Nurafshon shahri hokimligi
3.06K subscribers
45.7K photos
4.25K videos
61 files
13K links
Download Telegram


"Nurafshon" mahallasi obod maskanga aylandi

🇺🇿Mamlakatimizda Davlat rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida har bir mahalla Yangi O‘zbekiston qiyofasi bilan yanada go‘zal va zamonaviy tus olmoqda.

🌀Jumladan, bugun Nurafshon shahrining “Nurafshon” mahallasi ham mutlaqo yangi qiyofa kasb etdi. Mahallada Navro‘z bayrami tantanalari doirasida “Obod mahalla, obod ko‘cha, obod xonadon” dasturi asosida bir qator ijtimoiy soha obyektlari foydalanishga topshirildi.

Tadbirda shahar hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligidagi hudud mutasaddilari, nuroniylar, deputatlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

✅️O‘zgarishlar avvalo hudud kirish qismidanoq sezildi: mahalla nomi yozilgan muhtasham arka, zamonaviy viloyat Qon quyish markazi, shahar Oilaviy poliklinikasi, xususiy tibbiyot muassasalari va maktabgacha ta'lim tashkiloti mahalla ahli uchun chinakam bayram tuhfasi bo'ldi. Shu bilan birga, “Nurafshon” MFY binosi ham yangi zamonaviy qiyofa kasb etdi. Mahalla hududida kutubxona va yangi strit-vorkaut maydonchasi ham barpo etildi.


Bayram munosabati bilan doshqozonlarda sumalak, palov va milliy taomlar tayyorlanib, dasturxon yozildi. Shuningdek, mazkur bunyodkorlik ishlariga o'z hissasini qo'shgan mahalla yettiligi xodimlari munosib taqdirlandilar.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2🔥1👏1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


“Nurafshon” mahallasida yangi tibbiyot muassasalari ish boshladi


Avvalroq xabar berilganidek, bugun Nurafshon shahrining “Nurafshon” mahallasida qator ijtimoiy soha obyektlari foydalanishga topshirildi. Jumladan, 250 qatnovga mo‘ljallangan zamonaviy, 3 qavatli oilaviy poliklinika yangidan barpo etilib, foydalanishga topshirildi.

🏷Tadbirda shahar hokimi Ilxom Klichxanov mazkur tibbiyot muassasalarining ishga tushirilishi aholini zamonaviy va sifatli birlamchi tibbiy xizmatlar bilan ta’minlash imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirishini alohida ta'kidladi.


Ushbu oilaviy poliklinika 16 ta mahallada istiqomat qiluvchi qariyb 60 mingga yaqin aholiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega.

— 1-qavatda diagnostika va qabul xonalari;
— 2-qavatda shifokorlar va hamshiralar faoliyati uchun mo‘ljallangan xonalar;
— 3-qavatda kunduzgi statsionar, fizioterapiya hamda skrining bo‘limlari tashkil etilgan.


Muassasada 273 nafar malakali tibbiyot xodimi hamda 27 ta tibbiyot brigadasi faoliyat yuritib, aholiga tezkor va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish ta’minlanmoqda.

🔸Shuningdek, mahallada “GRAND MED HOSPITAL” koʻp tarmoqli xususiy klinikasi ham ish faoliyatini boshladi. Klinikada zamonaviy tibbiy uskuna va jihozlar mavjud bo‘lib, turli yo‘nalishlarda diagnostika, davolash hamda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari amalga oshiriladi.

Klinika kuniga 200 dan ortiq bemorlarni ambulator va statsionar sharoitida davolash imkoniyatiga ega. Mutaxassis shifokorlar tomonidan bemorlarga zamonaviy va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish ta’minlangan.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3👏2🔥1🤝1


“Nurafshon” mahallasida maktabgacha ta’lim qamrovi yanada oshdi

✅️Davlat va jamiyat rivojida xususiy sektorning o‘rni muhim hisoblanadi. Nurafshon shahrida bu yo‘nalishda ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugun “Nurafshon” mahallasida 4 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga tadbirkor tomonidan barpo etilgan “Wonder Land” xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Ushbu loyiha hududda maktabgacha ta’limni rivojlantirish borasidagi muhim qadam bo‘ldi.


Muassasa 80 nafar tarbiyalanuvchini qabul qilish quvvatiga ega bo‘lib, zamonaviy talablar asosida qurilgan hamda barcha kommunikatsiya tizimlari bilan ta’minlangan.

🌀Bog‘chada bolalar uchun ochiq suv havzasi, mini futbol maydoni va zamonaviy o‘yin maydonchalari yaratilgan. Ta’lim-tarbiya jarayoni o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. Shuningdek, mental arifmetika, gimnastika, taekvondo, mini futbol va tennis kabi to‘garaklar ham yo‘lga qo‘yilgan.

Ochilish marosimida Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov ishtirok etib, ushbu xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti hududda maktabgacha ta’lim qamrovini yanada oshirishini alohida ta’kidladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🔥1👌1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bunyodkorlik

⚡️⚡️Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Nurafshon shahrida aholi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator ijtimoiy obyektlar foydalanishga topshirildi.

Marosimlarda Nurafshon shahar hokimi Ilhom Klichxanov ishtirok etdi.

@haqiqatonline_24
3👏2