🔴 LIVE | 🟢 JARAYON
#Nurafshon_shahar
#Tayanch_(ogʻir)_mahallalardagi_ishlar
Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov og‘ir (tayanch) mahalla sifatida belgilangan “Nurafshon” mahallasida bo‘lib, hududda belgilangan vazifalarning ijrosi, amalga oshirilayotgan ishlarning borishi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish jarayonlarini o‘rgandi.
Tashrif davomida mahallani obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, aholi o‘rtasida olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, shuningdek, fuqarolarni ish bilan ta’minlash, aholini kambag‘allikdan chiqarish va daromadlarini oshirish borasida belgilangan vazifalar ijrosi alohida nazorat qilindi.
Hududda tashkil etilayotgan hasharlar va obodonlashtirish ishlari natijasida mahalla ko‘chalari, yo‘l yoqalari hamda jamoat joylari tartibga keltirilib, hududning yanada obod va ko‘rkam qiyofa kasb etishiga erishilmoqda.
Xususan, bugun hududda joylashgan shahar Tibbiyot birlashmasi xodimlari hamda faol va volontyor yoshlar ham hashar ishlarida faol ishtirok etdi.
Shahar rahbari tomonidan mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish hamda mahallada obodlik va farovonlikni ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
📍 Jarayon davom etmoqda...
✅ Telegram 🌐 Instagram 🌐 Website✅ Facebook

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
#tajriba_almashish
Tuman va shahar hokimlari Ijtimoiy himoya majmuasi faoliyati bilan tanishdi
Toshkent viloyatida ilk bor tashkil etilgan Ijtimoiy himoya majmuasi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga davlat xizmatlarini kompleks va qulay shaklda ko‘rsatishga xizmat qilmoqda.
Majmua tarkibida Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi, Hududiy ijtimoiy inspeksiya, Nurafshon shahri "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi, Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi hamda Hududiy ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyat yuritmoqda.
Bugun Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida viloyatning 22 ta tuman va shahar hokimlari mazkur majmuada yaratilgan shart-sharoitlar, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda zamonaviy ish jarayonlari bilan tanishdi.
Muloqot davomida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Miraziz Mirsultonov tomonidan joriy etilgan yangi tizimlar, yaratilgan imkoniyatlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot qilindi.
Ta’kidlanganidek, mazkur majmua aholining ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, murojaatlarni tezkor va samarali hal etish hamda ijtimoiy himoya tizimi faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter 🌐 Instagram

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Menimcha” teleloyihasining ushbu sonida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Nurafshon shahriga tashrifi tafsilotlari tahlil qilinadi.
Ko‘rsatuvni bugun, 25-iyul soat 20:10 da “O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.
Ertaga, 26-iyul soat 12:20 va 17:20 da takroran namoyish etiladi.
Facebook|Instagram|X

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OBOD MAHALLA — OBOD SHAHAR! KELING, SHAHRIMIZ OBODLIGIGA O‘Z HISSAMIZNI QO‘SHAYLIK!
Bu yil mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi yurtimiz bo‘ylab katta shukuh va ko‘tarinki kayfiyatda nishonlanadi. Ushbu ulug‘ sana munosabati bilan barcha hududlarda, jumladan, Nurafshon shahrida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish, bunyodkorlik va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Aziz hamshaharlar!
Sizlarni “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida amalga oshirilayotgan xayrli va savobli ishlarda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Keling, barchamiz birgalikda o‘z xonadonimiz, ko‘chamiz va mahallamiz obodligiga munosib hissa qo‘shaylik. Zero, har bir xonadon obodligi — mahalla ko‘rki, obod mahallalar esa go‘zal va farovon Nurafshonning mustahkam poydevoridir.
Yurtimizning eng ulug‘ bayramini munosib kutib olish, shahrimizni yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish yo‘lida barchamiz birdek faol bo‘laylik!
Obodlik — o‘zimizdan boshlanadi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏2❤1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mega_loyiha
Tashrif doirasida Nurafshon shahrida start olgan yana bir yirik loyiha bilan tanishamiz
Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining viloyatimizga tashrifi doirasida Nurafshon shahrida aholiga zamonaviy va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida “Nurafshon Biznes City” hududida 700 o‘rinli ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini barpo etish loyihasiga ham start berildi.
Mazkur majmua qanday imkoniyatlarga ega bo‘ladi?
Loyiha qiymati 800 milliard so‘m bo‘lib, markazda viloyat aholisiga kardiojarrohlik, qon-tomir jarrohligi, transplantatsiya, torakal jarrohlik, onkologiya va radiologiya, kimyo va nur terapiyasi kabi yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, MRT, MSKT, operativ angiografiya va gemodializ kabi zamonaviy diagnostika va davolash xizmatlari tashkil etiladi.
Bir kunda 800 nafargacha bemorni qabul qilish imkoniyatiga ega poliklinika ham faoliyat yuritadi.
Markazda yiliga 15 mingtagacha yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari bajarilishi hamda 40 ming nafardan ziyod bemorni davolash imkoniyati yaratilishi kutilmoqda. Markaz 2026-2028 yillar davomida qurilib, ishga tushirilishi reja qilingan.
Mazkur majmua respublikada ilk bor bunyod etilayotgan mega loyiha bo‘lib, tibbiyot taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab beradi.

❤4👍3👏1
Nurafshon shahrining ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
“Nurafshonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi ma’lum qilishicha, 4P2 “Toshkent–To‘ytepa” avtomobil yo‘lining 41+65-kilometrida, “Makro” supermarketi oldida qurilayotgan piyodalar o‘tish yo‘lagi qurilishi doirasida gaz quvurlarini ko‘chirish ishlari amalga oshiriladi.
✅ Shu munosabat bilan 27-iyul kuni soat 08:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
Yangiobod, Obod, Ma’rifat, Oybek, Obod turmush, To‘ytepa, Muqimiy, Dehqonobod va Navro‘z mahallalari.
Gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladigan hududlarda 7 880 ta aholi xonadoni hamda 180 ta ulgurji iste’molchi mavjud.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Aholidan gaz ta’minoti qayta tiklangunga qadar zarur ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.
❗️Hurmatli fuqarolar! Gaz uzilishi va tiklanishi vaqtida xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilishingizni, gaz jihozlariga eʼtiborli boʻlishingizni soʻraymiz.
“Nurafshohshaxargaz” GTB. Murojaat un tel:☎️ (99) 004-81-04.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Obodlik_oyligi
Viloyatimiz bo‘ylab “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, barcha mahallalarda aholi, mahalla faollari va jamoatchilik vakillari tomonidan uyushqoqlik bilan hasharlar tashkil etilib, hududlarni tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ezgu tashabbuslar doirasida ko‘chalar, mahalla hududlari va umumiy foydalanishdagi maskanlar tartibga keltirilib, atrof-muhit yanada obod va ko‘rkam qiyofa kasb etmoqda.
Jarayonlar Nurafshon shahri misolida.