“Nurafshon” mahallasida maktabgacha ta’lim qamrovi yanada oshdi
❕Jumladan, bugun “Nurafshon” mahallasida 4 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga tadbirkor tomonidan barpo etilgan “Wonder Land” xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Ushbu loyiha hududda maktabgacha ta’limni rivojlantirish borasidagi muhim qadam bo‘ldi.
Muassasa 80 nafar tarbiyalanuvchini qabul qilish quvvatiga ega bo‘lib, zamonaviy talablar asosida qurilgan hamda barcha kommunikatsiya tizimlari bilan ta’minlangan.
Ochilish marosimida Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov ishtirok etib, ushbu xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti hududda maktabgacha ta’lim qamrovini yanada oshirishini alohida ta’kidladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1🔥1👌1🤝1
Forwarded from Тошкент ҳақиқати – Haqiqat online
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bunyodkorlik
⚡️⚡️Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Nurafshon shahrida aholi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator ijtimoiy obyektlar foydalanishga topshirildi.
Marosimlarda Nurafshon shahar hokimi Ilhom Klichxanov ishtirok etdi.
@haqiqatonline_24
⚡️⚡️Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Nurafshon shahrida aholi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator ijtimoiy obyektlar foydalanishga topshirildi.
Marosimlarda Nurafshon shahar hokimi Ilhom Klichxanov ishtirok etdi.
@haqiqatonline_24
❤3👏2
Xodimlar salomatligi nazoratda
⚡ Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar doirasida bugun Nurafshon shahri hokimligida malakali tibbiyot xodimlar ishtirokida keng qamrovli tibbiy ko‘rik bo‘lib o‘tdi. Unda rahbar va barcha ishchi-xodimlar kardiolog, terapevt, nevropatolog, endokrinolog hamda stomatolog kabi tor doiradagi mutaxassislar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Nurafshon shahrida ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
Nurafshon shahar prokuraturasi binosida shahar Majburiy ijro byurosi hamda Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil qilingan mehnat yarmarkasida hududdagi ishsiz aliment to‘lovchi fuqarolar, yoshlar, ayollar, bitiruvchilar, probatsiya nazoratidagi hamda jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan fuqarolar ishtirok etdi.
✅️ Mehnat yarmarkasida 11 ta korxona va tashkilot ishtirok etib, jami 276 ta bo‘sh ish o‘rni taklif qilindi.
Yarmarkada 29 nafar ishsiz fuqaro qatnashdi. Natijada 3 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi, 4 nafar fuqaro esa kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥2🤝2