Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mega_loyiha
Tashrif doirasida Nurafshon shahrida start olgan yana bir yirik loyiha bilan tanishamiz
Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining viloyatimizga tashrifi doirasida Nurafshon shahrida aholiga zamonaviy va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida “Nurafshon Biznes City” hududida 700 o‘rinli ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini barpo etish loyihasiga ham start berildi.
Mazkur majmua qanday imkoniyatlarga ega bo‘ladi?
Loyiha qiymati 800 milliard so‘m bo‘lib, markazda viloyat aholisiga kardiojarrohlik, qon-tomir jarrohligi, transplantatsiya, torakal jarrohlik, onkologiya va radiologiya, kimyo va nur terapiyasi kabi yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, MRT, MSKT, operativ angiografiya va gemodializ kabi zamonaviy diagnostika va davolash xizmatlari tashkil etiladi.
Bir kunda 800 nafargacha bemorni qabul qilish imkoniyatiga ega poliklinika ham faoliyat yuritadi.
Markazda yiliga 15 mingtagacha yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari bajarilishi hamda 40 ming nafardan ziyod bemorni davolash imkoniyati yaratilishi kutilmoqda. Markaz 2026-2028 yillar davomida qurilib, ishga tushirilishi reja qilingan.
Mazkur majmua respublikada ilk bor bunyod etilayotgan mega loyiha bo‘lib, tibbiyot taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab beradi.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter 🌐 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍3👏1
Nurafshon shahrining ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
“Nurafshonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi ma’lum qilishicha, 4P2 “Toshkent–To‘ytepa” avtomobil yo‘lining 41+65-kilometrida, “Makro” supermarketi oldida qurilayotgan piyodalar o‘tish yo‘lagi qurilishi doirasida gaz quvurlarini ko‘chirish ishlari amalga oshiriladi.
✅ Shu munosabat bilan 27-iyul kuni soat 08:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
Yangiobod, Obod, Ma’rifat, Oybek, Obod turmush, To‘ytepa, Muqimiy, Dehqonobod va Navro‘z mahallalari.
Gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladigan hududlarda 7 880 ta aholi xonadoni hamda 180 ta ulgurji iste’molchi mavjud.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Aholidan gaz ta’minoti qayta tiklangunga qadar zarur ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.
❗️Hurmatli fuqarolar! Gaz uzilishi va tiklanishi vaqtida xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilishingizni, gaz jihozlariga eʼtiborli boʻlishingizni soʻraymiz.
“Nurafshohshaxargaz” GTB. Murojaat un tel:☎️ (99) 004-81-04.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Obodlik_oyligi
Viloyatimiz bo‘ylab “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, barcha mahallalarda aholi, mahalla faollari va jamoatchilik vakillari tomonidan uyushqoqlik bilan hasharlar tashkil etilib, hududlarni tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ezgu tashabbuslar doirasida ko‘chalar, mahalla hududlari va umumiy foydalanishdagi maskanlar tartibga keltirilib, atrof-muhit yanada obod va ko‘rkam qiyofa kasb etmoqda.
Jarayonlar Nurafshon shahri misolida.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter 🌐 Instagram
Viloyatimiz bo‘ylab “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, barcha mahallalarda aholi, mahalla faollari va jamoatchilik vakillari tomonidan uyushqoqlik bilan hasharlar tashkil etilib, hududlarni tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ezgu tashabbuslar doirasida ko‘chalar, mahalla hududlari va umumiy foydalanishdagi maskanlar tartibga keltirilib, atrof-muhit yanada obod va ko‘rkam qiyofa kasb etmoqda.
Jarayonlar Nurafshon shahri misolida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Davlatimiz rahbari ikkinchi yarim yillikda iqtisodiy o‘sishni tezlashtirishni topshirdi. Toshkentdan Samarqandga yetib borish vaqti ikki barobarga qisqaradi. Nurafshonda Kelajak texnologiyalari markazi qurilishiga start berildi.
—
Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Mámleketimiz basshısı ekinshi yarım jıllıqta ekonomikalıq ósiwdi tezlestiriwdi tapsırdı. Tashkentten Samarqandqa jetip barıw waqtı eki esege qısqaradı. Nurafshonda Keleshek texnologiyaları orayınıń qurılısına start berildi.
