Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.4K photos
4.74K videos
64 files
13.9K links
Download Telegram


Nurafshon shahar Nurafshon mahallasidagi Do‘stlik uyida shahar hokimi Qobil Xamdamov ishtirokida aholi bilan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Unda 24 nafar fuqaro ishtirok etib, o‘zlarini qiynayotgan masalalar, taklif va muammolarini bevosita shahar rahbariga bayon qildi.

Murojaatlarning asosiy qismi bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy masalalarni hal etish, kommunal xizmatlar, obodonlashtirish hamda boshqa hayotiy ehtiyojlar bilan bog‘liq bo‘ldi.

Har bir murojaat yuzasidan mas’ul rahbarlarning axboroti tinglanib, muammolarni hal etish bo‘yicha aniq va manzilli topshiriqlar berildi.

Zudlik bilan yechim topish mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlarni esa belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish vazifalari yuklatildi.

Shahar rahbari tomonidan mas’ullarga murojaatlarning ijrosini ta’minlash, fuqarolarni ortiqcha ovora qilmaslik va har bir masala bo‘yicha yakuniy natijaga erishish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Sayyor qabullar — aholi bilan bevosita muloqot qilish, hududlardagi mavjud muammolarni joyida aniqlash va ularni tezkor hal etishning muhim mexanizmi sifatida davom ettirilmoqda.

Har bir murojaat — e’tibor va amaliy yechimni talab qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
O‘zbekiston xalqiga Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Поздравление народу Узбекистана с Днем дружбы народов

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1


Tadbirkorlik istagidagi yoshlar bilan ochiq muloqot


🇺🇿Davlat rahbari tashabbusi bilan payshanba — “Yoshlar kuni” sifatida belgilanganidan buyon Nurafshon shahrida yoshlar bilan ochiq muloqotlar muntazam tashkil etib kelinmoqda. Har hafta aniq reja asosida o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda yoshlarning muammo va takliflari o‘rganilib, ularni qo‘llab-quvvatlash, tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish hamda bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bugun ham Nurafshon shahar hokimi Q. Xamdamov, shahar prokurori o‘rinbosari S. Yuldashev hamda shahar IIB JXX boshlig‘i S.Kubekbayevlar ishtirokida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

🔴Muloqot avvalida shahar hokimi Q. Xamdamov uchrashuvning asosiy maqsadi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini tinglash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada samarali tashkil etishdan iborat ekanini ta’kidladi.


Uchrashuvda bank rahbar va xodimlari, faol yoshlar, yoshlar yetakchilari hamda tegishli soha mas’ullari ishtirok etdi.

❗️Ochiq muloqot davomida yoshlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, moliyaviy ko‘mak olish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan qator taklif va tashabbuslar bildirildi. Yoshlarning murojaat va takliflarini o‘rganish, ularni amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan bank xodimlari va mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari muzokara o‘tkazdilar.

Президенты Узбекистана и Кыргызстана провели переговоры.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladilar.

По итогам переговоров Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Кыргызской Республики Садыр Жапаров подписали Договор о союзнических отношениях.

#Mirziyoyev #tashrif #Qirgiziston #hujjatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1