Nurafshon shahri hokimligi
3.09K subscribers
44.5K photos
4.1K videos
61 files
12.6K links
Download Telegram
#Nurafshon
#trening
#hamkorlik

Moliya vazirligi huzuridagi "XT-XARID TEXNOLOGIYALARI" MCHJ hamda Nurafshon shahar hokimligi hamkorligida seminar-trening o'tkazildi.

Unda (
https://xt-xarid.uz ) davlat xaridlarini amalga oshiruvchi platformaning qulayliklari, tezligi, ishonchli va qulayligi borasida ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, treningda shahar hududida faoliyat olib borayotgan 40 ga yaqin davlat buyutrmachilarining davlat xaridlarini amalga oshirishdagi muammolari, yangi tashkilotlar bilan ishlash strategiyalari, davlat xaridlari to'g'risidagi qator qonun va qonun osti hujjatlar bilan ishlash kabi mavzularida ham fikrlar almashildi.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook
👍21👏1
#Nurafshon
#seminar
#trening

Korrupsiyaga qarshi kurashishga barchamiz mas'ulmiz

📝 Ma'lumki, Toshkent viloyati hokimining 2022-yil 9-noyabrdagi "Viloyat hududida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada samarali tashkil etish hamda profilaktik tadbir oʻtkazish toʻgʻrisida"gi farmoyishiga asosan korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida joriy yilning 9-noyabrdan 9-dekabr kuniga qadar" "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" e'lon qilindi.

📢 Nurafshon shahar hokimining birinchi o'rinbosari Q.Alkarov tomonidan shahar hokimligida "Korrupsiyaning har qanday koʻrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish va unga qarshi kurashish hamda korrupsiya holatlarining oldini olish immunitetini shakllantirish" mavzusida seminar-
trening o‘tkazildi.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook
👍3👏1💯1
#trening
#ilk_qadamlar

Oʻrgatamiz- oʻrganamiz!!!

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi koʻrsatmasiga asosan Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining ijtimoiy xodimlari uchun uch kunlik seminar trening tashkil etildi.

💥 Trening sessiyalarining mavzulari bilim va koʻnikmalari amaliyotga hamohang holda bogʻlab oʻtilmoqda.

✍️  Ijtimoiy ish,  ijtimoiy soha,  lavozimiy yoʻriqnomalar va xodim rollari bugungi kun mavzusi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#trening

📌 Nurafshon shahrida ikki kunlik muhim treninglar bo‘lib o‘tdi

2026 yil 16–17 fevral kunlari Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida mazmunli va amaliy ahamiyatga ega ikki kunlik treninglar tashkil etildi.

Unda xalq deputatlari Yuqori Chirchiq tumani va Zangiota tumani tumanlari hamda Nurafshon shahri Kengashlari huzuridagi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari, shuningdek Yoshlar maslahat guruhlari vakillari ishtirok etdi.

Treninglar Shvetsariya Taraqqiyot va hamkorlik agentligi moliyaviy ko‘magida, Yuksalish movement, UNICEF hamda United Nations Development Programme hamkorligida, BMTning “O‘zbekistonda yoshlar va bolalar uchun qulay mahalliy boshqaruvning inklyuziv transformatsiyasi” loyihasi doirasida o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarni qaror qabul qilish jarayonlariga faol jalb etish, mahalliy boshqaruvda ularning fikr va tashabbuslarini inobatga olish hamda yoshlar maslahatlari mexanizmlarini yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.


🔹 Mazkur treninglar mahalliy darajada ochiqlik, ishtirokchilik va samarali boshqaruv tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qildi.


✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati