Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#qishloqda_bir_kun
Qishloqda bir kun: Viloyat rahbari Payg‘ambar ota qadamjosini ziyorat qildi
Xabar qilganimizdek, viloyat rahbari Ohangaron tumanining olis Ovjazsoy qishlog‘iga yetib keldi. Hokim dastavval, hudud nuroniylari, viloyat ziyolilari va faollari bilan “Susam” mahallasi hududida joylashgan Payg‘ambar ota ziyoratgohini ziyorat qildi.
Bu ziyoratgoh asrlar davomida aholi uchun muqaddas qadamjo hisoblanadi. Ziyorat chog‘ida Qur’on tilovat qilindi, mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, islohotlarning izchil davom etishi, xalq farovonligi yo‘lida qilingan ezgu ishlarga shukronalik bildirildi.
Shuningdek, ziyoratgoh hududini obodonlashtirish, muqaddas maskanning tarixiy qiyofasini asrab-avaylash, ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari xususida fikr almashildi.
Viloyat rahbari bu kabi qadamjolar xalqimizning ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutishini ta’kidlab, ularni saqlash va yanada obod etish doimiy e’tiborda bo‘lishini qayd etdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#bilarmidingiz
Moviy tog‘lar – nega shunday ataladi?
Ohangaron tumanining bu olis hududi Qurama tog‘ tizmasi etaklariga to‘g‘ri keladi. Bu yerdagi purviqor tog‘lar tong saharda va shom payti ko‘kimtir tusga kiradi. Bu — havodagi namlik, tuman va quyosh nurlarining tosh-qoyalarga tushishi bilan bog‘liq tabiiy optik holat.
Shu sabab mahalliy aholi bu hududni azaldan “Moviy tog‘lar” deb atab kelgan. Bu yerda tog‘ o‘tlari, bodom, archa, yovvoyi mevali daraxtlar ko‘p uchraydi. Havosi toza va salqin — ayniqsa yozning jazirama kunlari ushbu maskan nihoyatda bahavo joylarga aylanadi.
Qishda esa, ko‘rib turganingizdek, tabiati go‘zal va xushmanzara.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, Ohangaron tumanidagi “Ovjazsoy” qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berilgan. Bugungi kunda bu moʻjazgina qishloqda 300 dan ziyod xo‘jalik va ikki mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.
Qishloqning yuqori qismi ekoturizm uchun juda qulay.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Ovjazsoyda sayyir qabul va yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv palatka sharoitida tashkil etilib, barcha “Ovjasoy” mahallasi fuqarolarini qamrab oldi.
Qabul jarayonida aholining turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglanib, tegishli boshqarma va tashkilot rahbarlari ishtirokida ularni shu joyning o‘zida hal etish, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar bo‘yicha esa aniq muddat va mas’ullar belgilash choralari ko‘rilmoqda.
Bu kabi uchrashuv va sayyor qabullar aholi bilan muloqotni yanada mustahkamlash, fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida va samarali hal etishga xizmat qilishi shubhasiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#qishloqda_bir_kun
Ovjaszoyda yoshlar uchun sport musoboqalari o‘tkazildi
Ovjazsoy qishlog‘ida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat va intellektual salohiyatni oshirish maqsadida ko‘chalararo “Zakovat” va “Yoshlar” uchrashuvi tadbirlari, shuningdek, turli sport musobaqalari tashkil etildi.
Tadbirlar davomida ishtirokchilar bilim, zehn va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha o‘zaro bellashib, faollik va jamoaviylikni namoyon etdilar. Bunday tadbirlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, do‘stona muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Musoboqa g‘oliblari viloyat hokimi tomonidan munosib taqdirlandi. Tadbir davomida namunali oilalarga ham esdalk sovg‘alari topshirildi.