Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
44.5K photos
4.1K videos
61 files
12.6K links
Download Telegram
Nurafshon shahrida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish hamda ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish maqsadida navbatdagi amaliy uchrashuv va o‘rganish ishlari tashkil etildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya bosh mutaxassisi X.Rahmonov, Nurafshon shahar Inson ijtimoiy xizmatlar markazi Bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘ba mudiri A.A. Jonqobilov hamda shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy rivojlantirish sho‘basi mutaxassisi X.S. Tojiboyeva ishtirok etdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, bolalarning ijtimoiy himoyasi, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni tibbiy-ijtimoiy rivojlantirish hamda manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, faoliyat jarayonida uchrayotgan muammo va kamchiliklar, ularning sabablari hamda bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Mas’ullar tomonidan ijtimoiy himoya tizimida qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, har bir holatni individual yondashuv asosida o‘rganish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur ishlar kelgusida ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish, ehtiyojmand aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolar uchun qulay va samarali ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishga xizmat qiladi.


✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
1
#Murojaat

Nurafshon shahar prokurori To‘lqin Karimovning shahar aholisiga murojaati

Kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda eng samarali vosita — bu fuqarolarning huquqiy ongi va hushyorligidir.


Har birimiz o‘zimiz va yaqinlarimizni himoya qilish uchun mas’ul ekanimizni unutmasligimiz lozim. Shubhali holatlarga befarq bo‘lmasdan, o‘z vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish orqali jamiyat xavfsizligiga hissa qo‘shishimiz mumkin.

➡️ BATAFSIL

Телеграм | Instagram  | Youtube | Tik tok | Facebook
👍21
🔴🟦🟦

Ayni paytda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 7-chaqiriq, 29-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.


Deputatlar sessiya kun tartibiga muvofiq bir qator muhim masalalarni ko‘rib chiqib, muhokama qilmoqdalar.


Sessiyani quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.👇🏻👇🏻👇🏻


📱Facebook

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#kun_tartibi

"Har bir xonadon Ramazon oyining fayzini, shukuhini his qilishi kerak" – viloyat hokimi mas'ullar oldiga aniq vazifalar qo‘ydi  


Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Ramazon oyini milliy an’ana va qadriyatlarga mos, fayzli va tartibli ruhda o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda viloyat hokimligi mutasaddilari, tuman va shahar hokimlari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 16-fevralda qabul qilingan “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash har bir rahbar va mutasaddining ustuvor vazifasi hisoblanadi.

Shundan kelib chiqib, yig‘ilishda ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan fuqarolar holidan muntazam xabar olish, chin yetim va haqiqiy muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratish, sog‘lig‘ida jiddiy muammolari bo‘lgan bemorlarga yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini tashkil etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish, bozor va savdo majmualarida arzonlashtirilgan yarmarkalar faoliyati ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, muruvvat, saxovat va mehribonlik uylariga moddiy yordamlar ko‘rsatish, hududlarda taroveh namozlari o‘qiladigan masjidlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish, qabristonlarni obodonlashtirish va tartibga keltirish ishlarini jadallashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” degan ezgu g‘oya asosida hududlarda chinakam ehtiyojmand oilalar xonadonida kamtaringina iftorlik dasturxonlarini tashkil etish, keksalar, qarovsiz nuroniylar holidan xabar olish zarurligi ham  qayd etildi.

Viloyat hokimi mutasaddilarga har bir mahalla, har bir xonadonda Ramazon oyining fayzi va barakasi sezilishi, ehtiyojmand oilalar e’tibordan chetda qolmasligi, tartib-intizom va xavfsizlik ta’minlanishi yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.


Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazoratga olish hamda har bir hudud kesimida manzilli ishlash zarurligi ta’kidlandi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sessiya

❗️Kuni kecha Nurafshon shahrida bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining navbatdagi 17-sessiyasida shahar hokimi Ilxom Maxmudjonovich Klichxanovning 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar yakuni hamda 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar yuzasidan murojaatnomasi e’lon qilindi.

Murojaatnomada shahar infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, kelgusi ustuvor vazifalar belgilab berildi.


✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
1
Xalq salomatligi — yurt boyligi!

🩺 Nurafshon shahridagi Obod turmush mahallasi aholisiga chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Ko‘rik davomida 3–4-guruhga kiruvchi fuqarolar, dispanser nazoratida turgan bemorlar, xotin-qizlar, keksa yoshdagilar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari qamrab olindi.
Mutaxassis shifokorlar tomonidan:
👩‍⚕️ Terapevt
👂 LOR
🦷 Stomatolog
🧠 Nevropatolog
👶 Pediatr
❤️ Kardiolog
🩻 UTT va EKG
🧪 Laborator tekshiruvlar amalga oshirildi.


🏥 Natijalar:
14 nafar ambulator bemorga zarur tavsiyalar berildi
📄 4 nafar bemorga statsionar davolanish uchun yo‘llanma berildi
🏠 2 nafar yotib qolgan bemor uy sharoitida ko‘rikdan o‘tkazildi.

🩸 Shuningdek, tadbir davomida aholi o‘rtasida “Sog‘lom turmush tarzi” mavzusida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.

Salomatlik — eng katta boylik!


https://t.me/Nurafshonpressa
2👍1