Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.4K photos
4.74K videos
64 files
13.9K links
Download Telegram


Mehnat yarmarkasi: fuqarolar ish bilan ta’minlanmoqda


Nurafshon shahrining "Hurriyat" MFY binosida ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

🟣Mazkur tadbir Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi a’zolari, Nurafshon shahar Adliya bo'limi hamda Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.


Mehnat yarmarkasida 11 dan ortiq korxona va tashkilotlar ishtirok etib, fuqarolarga jami 321 ta bo‘sh ish o‘rni taklif etildi. Tadbirda 23 nafar ishsiz fuqaro qatnashdi. Yakunlarga ko‘ra, 1 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi, yana 2 nafari kasb-hunarga o‘qitish kurslariga yo‘naltirildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2


Fuqarolar diqqatiga!


Nurafshon shahar hokimining navbatdagi sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 2026-yil 30-iyul kuni
🕘 Soat 09:00 da
📍 Manzil: "Nurafshon" mahallasi


Fuqarolardan o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan tegishli hujjatlar bilan kelishlari so‘raladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon o‘zgaryapti. Biz-chi?


Bugun Nurafshon zamonaviy smart megapolisga aylanmoqda. 10 yil avvalgi To‘ytepaga kelgan inson bugungi Nurafshonni ko‘rsa, tanimasligi aniq.

Shahrimizda infratuzilma yuksalmoqda, davlat xizmatlari takomillashmoqda. Ammo odamlarimizning madaniyati va dunyoqarashi ham shunga mos ravishda yuksalyaptimi?


❗️Afsuski, barchada ham emas.

Nega deysizmi? Unda videoni ko‘ring. Savolga javobni shu yerdan topasiz.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32
#festival

Toshkent viloyatida «Do‘stlik» festivali yuqori kayfiyatda o‘tdi

Nurafshon shahri markazidagi Amfiteatrda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda 30 iyul — Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» g‘oyasi ostida «Do‘stlik» festivalining viloyat bosqichi tantanali tarzda bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Toshkent viloyatining barcha shahar va tumanlaridan kelgan ishtirokchilar, milliy madaniy markazlar vakillari, mehnat faxriylari, yoshlar, volontyorlar, san’atkorlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Festival «Mustaqillik marsh yurishi» bilan boshlanib, unda milliy madaniy markazlar vakillari hamda yoshlar davlat bayroqlari bilan yurish qilib, yurtimizdagi do‘stlik, hamjihatlik va vatanparvarlik g‘oyalarini tarannum etdilar.

Amfiteatrda o‘tkazilgan bayram dasturida milliy madaniy markazlarning qo‘shiq va raqs chiqishlari, adabiy-badiiy kompozisiyalar, xalq amaliy san’ati va hunarmandchilik ko‘rgazmalari, milliy taomlar taqdimotlari namoyish etildi. Turli millat vakillarining boy madaniyati va an’analari bir sahnada uyg‘unlashib, mamlakatimizda qaror topgan millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini yana bir bor yorqin namoyon qildi.

Tadbir yakunida turli nominatsiyalar bo‘yicha faol ishtirokchilar va milliy madaniy markazlar munosib taqdirlandi.
«Do‘stlik» festivali yurtimizdagi tinchlik, millatlararo totuvlik va umumxalq birdamligini mustahkamlash, shuningdek, davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib qarshi olish yo‘lidagi muhim madaniy-ma’rifiy tadbirlardan biri sifatida katta ahamiyat kasb etdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#rasmiy_munosabat

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahar hokimligining rasmiy sahifalarida reklama materiallari e’lon qilinganligi aytilgan chiqishlar yuzasidan shahar hokimligi Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi hamda hokimlik tizimida faoliyat yuritayotgan mas’ul xodimlarning hokimlik rasmiy sahifalarida e’lon qilinayotgan hech bir materialdan moddiy yoki boshqa manfaatdorligi mavjud emas.

Ayrim materiallarning reklama sifatida talqin qilinayotgani yuzasidan shuni ta’kidlash lozimki, ushbu postlar hududda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, shahar markaziy ko‘chalarida uzoq vaqt davomida foydalanilmay, bo‘sh turgan hamda shahar qiyofasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bino va obyektlarni tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolar va ishbilarmonlarga keng targ‘ib qilish maqsadida e’lon qilingan.

Mazkur materiallarni joylashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — bo‘sh turgan bino va obyektlardan samarali foydalanish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda shaharning iqtisodiy faolligi va obodligini oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati faoliyatining asosiy tamoyillaridan biri — ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda hudud rivoji va aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashdir.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1👌1


Nurafshon shahrida obodlik va bunyodkorlik ishlari — xalqimiz farovonligi yo‘lida

Mustaqilligimizning 35 yilligini munosib kutib olish maqsadida Nurafshon shahrida hududlarni obod va ko‘rkam maskanga aylantirish, aholi uchun qulay va farovon yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.

🔘Mazkur jarayonlarni bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida 49-Toshkent viloyati saylov okrugidan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati. O’zMTDP fraksiyasi a’zosi Zuhra Mirgaziyeva hamda shahar hokimi Qobil Xamdamov Nurafshon shahridagi “Nurafshon” mahallasida bo‘lib, hududda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.


Ushbu tashrifda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i N. Normirzayeva, shahar hokimi o‘rinbosari N. Djumanova hamda xotin-qizlar faollari ham ishtirok etdi.

🔘Tashrif davomida “Dolzarb 40 kunlik” dasturi doirasidagi “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, bunyodkorlik va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, mahalladagi obod va namunali xonadonlardan birida bo‘lib, xonadon egalari bilan samimiy muloqot qilindi.


❗️Muloqot davomida mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, aholi faolligi va hududni yanada obodlashtirish borasidagi tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi. Tashrif yakunida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini izchil davom ettirish, hududlarni yanada ko‘kalamzorlashtirish, ozodalikka rioya etish hamda aholini ushbu ezgu tashabbuslarda faol ishtirok etishga keng jalb etish muhimligi ta’kidlandi. Qayd etilganidek, bugun Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va infratuzilmaviy loyihalar natijasida shahar qiyofasi tobora yangilanib, obod va zamonaviy maskanga aylanib bormoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4