—
Обзор важнейших событий за неделю: Глава нашего государства поручил ускорить экономический рост во втором полугодии. Время пути из Ташкента в Самарканд сократится вдвое. В Нурафшане начато строительство Центра технологий будущего.
—
Weekly review of the most important events: The Head of State instructed to accelerate economic growth in the second half of the year. Travel time between Tashkent and Samarkand was cut in half. Construction has started on the Center for Future Technologies in Nurafshan.
Facebook|Instagram|X

Nurafshonda “Do‘stlik” festivali o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yurtimizda 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni keng nishonlanib kelinmoqda. Sana munosabati bilan joriy yilning 23–31-iyul kunlari mamlakatimiz bo‘ylab “Do‘stlik” festivali tadbirlari o‘tkazilmoqda.
✅ Mazkur festival doirasida Nurafshon shahridagi “Tong” madaniyat markazida bo'lib o'tgan tadbirda Koreys milliy madaniyat markazi vakillari, ko‘plab xorijiy mehmonlar, shuningdek, mahalliy aholi faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Bayram tadbirida turli millat va elatlar o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlash, milliy madaniyat va qadriyatlarni asrab-avaylashga alohida e’tibor qaratildi. Mehmonlar tomonidan namoyish etilgan milliy kuy-qo‘shiqlar, raqslar va badiiy chiqishlar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
“Do‘stlik” festivali yurtimizda hukm surayotgan millatlararo totuvlik va hamjihatlik, turli millat va elat vakillarining yagona maqsad yo‘lida ahil va inoq yashayotganining yorqin ifodasidir.
Zero, do‘stlik va hamjihatlik bor joyda tinchlik, taraqqiyot va farovonlik bardavom bo‘ladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1🔥1👏1🤝1
#rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahar hokimligi tomonidan fuqarolardan birining uyining tom qismini ta’mirlash uchun qurilish materiallari hamda uning otasiga nogironlik aravachasi ajratilgani aks etgan videomaterial yuzasidan “arzon piar” deya baho berilgan chiqish yuzasidan Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi.
✅ Telegram 🌐 Instagram 🌐 Website✅ Facebook
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahar hokimligi tomonidan fuqarolardan birining uyining tom qismini ta’mirlash uchun qurilish materiallari hamda uning otasiga nogironlik aravachasi ajratilgani aks etgan videomaterial yuzasidan “arzon piar” deya baho berilgan chiqish yuzasidan Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–51-son Farmonining 3-bandi “j” kichik bandiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimlari tomonidan har chorakda kamida bir marotaba ommaviy axborot vositalari yoki ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali aholi murojaatlari bilan ishlash faoliyati, hududdagi muammolarni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar va rejalar haqida keng jamoatchilikka axborot berib borish belgilangan.
Shundan kelib chiqib, Nurafshon shahar hokimligi tomonidan aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish, ularni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda imkon qadar amaliy yordam ko‘rsatish bilan bir qatorda, amalga oshirilayotgan ishlarni jamoatchilikka ochiq va shaffof tarzda yetkazib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, mazkur videomaterialda aks etgan holat ham fuqarodan kelib tushgan murojaat asosida o‘rganilib, oilaning ijtimoiy holati va mavjud muammolari tegishli mutasaddilar tomonidan ko‘rib chiqilgan. O‘rganish natijasida fuqaroning uy-joy sharoitini yaxshilashga ko‘maklashish maqsadida qurilish materiallari ajratilishi hamda otasining harakatlanishi uchun zarur bo‘lgan nogironlik aravachasi bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:
Sherzod Xikmatullayevich Xodjayev O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.
Bundan ilgariroq Sh.Xodjaev nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi;
Jo‘rabek Tursunpulatovich Mirzamahmudov O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri lavozimidan ozod etildi.
—
Соответствующими указами Президента Республики Узбекистан:
Ходжаев Шерзод Хикматуллаевич назначен на должность министра энергетики Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности директора Агентства по развитию и регулированию рынка энергетики Республики Узбекистан.
Ранее кандидатура Ш.Ходжаева была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса;
Мирзамахмудов Журабек Турсунпулатович освобожден от должности министра энергетики Республики Узбекистан.