Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#hamkorlik
Pokistonga amaliy tashrif: Toshkent va Panjob viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlik "birodar hududlar" maqomida rivojlanadi
Shu kunlarda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Pokiston Islom Respublikasida bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida qator muhim uchrashuv va muloqotlar, biznes anjumanlar ko‘zda tutilgan.
Delegatsiyamiz dastlab go‘zal va tarixiy Lahor shahrida Pokiston Musulmon Ligasi yetakchisi Muhammad Navoz Sharif hamda Panjob viloyati bosh vaziri Maryam Navoz Sharif bilan uchrashdi.
🌐 Batafsil
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter 🌐 Instagram
Pokistonga amaliy tashrif: Toshkent va Panjob viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlik "birodar hududlar" maqomida rivojlanadi
Shu kunlarda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Pokiston Islom Respublikasida bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida qator muhim uchrashuv va muloqotlar, biznes anjumanlar ko‘zda tutilgan.
Delegatsiyamiz dastlab go‘zal va tarixiy Lahor shahrida Pokiston Musulmon Ligasi yetakchisi Muhammad Navoz Sharif hamda Panjob viloyati bosh vaziri Maryam Navoz Sharif bilan uchrashdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👎1👌1🤝1
Navroʻz bayrami arafasida ijtimoiy obyektlar foydalanishga topshirilmoqda
🔂 Mazkur muassasa 2025 yil 2-mavsum tashabbusli byudjet dasturi doirasida 1 milliard 500 million soʻm mablagʻ yutib olib, loyiha asosida binoning ichki va tashqi qismlarini toʻliq taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Taʼmirlash jarayonida muassasaning xonalarida zamonaviy va qulay sharoitlar yaratildi, tashqi ko‘rinishi ham to‘liq yangilandi.
Qurilish-taʼmirlash ishlari “Fayz Farovon Sanoat” MChJ tomonidan sifatli va belgilangan muddatlarda bajarildi. Natijada muassasa tarbiyalanuvchilari uchun yanada qulay, zamonaviy va xavfsiz muhit yaratildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👎1
“Yoshlar kuni” da yoshlar masalalari e’tibor markazida
❗️Muloqot davomida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va tashabbuslar bevosita tinglanib, ularni qiynayotgan muammolar atroflicha o‘rganildi. Xususan, bandlikni ta’minlash, harbiy xizmatga yo‘naltirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar batafsil ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda murojaatlarning asosiy qismi joyida o'z yechimini topib, ba'zi masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga aniq vazifalar belgilab berildi.
❗️Jumladan, “Yangiobod” mahallasida yashovchi yosh A.Mahkamovaning bank qarzdorligini imtiyozli to‘lov jadvali asosida to‘lash imkoniyatini yaratish, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olishi hamda qonuniy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun ofis bilan ta’minlash masalasi shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2🤝2🔥1👏1