiqdi. Lekin oila a’zolarimning ish joyidan ularni ro‘yxatdan o‘tganligini isbotlovchi sertifikat so‘rashmoqda. Bunda qanday yo‘l tutsa bo‘ladi?

— Agar siz onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida oila a’zolaringizni ham o‘zingiz bilan birga yagona savolnoma orqali kiritgan bo‘lsangiz, demak, ular ham ro‘yxatga olingan hisoblanadi. Bu qonun talablariga to‘liq mos.

Biroq tizim texnik jihatdan faqat bitta — asosiy respondent nomi bilan sertifikat shakllantiradi. Shu sababli oila a’zolaringiz uchun alohida sertifikat avtomatik tarzda chiqarilmaydi.

Agar sizga xonadon tarkibida kimlar ro‘yxatdan o‘tganini tasdiqlovchi ma’lumot kerak bo‘lsa, ushbu ma’lumot sertifikatning quyi qismida keltirib o‘tilgan. Ish joyingiz tomonidan onlayn ro‘yxatdan o‘tganlikni tasdiqlovchi hujjat so‘ralsa, mazkur ro‘yxatni taqdim etishingiz mumkin.
👍1🔥1
📌Men onlayn ro‘yxatdan o‘tdim, Sizchi?


Yashin Djurayev,
Respublika ishchi guruhi a'zosi


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1🔥1🤝1
Huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi


⚖️Nurafshon shahar adliya bo‘limi xodimlari va “Madad” NNT tomonidan Nurafshon shahar “Ma’rifat” MFYda “Adliya kuni” tadbiri doirasida “Huquqiy targ‘ibot” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda sayyor qabul tashkil etilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Natijada, 2 nafar fuqaroning murojaati ish yurituviga olindi, 7 nafar fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish berildi hamda 2 nafar fuqaro sayyor davlat xizmatlari bilan ta’minlandi.


Shuningdek, adliya bo‘limi xodimlari tomonidan ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-sonli Qonuni, Prezidentning 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori va boshqa yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi hamda flaerlar tarqatildi.
1👍1🔥1🤝1