Nurafshon shahri hokimligi
3.11K subscribers
44.4K photos
4.1K videos
61 files
12.6K links
Download Telegram
Sessiya yakunida Ilxom Maxmudjonovich Klichxanov 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalarni yakuniy ravishda ta’kidladi. U shunday dedi:

“Bizning maqsadimiz — shaharimizning barcha infratuzilmasini modernizatsiya qilish, investitsiyalarni jalb etish va yangi ish o‘rinlari yaratish orqali har bir fuqaroning farovonligini oshirishdir.”


Hokim ta’kidladi:

“Yoshlar bandligini ta’minlash, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini rivojlantirish — shahar taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlaridir. Har bir loyiha jamoatchilik ishtirokida, oshkoralik va mas’uliyat bilan amalga oshiriladi.”


Sessiya yakunida u qatnashchilarga murojaat qilib:

“Nurafshon — taraqqiyot sari intilayotgan shahar. Birgalikda harakat qilsak, albatta yuksak natijalarga erishamiz!”

Shu bilan sessiya o‘z ishini yakunladi: barcha ustuvor vazifalar aniq belgilandi, kelgusidagi ishlar tizimli va samarali bajarilishi kafolatlandi.

✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
👍2
Forwarded from E-auksion_Toshkent_viloyat (🇺🇿)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bayonnoma haqiqiy ekanligini tekshirish usulini bilib oling!

E-auksion.uz sayti bosh sahifasida joylashgan Interaktiv Xizmatlar bo‘limi orqali quyidagi xizmatlardan bepul foydalanishingiz mumkin:

🔸QR-kodlik bayonnomani tekshirish

🔸Ijara shartnomasini tekshirish

🔸ERI kalit parolini olish

🔸Loginni aniqlash

🔸Loginni o‘zgartirish


☎️: +998712022111

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#trening

📌 Nurafshon shahrida ikki kunlik muhim treninglar bo‘lib o‘tdi

2026 yil 16–17 fevral kunlari Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida mazmunli va amaliy ahamiyatga ega ikki kunlik treninglar tashkil etildi.

Unda xalq deputatlari Yuqori Chirchiq tumani va Zangiota tumani tumanlari hamda Nurafshon shahri Kengashlari huzuridagi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari, shuningdek Yoshlar maslahat guruhlari vakillari ishtirok etdi.

Treninglar Shvetsariya Taraqqiyot va hamkorlik agentligi moliyaviy ko‘magida, Yuksalish movement, UNICEF hamda United Nations Development Programme hamkorligida, BMTning “O‘zbekistonda yoshlar va bolalar uchun qulay mahalliy boshqaruvning inklyuziv transformatsiyasi” loyihasi doirasida o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarni qaror qabul qilish jarayonlariga faol jalb etish, mahalliy boshqaruvda ularning fikr va tashabbuslarini inobatga olish hamda yoshlar maslahatlari mexanizmlarini yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.


🔹 Mazkur treninglar mahalliy darajada ochiqlik, ishtirokchilik va samarali boshqaruv tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qildi.


✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
#AdliyaKuni

📌 “Adliya kuni” tadbiri o‘tkazildi

Bugun, 18-fevral Nurafshon shahrida adliya bo‘limi hamda "Madad" NNT xodimlari tomonidan “Oppoq” MFY hududida “Adliya kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi hamda sayyor qabul tashkil etilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Jumladan, 3 nafar fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 2 nafar fuqaroga esa sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ta’minlandi.

Shuningdek, Nurafshon shahri adliya bo‘limi FXDYo mudirasi M.Mayusupova tomonidan fuqarolarga oilaviy nizolar va ajrimlarning oldini olish, shuningdek, nikoh shartnomasini tuzish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, tadbir davomida adliya bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–937-sonli qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-sonli qarori, “Mulk huquqlari kafolatlari” hamda boshqa yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati keng tushuntirib berildi.


🔹 Mazkur tadbir aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.


✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
👍1
📢 E’LON

Yo‘l-transport harakatini vaqtincha tartibga solish to‘g‘risida

Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!

Muborak Ramazon oyida tarovih namozlari o‘qilishi munosabati bilan jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahrining ayrim hududlarida transport harakati vaqtincha cheklanadi.

🗓 2026-yil 19-fevraldan boshlab
🕘 Har kuni soat 19:00 dan 23:00 gacha

Quyidagi hududlarda avtotransport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi:

🔹 “Birlik” mahallasi hududidagi “Said ibn Vaqqos” jome masjidi atrofida — Birlik ko‘chasi;
🔹 “To‘ytepa” mahallasi hududidagi “To‘ytepa” jome masjidi atrofida — To‘ytepa ko‘chasidan Nurobod ko‘chasigacha bo‘lgan 1 km masofada.


Haydovchilardan muqobil yo‘nalishlardan foydalanishlari so‘raladi.

Mazkur cheklovlar fuqarolar xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlash maqsadida joriy etilmoqda.


✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
👍1